O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologiyaning "karra
Kishi aqlli bo’lib qolishi uchun 10 ta kitob kifoya. O’sha o’ntani topish uchun esa minglab kitoblarni o’qib chiqishi kerak bo’ladi. KIRISH Atoqli psixolog olim German Ebbingauz “Psixologiya uzoq o'tmishga va qisqa tarixga ega”- deganidek, psixologiya tarixiga oid adabiyotlarda, psixologiyaning eksperimental fan sifatida yuzaga kelishi, 1879 yil Leyptsig shahrida, nemis faylasuf va psixolog olimi Vilьgelьm Vund (1832-1929) tomonidan dunyoda birinchi eksperimental psixologiya laboratoriyasi ochilgan sana bilan bog'liqligi qayd etiladi 1 . Darhaqiqat, 4-5 ming yillik tarixga ega boshqa fanlar qatorida bu muddat juda qisqa. Lekin, psixologiya ta'limotlarining yuzaga kelishi va rivojlanishi uzoq o'tmishga ega. Balkim, ilk odam, Homo sapiensning xayoliga kelgan birinchi savol, “men kimman?”, “u kim?”-degan savol bo'lgan bo'lsa ajab emas. Insonning o'zini-o'zi va atrofidagilarni bilishi (psixologiya), shu savollarga javob topishdan boshlanadi. Ta'kidlab o'tish joizki, dunyoviy va diniy ilmlarning barchasi inson manfaatlariga, uni bilishga, o'rganishga xizmat qiladi. Masalaga shu nuqtai nazardan qaralsa, ularda albatta psixologiya ta'limotlariga oid ko'plab ma'lumotlarni ko'ramiz. Qo'llanmani tayyorlashda, kursant va tinglovchilar aynan shu savollarga javob topishlariga alohida e'tibor qaratildi. Psixologiya fani mustaqil fan sifatida tan olinib, ilmiy muomalaga kirganiga yuz ellik yillar bo'lgan bo'lsada, lekin uning ilmiy-nazariy ta'limotlari boshqa ijtimoiy fanlar (falsafa, dinshunoslik, pedagogika va boshqa.) tarkibida 2,5 - 3 ming yillardan buyon rivojlanib kelgan. Shu o'tgan vaqt mobaynida psixologiya fani ta'limotlari juda ko'p o'zgarishlarni boshidan kechirgan. Chunki, boshqa qator ijtimoiy fanlar kabi psixologiya ta'limotlari ham ma'lum bir makonda, zamonda rivojlanar ekan, shu zamonda hukmron bo'lgan mafkuraga xizmat qilishi lozim bo'lgan, aks holda “g'ayri ijtimoiy”, “aksil g'oyaviy” ta'limotlar sifatida inkor etilgan. Sobiq ittifoq tarqalib, uning o'rnida yuzaga kelgan davlatlar o'zlarining mustaqil rivojlanish yo'liga o'tishi munosabati bilan ijtimoiy hayotimizda jiddiy o'zgarishlar ro'y berdi. So'nggi yillarda qator mamlakatlar: Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Gruziya, Boltiq bo'yi davlatlarida psixologiya faniga oid yangi ilmiy adabiyotlar ko'p miqdorda chop etilayotgan bo'lsada, lekin bizning respublikamizda bu borada sezilarli darajada taqchillik kuzatilmoqda. Ayniqsa, bu taqchillik davlat tilida, jumladan lotin imlosida chop etilgan o'quv qo'llanmalar va darsliklar misolida juda kuchli seziladi. Shuni inobatga olgan holda so'nggi yillarda psixologiya fani doirasida bir qator o'quv qo'llanmalar 1 Платонов К.К. Занимательная психология. – М.,1986. – С. 4. 4 tayyorlanib talabalar e'tiboriga havola etilmoqda. Biroq ular miqdor va imlo jihatlaridan mavjud talabga yetarlicha javob bera olmaydi. Shu kabi muammolarni inobatga olgan qo'llanmaning mazkur varianti talabalarimiz e'tiboriga havola etilmoqda. Uni tayyorlashda mavjud adabiyotlardan unumli foydalanildi. Ulardagi bilimlar yangi ma'lumotlar bilan boyitildi. Respublikpmizning birinchi Prezidenti Islom Karimov: “Darsliklarda millat fikrining, millat tafakkuri va millat mafkurasining eng ilg'or namunalari aks etadi” 1 - deganlaridek, qo'llanmada o'tmish mutafakkirlarimizning fanga, o'qitilayotgan mavzuga oid qarashlarini yoritib o'tishga harakat qilindi. “Umumiy psixologiya asoslari” deb nomlangan ushbu qo'llanmani yaratishda hozirgi zamon psixologiyasi ilmiy yangiliklaridan unumli foydalanish bilan birga, oldingi davrlarda inkor etib kelingan, lekin keng psixologik jamoatchilik tomonidan ijobiy qabul qilingan ilmiy qarashlar, ta'limotlar haqida ham to'xtalib o'tishni lozim topdik. Shuningdek, qo'llanmada o'tmish mutafakkirlarimizning ayrim psixologik qarashlari haqidagi ma'lumotlar ham o'rin olgan. Matematika fanini karra (ko'paytirish) jadvalisiz tasavvur qilib bo'lmaganidek, har bir fanning o'z "karra jadvali" bo'ladi. Psixologiyaning "karra Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling