O`zbekiston respublikasi prezidentining farmoni


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.07.2021 yildagi PF-6268-son


Download 39 Kb.
bet2/2
Sana20.10.2023
Hajmi39 Kb.
#1712761
1   2
Bog'liq
AKT. Tashpulatov Farxodbek. TL-75

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.07.2021 yildagi PF-6268-son
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH, SHUNINGDEK, BA’ZILARINI O‘Z KUCHINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASH TO‘G‘RISIDA
(O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2020-YIL 5-OKTABRDAGI “RAQAMLI O‘ZBEKISTON-2030” STRATEGIYASINI TASDIQLASH VA UNI SAMARALI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” PF-6079-SON FARMONI)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, “raqamli iqtisodiyot” va “elektron hukumat” sohalarini yanada rivojlantirish borasidagi ishlarni tashkil etishda zarur shart-sharoitlar yaratishni ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 24-iyul,
PF-6268-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-son Farmoniga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5099-son Farmonida:
a) 1, 3, 4, 6 va 61-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilab qo‘yilsinki, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi o‘rinlarda — Texnopark) axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun eng qulay sharoitlarni yaratish maqsadida butun respublika hududida Texnopark rezidentlarini joylashtirgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida eksterritoriallik prinsipi asosida tashkil qilinadi”;
v) 5-bandda:
birinchi xatboshidagi “Innovatsiya markazi” so‘zlari “Texnopark” so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “yagona ijtimoiy to‘lovni” so‘zlari “ijtimoiy soliqni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 8-bandda:
birinchi xatboshidagi “Innovatsiya markazi” so‘zlari “Texnopark” so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga 4,5 foizli stavka bo‘yicha fuqarolarning sug‘urta badallariga” so‘zlari chiqarib tashlansin;
d) 10 va 12-bandlardagi “Innovatsiya markazi” so‘zlari “Texnopark” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-son Farmonida:
a) 1-bandning to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
b) 2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“telekommunikatsiya va pochta aloqasi, teleradioeshittirish tarmoqlarida axborot xavfsizligi bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish”;
v) 4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5598-son Farmonida:
a) 1-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
b) 2-bandda:
uchinchi xatboshidagi “Agentlik” so‘zi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi — oltinchi xatboshilardagi “Agentlikning”, “Agentlikda” va “Agentlik” so‘zlari tegishlicha “Vazirlikning”, “Vazirlikda” va “Vazirlik” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5624-son Farmonida:
a) 7-banddagi “Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi” so‘zlari “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 8-band va 13-bandning “a” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
v) 9-bandda:
“a” kichik banddagi “Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazining” so‘zlari “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik banddagi “Agentlik” so‘zi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“g) Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MChJ axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iste’dodli yoshlarni aniqlash uchun aniq sohalar (ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, davlat boshqaruvi va boshqalar) bo‘yicha har yilgi tanlovlarni o‘tkazadi”;
g) 11-bandning uchinchi xatboshisidan “, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning samarali faoliyat yuritishi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5635-son Farmonining 3-ilovasi 11-bandi quyidagi mazmundagi 11.1., 11.1.1., 11.1.2., 11.1.3. va 11.2.-pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin:

11.1


Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi

(E-Government Development Index)

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

11.1.1.

Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi

(Telecommunication Infrastructure Index)

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

11.1.2.


Inson kapitali indeksi

(Numan Capital Index)

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshqulov),

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov)

11.1.3.

Onlayn xizmat ko‘rsatish indeksi

(Online Service Index)

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

Davlat xizmatlari agentligi

(U. Muxammadiyev),

vazirlik va idoralar

11.2.

Elektron ishtirok etish indeksi



(E-Participation Index)

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

vazirlik va idoralar



”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmonining 1-ilovasi 8-bandi “v” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“o‘quvchilar uchun raqamli texnologiyalardan foydalanishning umumiy darajasini oshirish maqsadida umumta’lim maktablarining asosiy o‘quv dasturlariga doimiy o‘zgartirishlar kiritish;
axborot texnologiyalari sohasidagi tashkilotlarning o‘quv jarayonlariga qatnashishini rag‘batlantirish orqali umumta’lim maktablarida informatika fanini o‘qitish metodlarini takomillashtirish;
maktablarda “Bir million dasturchi” loyihasini keng hududda joriy qilish”.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvardagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5930-son Farmoni 14-bandining uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning” so‘zlari “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi PF-6003-son Farmonida:
a) 9-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o‘rnini yaxshilash uchun mas’ul vazirliklar, idoralar va tadqiqot institutlari rahbarlari “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalida e’lon qilinadigan axborotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi”;
b) 3-ilovaning:
4.1.2-pozitsiyaning “Mas’ul davlat organlari” ustuni “Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
4.1.3-pozitsiyaning “Mas’ul davlat organlari” ustuni “Davlat xizmatlari agentligi (U Muxammadiyev)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi “Koreya Respublikasining Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi moliyaviy ishtirokida “Elektron hukumat” tizimining ma’lumotlarni ishlash markazini tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirishning birinchi galdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2783-son qarori rus tilidagi matni 2-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “Sentr razvitiya i vnedreniya kompyuternix i informatsionnix texnologiy “Uzinfokom” so‘zlari “GU “Sentr upravleniya proyektami elektronnogo pravitelstva” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3724-son qarorida:
a) 9-banddagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markaziga” so‘zlari “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 11-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3832-son qarorida:
a) 2-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasidagi” so‘zlari “blokcheyn texnologiyasini joriy etish va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni va “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari” so‘zlari “kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirishni va “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarning va texnik topshiriqlarning loyihalari” so‘zlaribilan almashtirilsin;
b) 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3989-son qarorining 3-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi” so‘zlari ““Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-son qarori 18-ilovasining rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Normativi
raspredeleniya plati za ispolzovaniye abonentskogo nomera, uplachivayemoy yuridicheskimi litsami, okazivayuщimi uslugi mobilnoy svyazi (sotovimi kompaniyami)
Naimenovaniye poluchatelya sredstv ot plati

v protsentax


ot ostavsheysya chasti summi plati*

Spetsialniy raschetniy schet Fonda razvitiya informatsionno-kommunikatsionnix texnologiy dlya finansirovaniya mejvedomstvennix proyektov elektronnogo pravitelstva i tsifrovoy ekonomiki

35

Fond nauchno-innovatsionnogo razvitiya pri Tashkentskom universitete informatsionnix texnologiy imeni Muxammada al-Xorazmiy



1

Fond razvitiya skoroy meditsinskoy pomoщi pri Ministerstve zdravooxraneniya Respubliki Uzbekistan

19

Fond razvitiya informatsionno-bibliotechnix uchrejdeniy pri Natsionalnoy biblioteke Uzbekistana imeni Alishera Navoi — informatsionno-resursnom tsentre



2

Fond razvitiya informatsionno-kommunikatsionnix texnologiy pri Ministerstve po razvitiyu informatsionnix texnologiy i kommunikatsiy Respubliki Uzbekistan (s tselevim ispolzovaniyem dlya realizatsii investitsionnix proyektov i programm informatizatsii i razvitiya telekommunikatsionnix setey)

ostatochnaya
summa

*protsenti nachislyayutsya ot ostavsheysya chasti plati summi posle napravleniya sredstv na spetsialniy raschetniy schet Fonda razvitiya informatsionno-kommunikatsionnix texnologiy dlya finansirovaniya mejvedomstvennix proyektov elektronnogo pravitelstva i tsifrovoy ekonomiki”.


14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4112-son qarorining 3-ilovasi (Ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladigan xo‘jalik jamiyatlari ro‘yxati)dan 5 — 8 va 10-11 pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevraldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida”gi PQ-4193-son qarorining 1-bandi beshinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” so‘zlari “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-son qarorida:
a) 2-bandning “b” kichik bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandning “b” kichik bandidagi “Agentlikning” so‘zi “Vazirlikning” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 12-bandning birinchi xatboshisidan “va Agentlik” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) 16-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlik” so‘zi “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
d) 1-ilovaning 5, 7, 8, 10, 11, 12 va 18-pozitsiyalaridagi “LBMA (D. Li)” va “LBMA (D. Li), Mirzo Ulug‘bek innovatsion markazi (N. Dexkanov)” so‘zlari tegishlicha “Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov)” va “Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi “Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4321-son qarorida:
a) 2-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
b) 3-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) “Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot tizimi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish:
davlat boshqaruvida axborot tizimlarini joriy etish, ushbu sohada yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, elektron hamkorligini ta’minlash uchun idoraviy va idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini rivojlantirish va faoliyat yuritish qismida — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda axborot tizimlarini nazorat qilish va axborot xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish qismida — O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi;
idoraviy axborot tizimlari va axborot resurslarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish qismida — vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan ta’minlanadi”;
v) 4-bandning “a” kichik bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi “Elektron hukumat” tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4328-son qarorida:
a) 1-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DMning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
v) 4 va 7-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
g) 6-banddagi “Agentlik” so‘zi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) ilovada:
35-banddan “Yagona milliy loyiha boshqaruvi axborot tizimi orqali” so‘zlari chiqarib tashlansin;
41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Loyihani foydalanishdan chiqarib tashlash uchun mazkur Nizomning 40-bandida ko‘rsatilgan bir yoki bir nechta sabablar mavjud bo‘lgan taqdirda, Markaz O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga loyihani foydalanishdan chiqarish bo‘yicha taklif kiritadi. Bunda, Vazirlik taklifni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va loyihadan foydalanishning moliyaviy-iqtisodiy jihatdan samarasizligi yoki maqsadga muvofiq emasligi, jumladan texnik vositalar va dasturiy ta’minot samaradorligining pastligi kabi bir nechta sabablarni topganda loyihani foydalanishdan chiqarib tashlash to‘g‘risida tegishli qaror qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qarori ustidan tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan sudga shikoyat qilinishi mumkin”;
2-ilovaning grifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DMga

”;

3-ilovaning grifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM direktori

”;

4-ilovaning grifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


“TASDIQLAYMAN”


O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM direktori

”.

19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4463-son qarori 4-ilovasining 14, 16 va 17-pozitsiyalaridagi “Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li)” so‘zlari “Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov)” so‘zlari bilan almashtirilsin.


20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-oktabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4502-son qarori 1-ilovasining 7-pozitsiyasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK” so‘zlari “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM” so‘zlari bilan almashtirilsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-son qarorining 2-bandi to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling