O'zbekiston respublikasi profi universitety


P s i x o l o g i ya - psixikaning yuzaga kelish mexanizmlari va uning


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

P s i x o l o g i ya - psixikaning yuzaga kelish mexanizmlari va uning 
umumiy qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. 
Shu o'rinda haqli ravishda “Psixologiya” psixikaning yuzaga kelish 
mexanizmlari va umumiy qonuniyatlarini o'rganuvchi fan bo'lsa, unda “Psixika 
nima?”- degan savol tug'iladi. 



P s i x i k a - ob'ektiv borliq, voqelikni (olamni) sub'ektiv aks 
ettirishdir. 
Ob'ektiv voqelik, ob'ektiv olam deyilganda, bizni o'rab turgan atrof-olam
undagi mavjud narsa, hodisalar nazarda tutiladi. 
Sub'ektiv aks ettirish esa - shu ob'ektiv olamni har bir odam, har bir individ 
qanday aks ettirishi, qanday qabul qilishi, qanday idrok etishi va unga qanday 
munosabatda bo'lishi kabilarni bildiradi. Individ tomonidan ob'ektiv voqelikni 
sub'ektiv aks ettirishda ruhiy aks ettirish (ruhiy funktsiyalar, xususiyatlar
jarayonlar, holatlar va sh.k.) deb atalmish hodisa ro'y beradi. Bu sub'ektiv, ya'ni 
ruhiy (psixik) aks ettirishda har bir individning o'zigagina xos bo'lgan ruhiy 
(psixik) jarayonlari (sezgilar, idrok, xotira, tafakkur, hayol, nutq), psixik holatlari 
(iroda, hissiyot), individual psixologik xususiyatlari (yo'nalganlik, temperament, 
xarakter, qobiliyatlar), bilim, malaka, ko'nikmalari, hayotiy tajribalari ishtirok 
etadi. Ya'ni, har bir individ ob'ektiv voqelikni aks ettirishda, qabul qilishda o'zining 
shu yuqorida sanab o'tilgan psixik jarayonlari, psixik holatlari, psixologik 
xususiyatlari tabiatidan kelib chiqqan holda aks ettiradi. Bunday aks etish, har bir 
odamning psixik jihatlari, ichki olami, uning ruhiy hayoti, ijtimoiylashuvi tarzi va 
shu kabilardan iborat bo'ladi. Shuning uchun ham ularning holati, xarakteri, 
xususiyatlari, darajasi, kuchi, ifodalanishi, yo'nalganligi va boshqa jihatlari turli 
odamlarda turlicha bo'lgani uchun, atrof olamda ro'y berayotgan ma'lum bir 
hodisani, u yoki bu predmetni turli odamlar turlicha aks ettiradi. Psixologiya fani 
esa shu “turlichalik”ning, “o'ziga xoslik”ning umumiy qonuniyatlarini, yuzaga 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling