O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Samarqand viloyat statistika boshqarmasi
Samarqand viloyat statistika boshqarmasining asosiy majburiyatlari, ustivor yo‘nalishlar, vakolatlari hamda tashkiliy tuzilmasi
Download 0.59 Mb.
|
Raimov Abdurashid
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy majburiyatlari
Samarqand viloyat statistika boshqarmasining asosiy majburiyatlari, ustivor yo‘nalishlar, vakolatlari hamda tashkiliy tuzilmasi.
Huquqiy asos, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 24-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to‘g‘risida” PF-3183-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 8-son qaroriga muvofiq ta’sis etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining nizomi va tashkiliy tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 8-son qarori bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining o‘zgartirilgan nizomi va tashkiliy tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3165-son va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 690-son qarori bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-sonli qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-sonli qarori. Asosiy majburiyatlari, O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3165-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 690-son qaroriga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Davlat statistikasi sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, statistikani tashkil etishning samarali tizimini ta’minlash; Davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirish va funksional tartibga solishni amalga oshirish; xalqaro standartlarga mos yagona statistik metodologiya va davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish; ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to‘g‘risidagi statistika axborotlarini yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nashr qilish; davlat organlari, yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlar va aholini statistika ma’lumotlari bilan belgilangan tartibda ta’minlash; Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur iqtisodiy-statistik klassifikatsiyalar tizimini ishlab chiqish, joriy etish va yuritish; Davlat statistikasi tizimining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, foydalanuvchilarga respublikaning rivojlanishini to‘liq tavsiflovchi va iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalari rivojlanishidagi, shuningdek aholi turmush darajasi o‘zgarishlarni ochib beruvchi ko‘rsatkichlardan erkin foydalanish imkonini ta’minlash; Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati va uning tarkibiy bo‘linmalari ishining shakli va usullarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida javob qaytarilishini ta’minlash, xodimlarning yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun mas’uliyatini oshirish; davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar to‘plamlari ro‘yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portalida o‘z vaqtida aks ettirish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling