O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining


Download 226.23 Kb.
bet3/3
Sana16.05.2020
Hajmi226.23 Kb.
#106640
1   2   3
Bog'liq
PF-5930 31.01.2020 (1)


21.

Fuqarolarga turar joy maydoni bo‘yicha ma’lumo�noma berish.

Davlat organlari tomonidan fuqarolardan turar joy maydoni bo‘yicha ma’lumotnomaning talab etilishi ularga noqulaylik yaratmoqda.

Davlat organlari tomonidan fuqarolardan turar joy maydoni bo‘yicha ma’lumotnoma talab qilinishi tartibini idoralararo, shu jumladan elektron hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hisobiga bekor qilish.



2020-yil
1-iyulga qadar

22.

Kadastr ishini tayyorlash va ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr pasportini rasmiylashtirish.

1. Mazkur xizmatni ko‘rsatish tartibi qonun hujjatlariga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlar bilan muvofiqlashtirilmagan.

1. Kadastr pasportini tayyorlashning ma’muriy reglamentini ishlab chiqish va Hukumatga kiritish, bunda ushbu davlat xizmatini Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatish tartibi, shuningdek, qonun hujjatlaridagi so‘nggi o‘zgartirishla�ni inobatga olish.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-iyulga qadar

2. Tizimda texnik kamchiliklar bo‘lganligi sababli yuridik shaxslarda davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun to‘lovni amalga oshirish imkoni yo‘q.

2. Axborot tizimini Yagona billing tizimiga integratsiya qilishni inobatga olgan holda takomillashtirish.

2020-yil
1-sentabrga qadar

XII.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

23.

Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish.

1. Axborot tizimi mavjud bo‘lmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.

1. Axborot tizimini ishlab chiqish va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-sentabrga qadar

24.

2. Mavjud ma’lumotlar raqamlashtirilmagan.

2. Mavjud ma’lumotlarni raqamlashtirish.

2020-yil
1-iyulga qadar — 50 foiz;

2021-yil
1-yanvarga qadar — 100 foiz;



25.

O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma.

Axborot tizimi mavjud bo‘lmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.

Axborot tizimini ishlab chiqish va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-sentabrga qadar

26.

1. Qizil kitobga kiritilmagan yovvoyi o‘simliklarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma.

2. Qizil kitobga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar hamda ularning zoologiya kolleksiyalari, o‘ljalar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma.

3. Qizil kitobga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar saqlanadigan va urchitiladigan pitomniklarni hamda zoologiya kolleksiyalarini hisobga qo‘yish.

4. Ozonni buzuvchi moddalarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma berish.



Axborot tizimi mavjud bo‘lmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.

Axborot tizimini ishlab chiqish va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-sentabrga qadar

XIII.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi

27.

Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma.

Axborot tizimi mavjud bo‘lmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.

Axborot tizimini ishlab chiqish va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-sentabrga qadar

XIV.

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

28.

Veterinariya faoliyatini litsenziyalash.

1. Davlat xizmatlari markazlarida ushbu xizmat vaqtinchalik reglament asosida ko‘rsatilmoqda.

1. Ma’muriy reglamentni ishlab chiqish va Hukumatga kiritish.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-aprelga qadar

2. Axborot tizimi mavjud bo‘lmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.

2. Axborot tizimini ishlab chiqish va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish.

2020-yil
1-sentabrga qadar

XV.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

29.

Turizm faoliyatini litsenziyalash.

1. Xizmat vaqtinchalik reglament asosida ko‘rsatilmoqda.

1. Ma’muriy reglamentni ishlab chiqish va Hukumatga kiritish.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-aprelga qadar

2. Axborot tizimi mavjud bo‘lmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.

2. Axborot tizimini ishlab chiqish va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish.

2020-yil
1-sentabrga qadar

XVI.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

30.

1. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash.

2. O‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat nostrifikatsiyasi.

3. Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash.


1. Axborot tizimi mavjud bo‘lmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.

1. Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni o‘rgatish faoliyatini litsenziyalashni ham inobatga oluvchi axborot tizimini ishlab chiqish va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish.

Budjetdan tashqari mabla�lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-oktabrga qadar

31.

2. Mavjud ma’lumotlar raqamlashtirilmagan.

2. Mavjud ma’lumotlarni raqamlashtirish.

2020-yil
1-sentabrga qadar — 50 foiz;

2021-yil
1-aprelga qadar — 100 foiz



32.

3. Ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar tan olinishi uchun yig‘imlar miqdorlari tabaqalashtirilmagan.

3. Xorijiy ta’lim muassasalarida olingan o‘rta maxsus ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olishda undiriladigan yig‘im miqdorini kamaytirish.

2020-yil
1-iyunga qadar

33.

4. Ta’lim xizmatlarining ayrim turlarini litsenziyalash mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish lozim.

4. Normativ-huquqiy hujjatlarni nodavlat ta’lim xizmatlarining ayrim turlarini litsenziyalash mexanizmlarini tartibga solish jihatidan qayta ko‘rib chiqish.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-oktabrga qadar

XVII.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

34.

O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnomalar berish (uzaytirish).

1. Axborot tizimi mavjud bo‘lmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.

1. Axborot tizimini ishlab chiqish va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-sentabrga qadar

2. Mavjud ma’lumotlar raqamlashtirilmagan.

2. Mavjud ma’lumotlarni raqamlashtirish.

2020-yil
1-sentabrga qadar — 50 foiz;

2021-yil
1-aprelga qadar — 100 foiz



35.

Chet el fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash huquqini beradigan tasdiqnomalarni berish (uzaytirish).

Axborot tizimi mavjud bo‘lmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.

Axborot tizimini ishlab chiqish va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-sentabrga qadar

XVIII.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

36.

1. Farzand tug‘ilganda bir marotabalik nafaqa.

2. Dafn marosimi uchun nafaqa.

3. Fuqaro pensiya oluvchilar ro‘yxatida mavjudligi haqida ma’lumotnoma.

4. Pensiya miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma.



Ma’muriy reglamentlar qabul qilinishi zarur.

Belgilangan tartibda ma’muriy reglamentlarni qabul qilish choralarini ko‘rish.



2020-yil
1-aprelga qadar

XIX.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi

37.

1. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi.

2. Zargarlik buyumlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlar bilan savdo qilishga ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi.

3. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarish uchun litsenziya.


Axborot tizimi mavjud bo‘lmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.

Axborot tizimini ishlab chiqish va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-sentabrga qadar

XX.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari

38.

O‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga ruxsatnoma berish.

Axborot tizimi mavjud bo‘lmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.

Axborot tizimini ishlab chiqish va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2021-yil
1-yanvarga qadar

XXI.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari

39.

1. Elektr ta’minoti tizimiga texnik shartlarni olish.

2. 20 kVt dan yuqori bo‘lgan elektr ta’minoti tizimiga texnik shartlarni olish.

3. Elektr ta’minoti loyihasini kelishish.

4. Elektr qurilmalarini ishga tushirish uchun dalolatnoma berish.

5. Elektr ta’minoti shartnomasini tuzish.

6. Elektr hisoblagichini o‘rnatish.

7. Elektr hisoblagichini echish.

8. Elektr hisoblagichini qiyoslash.



1. Kadrlar qo‘nimsizligi tufayli davlat xizmati ko‘rsatish uchun mas’ul etib biriktirilgan xodimlar haqidagi ma’lumot o‘z vaqtida yangilanmayapti.

1. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun xodimlarni mas’ul qilib biriktirish.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-martga qadar

40.

2. Xodimlar mas’uliyatsizligi va elektron tizimda ishlash ko‘nikmasiga ega emasligi sababli ijro muddatlari buzilmoqda.

2. Mas’ul xodimlar uchun elektron axborot tizimlari bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish. Xodimning shaxsiy javobgarligini oshirish.

Doimiy ravishda

41.

3. Axborot tizimi mavjud bo‘lmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.

3. Axborot tizimini ishlab chiqish va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish.

2020-yil
1-sentabrga qadar

42.

4. Elektr tizimlarining eng yaqin tarmoqlari to‘g‘risida ma’lumotlarning yo‘qligi tadbirkorlik subyektlarining noroziligiga sabab bo‘ladi.

4. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida transformator nuqtalarining manzillari haqida ma’lumotlarni joylashtirish.

2020-yil
1-sentabrga qadar

XXII.

Hududiy gaz ta’minoti korxonasi

43.

1. Gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish.

2. Gaz ta’minoti shartnomasini tuzish.

3. Gaz ta’minoti loyihasini kelishish.

4. Gaz hisoblagich uskunasini plombalash.

5. Gaz hisoblagichini o‘rnatish.

6. Gaz hisoblagichini echish.

7. Gaz hisoblagichini qiyoslash


1. Davlat xizmatlari ko‘rsatishga mas’ul xodimlar uchun yetarli moddiy-texnik baza mavjud emas.

1. Davlat xizmatlari ko‘rsatishga mas’ul xodimlarni yetarli moddiy-texnik baza bilan ta’minlash.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil
1-martga qadar

44.

2. Axborot tizimi mavjud bo‘lmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.

2. Axborot tizimini ishlab chiqish va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish.

2020-yil
1-sentabrga qadar

45.

3. Amaldagi ma’muriy reglamentda nazarda tutilgan mablag‘larni taqsimlash tartibi ta’minotchi korxonalar tomonidan sifatli xizmat ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda.

3. Qonun hujjatlariga ta’minotchi korxonalarga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdorini, shu jumladan metrologik xizmatga yo‘naltiriladigan mablag‘larni qisqartirish hisobiga oshirish maqsadida ushbu xizmatni taqdim etish uchun undiriladigan mablag‘lar taqsimlanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kirit�sh.



2020-yil
1-aprelga qadar

XXIII.

Issiqlik ta’minoti korxonasi

46.

1. Issiq suv hisoblagichini o‘rnatish.

2. Issiq suv hisoblagichini echish.

3. Issiq suv hisoblagichini qiyoslash.

4. Issiqlik tizimiga texnik shartlarni olish.

5. Issiqlik tizimini ishga tushirishga ruxsatnoma.

6. Issiqlik tizimini plombalash va shartnoma tuzish.



1. Davlat xizmatlari ko‘rsatishga mas’ul xodimlar uchun yetarli moddiy-texnik baza mavjud emas.

1. Davlat xizmatlari ko‘rsatishga mas’ul xodimlarni yetarli moddiy-texnik baza bilan ta’minlash.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil

1-oktabrga qadar



2. Axborot tizimi mavjud bo‘lmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.

2. Axborot tizimini ishlab chiqish va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish.

2020-yil
1-sentabrga qadar

3. Amaldagi ma’muriy reglamentda nazarda tutilgan mablag‘larni taqsimlash tartibi ta’minotchi korxonalar tomonidan sifatli xizmat ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda.

3. Qonun hujjatlariga ushbu xizmatni taqdim etish uchun undiriladigan mablag‘larning barcha xarajatlar qoplanishini hisobga olgan holda taqsimlanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish.



2020-yil
1-aprelga qadar

XXIV.

Suv ta’minoti korxonalari

47.

1. Suv ta’minoti va suv chiqarish tizimiga texnik shartlarni olish.

2. Suv ta’minoti va suv chiqarish tizimi loyihasini kelishish.

3. Ichimlik suv hisoblagichini plombalash va shartnomani tuzish.

4. Ichimlik suv hisoblagichini o‘rnatish.

5. Ichimlik suv hisoblagichini echish.

6. Ichimlik suv hisoblagichini qiyoslash.



1. Davlat xizmatlari ko‘rsatishga mas’ul xodimlar uchun yetarli moddiy-texnik baza mavjud emas.

1. Davlat xizmatlari ko‘rsatishga mas’ul xodimlarni yetarli moddiy-texnik baza bilan ta’minlash.

Budjetdan tashqari mablag‘lar, grant va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2020-yil

1-oktabrga qadar



48.

2. Axborot tizimi mavjud bo‘lmaganligi sababli integratsiya qilinmagan.

2. Axborot tizimini ishlab chiqish va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan integratsiya qilish

2020-yil
1-sentabrga qadar

49.

3. Amaldagi ma’muriy reglamentda nazarda tutilgan mablag‘larni taqsimlash tartibi ta’minotchi korxonalar tomonidan sifatli xizmat ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda.

3. Qonun hujjatlariga ta’minotchi korxonalarga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdorini, shu jumladan metrologik xizmatga yo‘naltiriladigan mablag‘larni qisqartirish hisobiga oshirish maqsadida ushbu xizmatni taqdim etish uchun undiriladigan mablag‘lar taqsimlanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish.

2020-yil
1-aprelga qadar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmoniga
4-ILOVA


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4725-son Farmonining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:



“8. Belgilansinki:

tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji sifatida olinadigan barcha mablag‘lar hamda Davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 20 foizi miqdoridagi mablag‘lar;

ariza beruvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda yo‘naltirilgan murojaatlariga asosan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi”.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2750-son qarorining 11-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3245-son qarorining 13-bandida:

a) to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

b) beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3430-son qarorida:

a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2. Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni kuyidagi miqdorlarda belgilansin:

Agentlikning markaziy apparati 58 birlik;

Agentlikning hududiy boshqarmalari 216 birlik.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda:

Agentlik markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalari tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;

Agentlik, adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, Markazlar, FHDY arxivlari va filiallar uchun qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish;

mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, tor doiradagi mutaxassislarni shartnoma asosida Agentlikda ishga jalb etish huquqi berilsin.

Agentlik direktori maqomi va mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosariga, Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlari tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari xodimlariga tenglashtirilsin”;

b) 4-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:

“tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji sifatida olinadigan barcha mablag‘lar hamda Markazlar va ularning filiallari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 20 foizi miqdoridagi mablag‘lar;

ariza beruvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda yo‘naltirilgan murojaatlariga asosan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablag‘lar”;

to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;

v) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi markaziy apparatining
TUZILMASI




Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 58 birlik.”;

g) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI




Boshqaruv xodimlarining umumiy shtatlar soni 13 — 17 birlikni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmalari boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 216 birlikni tashkil etadi.”.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi “Elektron hukumat” tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4328-son qarorida:

a) 3-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“ariza beruvchilarning YIDXP orqali mustaqil ravishda yo‘naltirilgan murojaatlariga asosan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablag‘lar, shuningdek, YIDXP orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan tashqari, Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat bojlari va boshqa to‘lovlar summasining 0,5 foizi miqdoridagi mablag‘lar Markazning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;”;

b) 4-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, uning moddiy-texnika bazasini saqlash, shakllantirish va mustahkamlash, mehnatga haq to‘lash va xodimlarni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish maqsadida ariza beruvchilarning YIDXP orqali mustaqil ravishda yo‘naltirilgan murojaatlariga asosan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari, yig‘imlar va barcha turdagi to‘lovlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablag‘lar, shuningdek, YIDXP orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan tashqari, Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat bojlari va boshqa to‘lovlar summasining 0,5 foizi miqdoridagi mablag‘lar;”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2020-y., 06/20/5930/0105-son)

Download 226.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling