O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Diqqat turlari 
Psixik jarayonlar ixtiyorsiz (irodaga bog'liq bo'lmagan) yo'nalganlikka ham 
ega bo'lishi mumkin. Bunday holatlarda ular ixtiyorsiz diqqat shaklida namoyon 
bo'ladi. Masalan, kutilmagan, keskin signal bizning irodamizga bog'liq bo'lmagan 
holda diqqatimizni o'ziga jalb qiladi. Lekin, psixik jarayonlarni namoyon 
bo'lishining asosiy shakli bo'lib, ongning rejali yo'nalganligini xarakterlovchi, 
ixtiyoriy (oldindan ko'zlangan) diqqat hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqat zarur 
ma'lumotni ajratib olish bilan ajralib turadi.
Psixik faoliyatni ixtiyoriy ravishda biron-bir ob'ektga yo'naltirish qobiliyati - 
odam ongining asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Faoliyat jarayonida 
ixtiyoriy diqqat, doimiy irodaviy zo'r berish talab qilmaydigan, ixtiyoriydan 
so'nggi diqqatga o'tishi mumkin. Diqqatning barcha turlari odam ustanovkalari 
bilan, uning ma'lum bir xatti-harakatni amalga oshirishga tayyorligi bilan 
bog'liqdir. Ustanovka analizatorning sezgirligini, barcha psixik jarayonlar 
darajasini orttiradi. Shunday qilib, agar biz ma'lum bir vaqtda va ma'lum bir joyda 
biron bir ob'ektni paydo bo'lishini kutsak, unda uning namoyon bo'lishini osonroq 
va yaxshiroq his qilamiz, sezamiz. 
Diqqatning xususiyatlari 
Diqqatning - yo'nalganligi, ko'lami, taqsimlanishi, jamlanishi, jadalligi 
va ko'chishi kabi xususiyatlari - odam faoliyati tuzilishi bilan bog'langan. 
Faoliyatning dastlabki bosqichida, umumiy oriyentatsiya amalga oshirilayotgan 
vaqtda, bu vaziyat predmetlari xali bir xil darajada bo'lib turganida, diqqatning 
kengligi (ko'lami), ongning bir necha ob'ektlarga teng taqsimlanishi diqqatning 
asosiy xususiyati hisoblanadi. Faoliyatning bu bosqichida xali diqqatning 
turg'unligi kuzatilmaydi. Lekin, o'zgaruvchan ob'ektlar orasidan mazkur faoliyat 
uchun ahamiyatliroq bo'lgan ob'ekt tanlab olinganidan so'ng, bu sifat muhim 
ahamiyat kashf etadi. Psixik jarayonlar shu ob'ektlar ustida jamlanib, to'planib 
boradi. 
Faoliyatning ahamiyatliligiga bog'liq ravishda psixik jarayonlar yanada 
jadallashib boraveradi. Xatti-harakatlarning davomiyligi psixik jarayonning zarur 
turg'unligini yuzaga keltiradi (21-rasm). Diqqatning yuqorida ko'rsatib o'tilgan 
xususiyatlarini qisqacha tavsiflab o'tamiz. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling