O'zbekiston respublikasi profi universitety
§. Psixologiya fani haqida tushuncha
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Psixologiya”
1 §. Psixologiya fani haqida tushuncha Psixologiya fani, fan sifatida uni boshqa fanlardan farqlab turuvchi o'ziga xos jihatlarga ega. Psixologiyani sinalgan, tekshirilgan bilimlar tizimi sifatida, faqat bevosita psixologiya sohasida u yoki bu ilmiy va amaliy vazifalarni xal etish bilan shug'ullanuvchi ayrim mutaxassislargina biladi. Shu bilan birga hayotiy hodisalar tizimi sifatida esa psixologiya har bir odamga ma'lum. Uni har bir odam o'zi his etadigan sezgilar, tasavvurlar, idrok, xotira, tafakkur, hayol, nutq, hissiyot, iroda, qiziqishlar, motivlar, ehtiyojlar, qobiliyatlar, temperament, xarakter va boshqa ko'plab hodisalar tarzida idrok qiladi. Psixik hodisalarning aksariyatini biz o'zimizda kuzatib va ayrimlarini boshqa odamlarni kuzatib bilib boramiz. “Psixologiya” atamasi ilmiy atama sifatida ilk bor XVI asrlardan boshlab ilmiy adabiyotlarda qayd etila boshlangan. Bu degani, psixologiya fani va uning ta'limotlari shu davrga kelib yuzaga kelgan, degan ma'noni anglatmaydi. “Psixologiya” atamasining kelib chiqishi eramizdan avvalgi VIII - V asrlarga borib yetadi. U davrlarda psixologiya fani biz hozirgi vaqtda qabul qilganimizdek, mustaqil fan sifatida qayd etilgan bo'lmasada, lekin uning ta'limotlari antik davr mutafakkirlari Fales, Anaksimen, Anaksimandr, Aristotelь, Platon va boshqalar ishlarida rivojlantirilib kelingan. Shu tarzda psixologiya ta'limotlari qadim zamonlardan buyon falsafa, teologiya va boshqa fanlar ta'limotlari tarkibida rivojlanib kelgan. U davr ta'limotlariga ko'ra “psixologiya” (grekcha. “psyche”-ruh, jon, “logos”-ta'limot) ruh, jon haqidagi ta'limot degan ma'noni anglatib kelgan va aksariyat o'tmish mutafakkirlarining ishlarida shunga yaqin ma'noda qo'llanib, falsafiy, diniy va boshqa ta'limotlar tarkibida ruh va jonning xususiyatlari haqidagi ta'limot sifatida rivojlanib kelgan. Agar hozir ham bundan ikki, ikki yarim ming yillar muqaddam bo'lganidek “psixologiya - ruh, jon haqidagi ta'limot” - degan ta'rif bilan kifoyalansak, biz hozirgi zamon psixologiya fanining mazmun-mohiyatini yetarlicha ochib bermagan bo'lamiz. Shuning uchun quyida psixologiya fani haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling