O‘zbekiston respublikasi prezidentining “milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida” 011 yil iyuldagi pq-1572-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida


III. Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatish va to‘xtatib turish


Download 210.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana01.11.2023
Hajmi210.66 Kb.
#1738594
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
 296-сон 07.11.2011. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy axborot res

III. Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatish va to‘xtatib turish
18. Vakolatli organ quyidagi hollarda:
attestatsiyadan o‘tkazuvchi organning arizasiga ko‘ra;
attestatsiyadan o‘tkazuvchi organ tugatilgan taqdirda ruxsatnomaning amal qilishini
belgilangan muddatdan oldin to‘xtatish huquqiga ega.
19. Attestatsiyadan o‘tkazuvchi organ tomonidan o‘zining attestatsiyadan o‘tkazishga
doir faoliyatini muddatidan oldin to‘xtatganligi to‘g‘risida ariza berilgan taqdirda vakolatli
organ ruxsatnomani qaytarib oladi. Ariza faoliyatni to‘xtatish mo‘ljallanayotgan sanadan
kamida 30 kalendar kun oldin beriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
20. Attestatsiyadan o‘tkazuvchi organ tomonidan unga qo‘yiladigan talablar buzilgan
taqdirda vakolatli organ berilgan ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatish va/yoki to‘xtatib
turish yuzasidan qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rish huquqiga ega.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 
09/22/153
/0266-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
21. Ruxsatnomaning amal qilishini qonunchilikka muvofiq to‘xtatish yoki to‘xtatib turish
to‘g‘risida qaror qabul qilinganda vakolatli organ attestatsiyadan o‘tkazuvchi organga rasmiy
bildirishnoma yuboradi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 
09/22/153
/0266-son)
IV. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat
berish
22. Attestatsiyadan o‘tkazuvchi organ nomi, joylashgan joyi (pochta manzili)
o‘zgarganda, qayta tashkil etilganda bir hafta muddatda vakolatli organga ruxsatnomani
qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilgan o‘zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova
qilgan holda ariza berishi shart.
23. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish attestatsiyadan o‘tkazuvchi
organning arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.
06/07/23, 11:25
Стр. 4 из 8


Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza vakolatli organga
ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida uch oy oldin berilishi kerak.
Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish bilan bog‘liq ishlarga haq to‘lash
tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi. Yig‘im summasi vakolatli organning ushbu
ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish bilan bog‘liq xarajatlari doirasida belgilanadi
va mazkur xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
24. Yo‘qotib qo‘yilgan yoki amal qilish muddati tugamagan, biroq yaroqsiz bo‘lib qolgan
ruxsatnoma o‘rniga attestatsiyadan o‘tkazuvchi organning arizasiga ko‘ra dublikat beriladi.
Dublikat berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Axborotlashtirish obyektlarini
attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini
amalga oshirish uchun ruxsatnoma
berish tartibi to‘g‘risidagi 
Nizomga
1-ILOVA
Oldingi
 tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 
09/18/396
/1287-son)
Axborotlashtirish obyektlarini
attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini
amalga oshirish uchun ruxsatnoma
berish tartibi to‘g‘risidagi 
Nizomga

Download 210.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling