O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
psixologiya
fan sifatida psixikaning faktlari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o'rganadi. Albatta psixologiya faniga berilgan bu ta'rif ham muhim aniqliklarni kiritishni talab qiladi. Psixologiya predmetini klassik belgilanishi bo'yicha u psixik jarayonlar, xususiyatlar, holatlar haqidagi fandir. Psixik hodisalar, “alohida (o'ziga xos) hodisalar” ekanligini ko'rsatish, ular odamning “ichki dunyosi”ni tashkil qilishi va shu kabilar o'z-o'zicha psixikaning mohiyatini, uning o'ziga xosligini ochib bera olmaydi. Psixika nima ekanligi haqidagi savolga javob berishdan avval psixik hodisalar xarakteri va mohiyati haqidagi tasavvurlar asrlar davomida qanday o'zgarib borganligini qisqacha bo'lsada, ko'rib chiqish lozim. 2 §. Psixologik ta'limotlarning yuzaga kelishi. O'tmish mutafakkirlarining psixologik qarashlari Qadim zamonlardan buyon ijtimoiy hayot ehtiyojlari odamning o'z xatti- harakatlarida atrofidagi odamlarning psixik tuzilishlari xususiyatlarini farqlashni va hisobga olishni taqozo etib kelgan. Dastavval, bunday xususiyatlar ruhning, jonning ishi deb tushunilgan. “Jon” tushunchasining dastlabki yuzaga kelishi ibtidoiy xalqlarning animistik 1 qarashlari bilan bog'liq. Animistik nuqtai nazarga ko'ra, jon hamma joyda va hamma narsada, qayerdaki harakat va issiqliq bo'lsa, o'sha yerda mavjud, deb hisoblangan. O'z navbatida Animizm jon haqidagi tarixan birinchi ta'limot bo'lib yuzaga kelgan. 1 Animizm - lotincha “anima” so'zidan olingan bo'lib, jon degan ma'noni bildiradi. 9 Uning asosi bo'lib yuqorida aytilganidek, olamdagi jamiki mavjud narsalarda jon elementlari bo'lishi haqidagi tasavvur xizmat qilgan. Jon esa tanadan ajratilgan hamda barcha jonli va jonsiz predmetlarni boshqara oladigan mustaqil mohiyat sifatida tushuniladi. Bugungi kunlarimizdagi mavjud tasavvurlar nuqtai nazaridan shubhasiz o'ta sodda bo'lgan tasavvurlar yordamida qadimgi odamlar ko'plab psixik hodisalarni (etarlicha murakkab bo'lgan o'lim va uyqu kabilarni ham), mantiqan tushuntirib bera olganlar. Bunga ko'ra, odam o'lganda uning joni tanasini butunlay (manguga) tark etadi, uxlagan vaqtda esa, uning joni tanani vaqtincha tark etib, uyg'onganida yana qaytib keladi, deb hisoblangan. O'sha vaqtlardagi psixik hodisalar tabiatini falsafiy tushunish va tushuntirishga urinishlarda jonning tanadan mustaqilligi, uning kelib chiqishi moddiy emasligi haqidagi fikr asosiy o'rinni egallagan. Ulardan keyin jonni naturfalsafiy talqin qilishga urinishlar, ya'ni uni boshqa barcha shunga o'xshash hodisalar bilan birga mantiqan olamni umummaterialistik tasviriga kirib ketuvchi moddiy hodisa sifatida tushunish yuzaga keldi. Psixikani ilk bor bunday tushuntirish va ifodalash olam, uni tashkil etuvchi uch asosiy element: suv, havo va olovdan tashkil topganligiga asoslanuvchi qarashlarda o'z aksini topgan. Bunga mos ravishda yer yuzidagi barcha narsalar shu moddiy elementlardan tashkil topgan, deb tasavvur qilingan. Bunda jonni tashkil qiluvchi, olib boruvchi element olov deb hisoblangan. Jonning o'ziga esa harakatlantirish funktsiyasi berilgan. Ibtidoiy, yovvoyi odamning tabiat oldidagi ojizligi bilan shart-langan, individ va jamoaning jon bilan bog'liqligi haqidagi bunday tasavvurlari ruhga sig'inish munosabatlarini yuzaga keltirdi. Bu esa dinning dastlabki shakllari edi. Keyinchalik jamiyatning rivojlanishi bilan, “ishlab chiqarishning ma'naviy kuchlari” va jismoniy mehnatning rejalashtirilishi, undan foydalanishning tabaqalanishi, sinfiylik jamiyatining yuzaga kelishi va odamning mavxumlashtiruvchilik qobiliyatlarining rivojlanishi bilan ruhning nomoddiy tabiati haqidagi g'oyalar yuzaga keldi. Shular bilan birga avvalgi animistik, mifologik tasavvurlar o'z o'rnini, jonni, olam tasvirini naturfalsafiy talqin qilishga urinish-larga bo'shatib bera boshlaydi. Shunday qilib, ruh, jon haqidagi dastlabki falsafiy qarashlar yuzaga kelib shu bilan ruh, jon haqidagi (psixologiya) ta'limotlar rivojlana boshladi. Bu o'rinda psixologiya (ruh-jon) haqidagi ta'limotlarni shartli ravishda “G'arb” va “Sharq” ta'limotlariga farqlashimiz mumkin. Quyida shular haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz. G'arb mutafakkirlarining ruh, jon haqidagi ta'limotlariga nazar solgudek bo'lsak, qadimgi Gretsiya materialist-mutafakkirlaridan Fales (er. av. VII - VI asrlar), Anaksimen (er.av. V asr) va Geraklit (er.av.VI - V asrlar) jonni, ruhni odamlar va hayvonlarni jonlantiruvchi, olamning boshlanishini tashkil qiluvchi elementlar shakli (suv, havo, olov) deb talqin qiladilar. Ularning tasavvuricha, jon o'z mohiyatiga ko'ra olovsimon, “uchquncha”dan (Geraklit) yoki “olov atomi”dan iboratdir (Demokrit er.av. V - IV asr), jonning mavjudligi va o'zgarishi ham butun olamdagi narsalar asosida yotuvchi tabiiy sabablarga bog'liqdir. Bu bilan psixik 10 hayotning borishi ham tabiiy jarayonlarning umumqonuniy iziga solib yuborilgan edi. Psixikani materialistik asosda tushunish tirik tanning tuzilishi va funktsiyasini bilish sohasida erishilgan dastlabki yutuqlarni mustah-kamladi. Eramizdan oldingi VI asrda qadimgi grek vrachi Alkmeon anatomiya hamda meditsina sohasidagi tajribalariga asoslanib, psixikaning organi miyadir, degan fikrni ilgari suradi. Bu fikrga ko'pchilik olimlar qo'shilmaydi. Alkmeondan keyin, hatto bir qancha asrlar davomida ham ayrim olimlar (shu jumladan Aristotelь (er.av.384-322 y.y.), Abu Nasr Forobiy (873-950) va Ibn Sino (980-1037 y.y.) lar ham) go'yo psixikaning asosiy organi yurak bo'lsa kerak, degan fikrni himoya qiladilar. Atoqli grek faylasufi Aristotelь o'zining “Jon haqida”gi risolasida psixika haqidagi bilimlarni sistemalashtirishga ilk urinishlarni amalga oshirgan. Uningcha jon tana va uni xulqining tuzilish usulidir. U ilk bor tana(organizm) va jon(psixika)ning o'zaro munosabatli funktsiya-larini izohlab berdi. Aristotelь ta'limotlari psixika tabiatiga yangicha yondoshishga asos soldi. Shunga ko'ra jon (ruh) tana(organizm)ning mifologik egizagi tarzida talqin qilinmay, balki unga tirik organizmlarning hayotiy faoliyatini tashkil qiluvchi mexanizm sifatida qaraladigan bo'lindi. Aristotelьning jon haqidagi g'oyalari ilmiy psixologiyaning rivojlanishi uchun o'ziga xos poydevor bo'lib xizmat qildi. Umuman qadimiy grek, qadimiy rim va qadimiy sharq tabiblari psixologiyaning tabiiy ilmiy asosi haqidagi tasavvurlarning rivojlanishiga katta hissa qo'shganlar. Eramizdan avvalgi VI asrdayoq grek vrachi Alkmeon, ko'z nervlarining mavjudligini ta'kidlagan va shu bilan ruh organi miya, degan xulosaga kelgan. Ilmiy meditsina fanining asoschisi Gippokrat (er.av. 460-370 y.y.) psixologiyani o'zining temperamentlar haqidagi ta'limoti bilan boyitdi. Bu ta'limot odamlar o'rtasidagi individual farqlarni ilmiy ravishda tushuntirib berishda muhim rolь o'ynadi. Odamlar temperamenti o'rtasidagi farqlar, o'sha davrdagi tasavvurga ko'ra, odam tanasini tashkil qiluvchi to'rt elementning (“sharbatlar”ning) aralashmasi bilan bog'lab tushuntirilgan. Odam temperamentining qandayligi ana shu aralashmada u yoki bu elementning ko'proq miqdorda bo'lishiga bog'liq hodisadir deb qaralgan. Shunday qilib, psixik faoliyatni ilmiy tushunish yo'lidagi dastlabki katta yutuqlar tabiiy olam qonunlariga psixikaning bo'ysunishini tan olish va organizmning anatomik-fiziologik tuzilishi psixik faoliyatning ko'rinishlarini yuzaga keltiradi, degan ta'limotning maydonga kelishi bilan chambarchas bog'liqdir. Shu bilan birga o'sha davr materializmi namoyandalari qo'lga kiritgan ma'lumotlar nima sababdan odam mantiqiy abstrakt fikrlash xususiyatiga ega, shaxsning axloqiy sifatlari qanday tarkib topadi, odamning maqsad ko'zlash va tanini o'z irodasiga bo'ysundira olishi nimaga bog'liq, degan va shu kabi boshqa savollarga javob bera olmas edi. Chinakam insoniy xulq - atvorning ana shu sifatlarini atomlar harakati, “sharbatlar aralashmasi” yoki miyaning sirtqi tuzilishi bilan tushuntirib bo'lmas edi. Bu hol quldorlik jamiyatida reaktsion kuchlarning manfaatlarini himoya qiluvchi faylasuflarning psixika haqidagi idealistik qarashlarini yanada avj oldirishi uchun qulay shart-sharoitni vujudga keltirdi. Bu faylasuflar orasida Platon 11 (er.av. 427-347 y.y.) alohida o'rin tutadi. Platon jon qismlari haqidagi tushunchani yaratar ekan, u jonni quyidagi qismlarga ajratadi: a) aql, b) mardlik, v) nafs va ular odam tanasining turli qismlarida (boshda, ko'krakda va qorinda) joylashgan bo'ladi, degan fikrni ilgari suradi. Platonning fikriga ko'ra, jonning turli qismlari odamlarda barobar taqsimlangan bo'lmaydi. Binobarin jon qismlaridan birontasining boshqalaridan ortiq bo'lishi odamning u yoki bu ijtimoiy guruhga (tabaqaga) mansubligini belgilaydi. Masalan, oddiy mehnatkashlar (qullar) - jon quyi qismining, ya'ni nafsning hukmronligi bilan farqlanadilar. Quldor, aristokrat- faylasuflarga, ya'ni jonning aqliy qismi ustunlik qiluvchi kishilarga xizmatkor bo'lish oddiy mehnatkashning taqdiriga azaldan bitilgan bo'ladi. Demak, aql ruhi egalari bular - quldorlar, aristokrat faylasuflar, mardlik, jasorat ruhi egalari - jangchilar, sarkardalar va nafs ruhi egalari - qullardir. Bu o'rinda Platon qarashlarining sinfiy mohiyati yaqqol ko'rinib turibdi. Yuqorida keltirib o'tilganlardan ko'rinib turibdiki, g'arb mutafakkirlari ishlarida ruh, jon haqida turlicha ta'limotlar ilgari surilib, ular bir-birlarini goh inkor etib, goh tasdiqlab kelgan. Umuman g'arbda odam psixikasi haqidagi ilmiy tasavvurlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi diniy mistik to'siqlarni asta-sekinlik bilan yengib o'tib, tabiiy ilmiy o'zanda amalga oshib bordi. Sharqda esa, jon, ruh masalasi ko'proq, to'g'ri xulq haqidagi ta'limotlar sifatida etik nuqtai nazardan shaxsning o'z-o'zini takomillashtirishi orqali kamolotga erishishi tarzida talqin qilingan. Eramizdan avvalgi VI asrda sharqda yuzaga kelgan buddizm ruhni, takrorlanmas daqiqalar, bir-biri bilan almashinib turadigan holatlar oqimi tarzida talqin qilib, uni alohida mohiyat sifatida inkor qilgan. Undan keyin sharqda yuzaga kelgan falsafiy maktablarda ruh haqidagi ta'limotlar ruhning etik potentsiallarini anglash asosida qurilgan. Shuning uchun sharq ilmi, falsafasi, yogiya o'sha davrlarda ham, hozir ham ruhni anglash uchun, o'z-o'zini anglash, bilish uchun uning barcha qora (salbiy) ko'rinishlarini bartaraf etish, tana va psixik funktsiyalar (diqqat, iroda, tafakkur)ning boshqarish tizimidan foydalanish lozimligini ta'kidlaydi. Quyida sharq mutafakkirlari ta'limotlarida ruh, jon haqidagi qarashlarning talqin qilinishi xususida ham to'xtalib o'tamiz. Sharq va G'arb mutafakkirlarining ruh, jon haqidagi ta'limotlarida o'ziga xos farqli va o'xshashlik jihatlar mavjud. Masalan, ayrim g'arb mutafakkirlari (Platon, Fales) psixologik qarashlarida sinfiylik xarakteri sezilib tursa, sharq mutafakkirlari ta'limotlarida bu holat kuzatilmaydi. Platonning jon haqidagi ta'limotlarida odamning bu hayotda qaysi sinf, tabaqaga mansub bo'lishligi taqdiri azaldan, oldindan belgilab qo'yilishi ta'kidlansa, undan farqli o'laroq sharq mutafakkirlari ishlarida odam kim bo'lishidan qat'iy nazar “Haq” (Xudo) oldida tengligi ta'kidlanadi. Masalan, sharqning buyuk mutafakkirlaridan biri Konfutsiy (er. av. 551-479 y.y. Xitoy mutafakkiri) o'z ta'limotlarida jon qismlarini huddi Platon ta'limotlaridagidek uch qismga farqlagan, lekin ular boshqacha nomlangan. Bular: Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling