O‘zbekiston respublikasi prezidentining qarori o’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to’G’risida
Download 30 Kb.
|
PQ-3138
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoyev
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI O’ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR KOMPLEKS CHORA-TADBIRLAR TO’G’RISIDA O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida, davlat va jamoat tashkilotlarining takliflarini inobatga olib: 1. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda – Dastur deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 2. Dastur ijrosini ta’minlash bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Respublika ishchi guruhi (A.N.Aripov): Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning yuqori saviyada va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga har chorak yakuni bo‘yicha axborot kiritib borsin. 4. Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar rahbarlari zimmasiga Dasturda ko‘rsatilgan tadbirlarning yuqori saviyada va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin. 5. O‘zbekiston milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va ommaviy axborot vositalariga Dastur tadbirlarining amalga oshirilishini muntazam ravishda yoritib borish tavsiya etilsin. 6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi K.K.Kuranbayev zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoyev Toshkent sh. 2017 yil 18 iyul PQ-3138 son Download 30 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling