O‘zbekiston respublikasi prezidenti saylovini o’tkazuvchi 238- uchastka saylov komissiyasi majlisi bayoni


Download 0.92 Mb.
bet4/5
Sana23.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1650820
1   2   3   4   5
Bog'liq
238.lotindocx

238-UCHASTKA
SAYLOV KOMISSIYASI
QARORI
Iskandar mahallasi


___-son 2023 yil “____” ___________
238- UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYASI A’ZOLARINING VAZIFALAR TAQSIMOTI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 24-moddasiga muvofiq 238-uchastka saylov saylov komissiyasi


Q A R O R Q I L A D I:

1.  238-uchastka saylov komissiyasi a’zolarining vazifalar taqsimoti ilovaga asosan tasdiqlansin.


2. 238-uchastka saylov komissiyasi a’zolari o‘z vazifalarini ijro etishda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga
va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining uslubiy tavsiyalariga rioya etsinlar.
3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish 238- uchastka saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari N.Tursinbekova zimmasiga yuklansin.


238-uchastka
saylov komissiyasi raisi ______________ S.Toktaganov


238-uchastka saylov komissiyasining
2023 yil “___” ________dagi
___-son qaroriga ILOVA


238- UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYASI
A’ZOLARINING VAZIFALAR TAQSIMOTI
J A D V A L I





Ijrochilar

Amalga oshirilishi lozim
bo‘lgan vazifalar


1.

Komissiya raisi

uchastka saylov komissiyasi faoliyatiga rahbarlik qiladi

uchastka saylov komissiyasi majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi va uni o‘tkazish tartibini belgilaydi

komissiya a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi

davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, jamoat birlashmalari bilan munosabatlarda uchastka saylov komissiyasi nomidan ishtirok etadi
uchastka saylov komissiyasi joylashgan bino va ovoz berish xonasining jihozlanishini tashkil etadi

uchastka saylov komissiyasining qarorlari, uchastka saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari, komissiya kotibi va a’zolarining guvohnomalari hamda boshqa hujjatlarni imzolaydi

jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni komissiya a’zolari o‘rtasida ko‘rib chiqish uchun taqsimlaydi

uchastka saylov komissiyasi a’zolarining ovoz berish kunidagi vazifalarini belgilaydi

siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari, vakolatli vakillari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari bilan hamkorlikni amalga oshiradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonidagi huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, bu haqida yuqori turuvchi saylov komissiyasiga xabardor qiladi

uchastka saylov komissiyasining vakolat muddati tugaganidan so‘ng komissiya faoliyatiga oid hujjatlarni hamda moddiy qimmatliklarni tuman (shahar) hokimligiga topshiradi

Uchastka saylov komissiyasi raisi o‘z vakolatlarini bajara olmagan, shuningdek uchastka saylov komissiyasi raisi bo‘lmagan taqdirda, uning vakolatlari rais o‘rinbosari yoki uchastka saylov komissiyasi qarori bilan komissiya a’zolaridan birining zimmasiga yuklatiladi.

2.

Komissiya Raisining o‘rinbosari

komissiya a’zolarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi

uchastka saylov komissiyasi a’zolarining malakasini oshirish va ularning faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlashni tashkil etadi

ommaviy axborot vositalari vakillari bilan aloqalar o‘rnatadi, ularda komissiya faoliyatini har tomonlama yoritilishini tashkillashtiradi

siyosiy partiyalarning kuzatuvchilarini, vakolatli vakillarini, ommaviy axborot vositalari vakillarini, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni tegishli saylov komissiyasi tomonidan berilgan hujjatlar asosida ro‘yxatga olishni tashkillashtiradi

jismoniy va yuridik shaxslarni, shuningdek ularning vakillarini qabul qiladi va ularning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqishni tashkil etadi

uchastka saylov komissiyasi a’zolarini jalb etgan holda komissiya qarorlari ijrosini ta’minlaydi

uchastka saylov komissiyasi raisining topshiriqlarini bajaradi

o‘z vakolatlari doirasida uchastka saylov komissiyasining boshqa a’zolariga topshiriqlar beradi

Saylov kodeksiga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

3.

Komissiya kotibi

uchastka saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari o‘z vakolatlarini bajara olmagan taqdirda, uning vakolatlarini amalga oshiradi
uchastka saylov komissiyasi majlislarini tashkillashtiradi, muhokama etiladigan masalalar bo‘yicha qaror va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi
uchastka saylov komissiyasi a’zolarini komissiya majlisi o‘tkazilishi vaqti va joyi haqida xabardor qiladi
uchastka saylov komissiyasi raisi va rais o‘rinbosari topshiriqlarini bajaradi
uchastka saylov komissiyasining faoliyatiga taalluqli ish hujjatlarini nomenklatura asosida yuritib boradi
saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish uchun uchastka saylov komissiyasi a’zolarining uyma-uy aylanib chiqishini tashkillashtiradi, muvofiqlashtirib boradi va Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini nazoratga oladi
Saylov kodeksiga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

4.

Komissiya azolari

saylov uchastkasi bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatiga aniqlik kiritadi;
saylovchilarni saylovchilarning ro‘yxati bilan tanishtiradi, ro‘yxatda yo‘l qo‘yilgan xatolar va noaniqliklar to‘g‘risidagi arizalarni qabul qiladi hamda ko‘rib chiqadi va ro‘yxatga tegishli o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani hal etadi
saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish va ovoz berishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilardan to‘ldirilgan saylov byulletenlarini yopiq konvertlarda qabul qilib oladi;
aholini saylov kuni va ovoz berish joyi to‘g‘risida xabardor etadi
binoning yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari va saylov qutilari, shuningdek boshqa jihozlar bilan tayyorlab qo‘yilishini ta’minlaydi saylov kuni uchastkada ovoz berishni tashkil etadi
ovozlarni sanab chiqadi
saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Saylov kodeksiga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.





Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling