bo‘lgan diyor – Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi
dastlabki natijalardir. Biz bunyodkor xalqimiz bilan birga
bunday ezgu ishlarni davom ettiramiz va oldimizga qo‘ygan
katta-katta marralarga albatta erishamiz.
Hurmatli yurtdoshlar, qadrli mehmonlar!
Hammamiz ko‘rib-bilib turibmiz –
bugun insoniyat nihoyatda
murakkab davrni boshidan kechirmoqda. Yer yuzida iqlimning
keskin o‘zgarishi, suv va boshqa
tabiiy resurslar kamayishi
bilan bog‘liq muammolar katta xatarlarga aylanmoqda.
Xalqaro munosabatlarda o‘zaro ishonch kamayib,
qarama-
qarshilik va mojarolarning ortishi barqarorlik va
rivojlanishga jiddiy xavf solmoqda.
Afsuski, bunday xavf-xatarlar bizni ham chetlab o‘tmayapti.
Qoraqalpog‘istonda shu yil yoz oyida sodir bo‘lgan
noxush
voqealar butun el-yurtimizni qattiq qayg‘uga soldi. Xudoga
shukur, ko‘p millatli xalqimizning oqilligi va donishmandligi
bilan vaziyat tezda izga tushdi.
B i z u c h u n
“ Q o r a q a l p o g ‘ i s t o n n i n g y u t u g ‘ i – b u t u n
O‘zbekistonning yutug‘i, Qoraqalpog‘istonning tashvishi –
butun O‘zbekistonning tashvishi” degan g‘oya
hamisha amaliy
harakat dasturi bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday
bo‘lib qoladi.
Bizning ezgu maqsadimiz – birgalikdagi mehnatimiz bilan Yangi
O‘zbekistonda har tomonlama rivojlangan, obod va farovon Yangi
Qoraqalpog‘istonni bunyod etishdir.
Asrlar davomida et va tirnoq kabi bir bo‘lib
ketgan
xalqlarimiz do‘stligiga hech qanday kuch ta’sir ko‘rsata
olmaydi. Chunki bizning o‘tmishimiz bir, bugunimiz ham,
kelajagimiz ham bir.
Biz jonajon Vatanimizning xavfsizligi va hududiy yaxlitligini
Do'stlaringiz bilan baham: