operatsiyalarning birlashganligi, xatti-harakatlarining aniqligi va tezligi bilan
farqlanadi.
Har bir odamda kundalik xatti-harakatlarni bajarishning odatlanib qolingan,
stereotip usullari ishlab chiqiladi. Tajribali xodimlar muayyan odam uchun
xarakterli bo'lgan xatti-harakat usullarini aniqlab oladilar. Shuning asosida ko'p
hollarda jinoyatchi shaxsini identifikatsiya qilish (o'xshashligini topish) amalga
oshiriladi.
Jismoniy
xatti-harakatlar,
harakat
-
ma'lum
bir
mexanik
xarakteristikaga: trayektoriya, tezlik yoki temp (tsikllarning takrorlanish tezligi)
va kuchiga ega.
Ko'pincha faoliyatning muvaffaqiyati reaktsiya (javob berish) vaqtiga (tashqi
signalga javoban qilingan xatti-harakat tezligiga) bog'liq bo'ladi. Reaktsiya vaqti
esa, odamning tegishli signalga javob berishga tayyorligiga, nerv sistemasi tipi,
yoshi va jinsiga bog'liq. Masalan, ayrim odamlar yorug'lik signallariga 200
millisekund (0,2s)da, boshqasi esa - 100 millisekund (0,1s)dan so'ng javob berishi
mumkin.
Oddiy va murakkab reaktsiya vaqtlari farqlanadi. Oddiy reaktsiya vaqti -
bir qo'zg'atuvchiga bir xil javob berishni bildiradi (masalan, svetoforning qizil
chirog'i yonganligi haqidagi signalga tormoz pedalini bosish bilan javob berish).
Murakkab reaktsiya vaqti - bu bir nechta mumkin bo'lgan imkoniyatlardan bittasini
tanlab olishda namoyon bo'ladi. Murakkab reaktsiya vaqti sodda reaktsiya vaqtiga
qaraganda ancha katta bo'ladi. Sensomator reaktsiyalar bilan bir qatorda so'z-
assotsiativ reaktsiyalar ham mavjud. So'zlarga munosabat bildirish harakatga
qaraganda murakkabroqdir va u bir oz sekinroq kechadi (0,3-0,5s). Reaktsiya vaqti
nizoli va hayajonli vaziyatlarda sezilarli darajada ortib ketadi.
Yuqorida ko'rib chiqilgan oddiy xatti-harakatlar, operatsiyalar (ko'nikmalar)
murakkab tuzilishga ega emas. Ular unchalik irodaviy zo'r berishni talab qilmaydi.
Faoliyat va ayrim murakkab irodaviy xatti-harakatlar murakkab tuzilishga ega
bo'ladi va irodaviy boshqarishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |