O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining


Download 226.23 Kb.
bet2/3
Sana16.05.2020
Hajmi226.23 Kb.
#106640
1   2   3
Bog'liq
PF-5930 31.01.2020 (1)


Izoh. Mazkur ro‘yxatda ko‘rsatilgan hujjatlar bazasi 2020-yil 1-maydan boshlab majburiy tartibda elektron shaklda ham yuritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmoniga


3-ILOVA

Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha

“YO‘L XARITASI”

T/r

Davlat xizmati turi

Mavjud kamchiliklar

Chora-tadbir nomi

Moliyalashtirish manbalari

Amalga oshirish muddati

I.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

1.

Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish.

1. Davlat organlari tomonidan sudlanganlik haqida ma’lumotnomaning talab qilinishi fuqarolarga qo‘shimcha ovoragarchilik va noqulayliklar yaratmoqda.

1. Fuqarolardan sudlanganlik �aqida ma’lumotnomani talab qiluvchi davlat organlari uchun mijoz oynasi (qismi)ni yaratishni inobatga olgan holda axborot tizimini takomillashtirish.

Fuqarodan rozilik olgan holda davlat organlari tomonidan idoralararo, shu jumladan elektron hamkorlik hisobiga fuqarodan sudlanganlik haqida ma’lumotnomani talab qilish tartibini bekor qilish.



Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-sentabrga qadar

2. Raqamlashtirilgan ma’lumotlarda nomuvofiqliklar mavjudligi davlat xizmatlari ko‘rsatish muddatlari cho‘zilishiga olib keladi.

2. Axborot tizimida ma’lumotlar nomuvofiqligini aniqlash va bartaraf etish.

2021-yil
1-yanvarga qadar

3. Raqamlashtirish yakunlanmaganligi davlat xizmatini avtomatlashtirilgan tartibda ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda.

3. Ma’lumotlarning raqamlashtirilishini yakunlash.

2021-yil
1-yanvarga qadar — 35 foiz;

2022-yil
1-yanvarga qadar — 70 foiz;

2023-yil
1-yanvarga qadar — 100 foiz


4. Advokat himoyasidagi shaxsning sudlanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini olish imkoni bo‘lmaganligi uning faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

4. Advokat tomonidan order taqdim etilganida unga o‘z himoyasidagi shaxsning sudlanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini taqdim etish, shuningdek, MDH davlatlari fuqarolarida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami bo‘lganida ularga sudlanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani berishni nazarda tutuvchi qo‘shimchalarni Ma’muriy reglamentga kiritish.



2020-yil
1-mayga qadar

2.

Manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish.

1. Davlat organlari tomonidan manzil-ma’lumot axborotlarining talab qilinishi fuqarolarga qo‘shimcha ovoragarchilik va noqulayliklar yaratmoqda.

1. Manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish axborot tizimini fuqarolardan manzil-ma’lumot axborotlarini talab qiluvchi davlat organlariga tizimga ulanish imkonini berish orqali takomillashtirish hisobiga davlat organlari tomonidan fuqarolardan manzil-ma’lumot axborotlarini talab qilish tartibini bekor qilish.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-sentabrga qadar

2. Raqamlashtirilgan ma’lumotlarda nomuvofiqliklar mavjudligi davlat xizmatlari ko‘rsatish muddatlari cho‘zilishiga olib keladi.

2. Axborot tizimida ma’lumotlar nomuvofiqligini aniqlash va bartaraf etish.

2021-yil
1-yanvarga qadar

3. Raqamlashtirish yakunlanmaganligi davlat xizmatini avtomatlashtirilgan tartibda ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda.

3. Ma’lumotlarning raqamlashtirilishini yakunlash.

2021-yil
1-yanvarga qadar — 35 foiz;

2022-yil
1-yanvarga qadar — 70 foiz;

2023-yil
1-yanvarga qadar — 100 foiz


3.

Milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi guvohnomaga almashtirish.

Milliy haydovchilik guvohnomasini Davlat xizmatlari markazlari orqali almashtirishning soddalashtirilgan tartibi 2020-yil 31-dekabrga qadar davom etadi.

2021-yil 1-yanvardan boshlab qo‘shimcha hujjatlar talab qilinuvchi (imtihon varag‘i, tibbiy ma’lumotnoma va boshqalar) yangi tartib amalga kiritilib, fuqarolarning ushbu xizmatdan foydalanishi qiyinlashadi.



Qonun hujjatlariga eski milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi guvohnomaga eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi va shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan boshqa qo‘shimcha hujjatlar talab qilishga yo‘l qo‘ymagan holda almashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritish.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-mayga qadar

II.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi

4.

Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish.

1. Ma’lumotlarni tekshirish mexanizmi avvaldan mavjud bo‘lmaganligi tufayli axborot tizimida saqlanayotgan arizalarda xatolar mavjudligi bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishda navbatlar buzilishiga olib kelmoqda.

1. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha arizalarni xatlovdan o‘tkazish.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-avgustga qadar

2. Maktabgacha ta’lim muassasalari haqidagi ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoniyati mavjudligi navbatlar shakllanishida aralash�vlarga olib kelishi mumkin.

2. Axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni himoyalash va mustahkamlash uchun “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish.

2020-yil
1-sentabrga qadar

5.

3. Alohida toifadagi shaxslarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar fuqarolarning maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatida teng huquqlilikni cheklamoqda.

3. Qonun hujjatlariga davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishdagi imtiyozlarning sezilarli qisqartirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish.



2020-yil
1-iyulga qadar

III.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

6.

1. Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish.

2. Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma berish.

3. Qurilish-montaj ishlari boshlanganligi haqida xabar berish.

4. Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma berish.

5. Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda obyektning zilzilaga bardoshliligi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazish.

6. Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) ruxsatnoma berish.

7. Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini litsenziyalash.

8. Qurilishda ekspertiza tashkilotlari akkreditatsiyasi.

9. Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish.


1. Davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun mas’ul xodimlarning moddiy-texnik ta’minoti yetarli darajada amalga oshirilmayapti va bu holat davlat xizmatlari taqdim etilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

1. Davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun mas’ul xodimlarni lozim darajadagi moddiy-texnik baza bilan ta’minlash.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2021-yil
1-yanvarga qadar

2. Axborot tizimi mavjud bo‘lmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.

2. Axborot tizimini ishlab chiqish va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish.

2021-yil
1-yanvarga qadar

3. Mavjud ma’lumotlar raqamlashtirilmagan.

3. Mavjud ma’lumotlarni raqamlashtirish.

2020-yil
1-sentabrga qadar — 50 foiz;

2021-yil
1-aprelga qadar — 100 foiz



4. Viloyat miqyosidagi hududiy qurilish boshqarmalarining ish yuklamasi ko‘pligi bino va inshoot tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishishda davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonining cho‘zilib ketishiga asosiy sabab bo‘lmoqda.

4. Bino va inshoot tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish vakolatini hududiy boshqarmalardan tuman qurilish bo‘limlariga berish.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2021-yil
1-yanvarga qadar

IV.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

7.

1. Tibbiy faoliyatni litsenziyalash.

2. Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash.



3. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash

Axborot tizimi mavjud bo‘lmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.

Axborot tizimini ishlab chiqish va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-sentabrga qadar

V.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

8.

O‘rta maxsus va o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi hujjat nostrifikatsiyasi.

Axborot tizimi mavjud bo‘lmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.

Axborot tizimini ishlab chiqish va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-sentabrga qadar

9.

Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni o‘rgatish faoliyatini litsenziyalash.

Ta’limni litsenziyalash sohasida xizmatlar ko‘rsatish Xalq ta’limi vazirligi faoliyati ixtisosligiga mos kelmaydi.

Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni o‘rgatish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha vakolatni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga o‘tkazish.



2020-yil
1-martga qadar

VI.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

10.

1. Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish uchun ariza.

2. Fuqaroni ishsiz sifatida ro‘yxatga olish.

3. Ishsizlik nafaqasini tayinlash.

Xizmat o‘ziga xosligi sabab mas’ul organ xodimi bilan bevosita muloqot talab etilmoqda, bu esa ushbu xizmatni “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha ko‘rsatishga imkon bermayapti.

Xizmatni Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatish tartibini bekor qilish va axborot tizimini ishlab chiqish.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-mayga qadar

VII.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.

1. O‘z tarmog‘ini yaratish huquqisiz ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari orqali provayder xizmatlari ko‘rsatishga litsenziya.

2. Telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirishga litsenziya.



Axborot tizimi mavjud bo‘lmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.

Axborot tizimini ishlab chiqish va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish.

Budjetdan tashqari mabl�g‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-sentabrga qadar

VIII.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

12.

Sport inshooti pasportini berish.

1. Ma’muriy reglament qabul qilinishi zarur.

1. Ma’muriy reglament tasdiqlanishi uchun tegishli choralar ko‘rish.



2020-yil
1-aprelga qadar

2. Normativ-huquqiy hujjat qabul qilinmaganligi sababli mavjud axborot tizimlari integratsiya qilinmagan.

2. Axborot tizimlari integratsiyasini yakunlash.



2020-yil
1-iyunga qadar

IX.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

13.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash.

Axborot tizimini integratsiya qilish ishlari yakunlanmagan.

Integratsiya ishlarini to‘liq yakunlash.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-fevralga qadar

X.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

14.

Tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma, bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish, yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish, poliklinikaga hisobga qo‘yish.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida o‘zaro bog‘liq davlat xizmatlarini kompleks tarzda ko‘rsatish zarur.

Toshkent shahri va respublikaning boshqa viloyatlarida bola tug‘ilishi bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-iyuldan boshlab

XI.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi

15.

Fuqarolarning nomida turar joy mavjud yoki yo‘qligi haqida ma’lumotnoma.

1. Ma’lumotnomani berish muddatlari normativ-huquqiy hujjat bilan aniq belgilanmagan.

1. Qonun hujjatlariga fuqarolarning nomida turar joy mavjud yoki yo‘qligi haqida ma’lumotnomani berish muddatlarini belgilash va ushbu davlat xizmatini Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatish tartibini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish.



2020-yil
1-iyulga qadar

2. Davlat organlari tomonidan fuqarolardan nomida turar joy mavjud yoki yo‘qligi haqida ma’lumotnomaning talab qilinishi ularga noqulayliklar tug‘dirmoqda. Shuningdek, xizmatning narxi ham norozilik keltirib chiqarmoqda, chunki avval mazkur xizmat bepul bo‘lgan.

2. Davlat organlari tomonidan fuqarolardan nomida turar joy mavjud yoki yo‘qligi haqida ma’lumotnoma talab qilinishini idoralararo elektron hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hisobiga bekor qilish.



16.

Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish.

Bugungi kunda, obyektlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi va ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi reyestrdan ko‘chirma bir vaqtda taqdim etilmoqda. Bunda, fuqarolar kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga alohida murojaat qilishmoqda, holbuki, mazkur hujjatni yuqorida qayd etilgan hujjatlar bilan bir vaqtda olish imkoni ham mavjud.

Kadastr pasporti, obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi, ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi reyestrdan ko‘chirmani Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga murojaat qilish orqali bir vaqtda olishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Hukumatga kiritish.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-iyulga qadar

17.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

To‘lov undirish mexanizmi qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan.

Qonun hujjatlariga to‘lovlarni Yagona billing tizimi orqali undirish mexanizmini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-iyulga qadar

18.

Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Tijorat banklari va kadastr organlari o‘rtasida aloqa lozim darajada yo‘lga qo‘yilmagan.

Qonun hujjatlariga ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning tijorat banklari va notarial idoralar o‘rtasida idoralararo aloqa o‘rnatish hisobiga soddalashtirilgan tartibini joriy etilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish



19.

1. Bino yoki inshoot (turar joy) ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

2. Bino yoki inshoot (noturar joy) ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.



1. Axborot tizimini takomillashtirish va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish talab etiladi.

1. Axborot tizimini takomillashtirish va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-sentabrga qadar

2. Tizimda texnik kamchiliklar bo‘lganligi sababli yuridik shaxslarda davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun to‘lovni amalga oshirish imkoni yo‘q.

2. Axborot tizimini Yagona billing tizimiga integratsiya qilishni inobatga olgan holda takomillashtirish.

20.

O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Axborot tizimini takomillashtirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish lozim.

Axborot tizimini takomillashtirish va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-sentabrga qadar

Download 226.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling