O‘zbekiston respublikasi prezidentining “milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida” 011 yil iyuldagi pq-1572-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
Download 210.66 Kb. Pdf ko'rish
|
296-сон 07.11.2011. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy axborot res
axborotlashtirish obyekti — turli darajadagi va maqsadlardagi axborot tizimlari,
telekommunikatsiya tarmoqlari, axborotga ishlov berishning texnik vositalari, ushbu vositalar o‘rnatilgan va ishlatiladigan xonalar, shuningdek muzokaralar, shu jumladan maxfiy muzokaralar olib borish uchun mo‘ljallangan alohida xonalar; axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish — axborotlashtirish obyektlari himoyalanganligi haqiqiy holatining axborot xavfsizligi sohasidagi davlat standartlariga va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlashga yo‘naltirilgan tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksi; Oldingi tahrirga qarang. 06/07/23, 11:25 Стр. 1 из 8 vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati; (2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29- maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396 /1287-son) attestatsiyadan o‘tkazuvchi organ — vakolatli organning axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir ishlarning muayyan turlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomasiga ega bo‘lgan tashkilotlar. 3. Ruxsatnoma vakolatli organ tomonidan beriladi. 4. Ruxsatnoma ruxsatnoma olish uchun ariza bergan tashkilotning (keyingi o‘rinlarda ariza bergan tashkilot deb ataladi) imkoniyatlari qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini o‘rganish va uni baholash natijalari asosida beriladi. 5. Ruxsatnoma tashkilotning axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir ishlarning muayyan turlarini (keyingi o‘rinlarda attestatsiyadan o‘tkazish ishlari deb ataladi) amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Ruxsatnomada uning amal qilish muddati ko‘rsatiladi, biroq ushbu muddat 5 yildan ortiq bo‘lishi mumkin emas. 6. Ruxsatnoma, agar tashkilot: mulkchilik huquqida xo‘jalik yuritish, tezkor boshqarish huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mol- mulk va asbob-uskunalarga ega bo‘lsa; Oldingi tahrirga qarang. shtatida axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilish sohasida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislar bo‘lsa, ularning ayrim toifasi davlat sirlari bilan tanishish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ruxsatnomaga ega bo‘lsa; (6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4- apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153 /0266-son) Oldingi tahrirga qarang. ishlarning ayrim turlarini amalga oshirishga huquq beruvchi litsenziya (mavjud bo‘lganda); (6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda) axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan normativ- huquqiy hujjatlarga va boshqa hujjatlarga ega bo‘lsa beriladi. Download 210.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling