O'zbekiston respublikasi profi universitety


operatsiyalarning birlashganligi, xatti-harakatlarining aniqligi va tezligi bilan


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

operatsiyalarning birlashganligi, xatti-harakatlarining aniqligi va tezligi bilan 
farqlanadi. 
Har bir odamda kundalik xatti-harakatlarni bajarishning odatlanib qolingan
stereotip usullari ishlab chiqiladi. Tajribali xodimlar muayyan odam uchun 
xarakterli bo'lgan xatti-harakat usullarini aniqlab oladilar. Shuning asosida ko'p 
hollarda jinoyatchi shaxsini identifikatsiya qilish (o'xshashligini topish) amalga 
oshiriladi. 
Jismoniy 
xatti-harakatlar, 
harakat 

ma'lum 
bir 
mexanik 
xarakteristikaga: trayektoriya, tezlik yoki temp (tsikllarning takrorlanish tezligi) 
va kuchiga ega. 
Ko'pincha faoliyatning muvaffaqiyati reaktsiya (javob berish) vaqtiga (tashqi 
signalga javoban qilingan xatti-harakat tezligiga) bog'liq bo'ladi. Reaktsiya vaqti 
esa, odamning tegishli signalga javob berishga tayyorligiga, nerv sistemasi tipi
yoshi va jinsiga bog'liq. Masalan, ayrim odamlar yorug'lik signallariga 200 
millisekund (0,2s)da, boshqasi esa - 100 millisekund (0,1s)dan so'ng javob berishi 
mumkin. 
Oddiy va murakkab reaktsiya vaqtlari farqlanadi. Oddiy reaktsiya vaqti - 
bir qo'zg'atuvchiga bir xil javob berishni bildiradi (masalan, svetoforning qizil 
chirog'i yonganligi haqidagi signalga tormoz pedalini bosish bilan javob berish). 
Murakkab reaktsiya vaqti - bu bir nechta mumkin bo'lgan imkoniyatlardan bittasini 
tanlab olishda namoyon bo'ladi. Murakkab reaktsiya vaqti sodda reaktsiya vaqtiga 
qaraganda ancha katta bo'ladi. Sensomator reaktsiyalar bilan bir qatorda so'z-
assotsiativ reaktsiyalar ham mavjud. So'zlarga munosabat bildirish harakatga 
qaraganda murakkabroqdir va u bir oz sekinroq kechadi (0,3-0,5s). Reaktsiya vaqti 
nizoli va hayajonli vaziyatlarda sezilarli darajada ortib ketadi. 
Yuqorida ko'rib chiqilgan oddiy xatti-harakatlar, operatsiyalar (ko'nikmalar) 
murakkab tuzilishga ega emas. Ular unchalik irodaviy zo'r berishni talab qilmaydi. 
Faoliyat va ayrim murakkab irodaviy xatti-harakatlar murakkab tuzilishga ega 
bo'ladi va irodaviy boshqarishni talab qiladi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling