O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
kelish mexanizmlarini o'rganadi. Sub'ektiv aks ettirish yuqoridagilar bilan birga,
shu individning yoshi, jinsi, millati, e'tiqodi, dunyoqarashi va shu kabi jihatlariga ham uzviy bog'liq bo'ladi. Masalan: yoshlar uchun yoqimli bo'lgan biron bir san'atkor va u ijro etgan qo'shiq keksalarga yoqmasligi va aksincha, ayollarga ma'qul tushgan biron-bir holat erkaklarga yoqmasligi mumkin va hokazo. Odam kundalik muloqot davomida boshqa odamlarni kuzatib yurar ekan, u atrofdagilar xulqi (xatti-harakati, qiliqlari, mehnat faoliyati va boshq.)da turli faktlarga duch keladi. Biroq amaliy o'zaro munosabatlarda bo'lish ehtiyoji ularni odamlarning tashqi xulqi ortida yashirin bo'lgan psixik jarayonlarni farqlashga majbur qiladi. Har qanday xatti-harakat zaminida doimo odamni shu xatti- harakatga undovchi niyatlari, motivlari turadi, u yoki bu hodisaga nisbatan munosabati zaminida - uning xarakter xususiyatlari yotadi. Shuning uchun ham psixik holatlar, xususiyatlar ilmiy tahlil predmeti bo'lguniga qadar, ya'ni ilmiy psixologiya va uning ta'limotlari shakllanguniga qadar (bir necha ming yillar mobaynida) odamlarda bir-birlarini bilish borasida hayotiy psixologik bilimlar yig'ilib, to'planib shakllanib kelgan. Shundan kelib chiqqan holda psixologiyani shartli ravishda “hayotiy psixologiya” va “ilmiy psixologiya”ga farqlash mumkin. Hayotiy psixologiya - hayotiy psixologik bilimlar odamlarning kundalik kuzatishlari, hayotiy tajribalari, boshdan kechirganlari asosida shakllangan psixologik bilimlari tizimi bo'lib, ular avloddan avlodga tilda, xalq ijodiyoti yodgorliklarida, san'at va adabiyot asarlarida uzatilib, saqlanib kelingan va avloddan avlodga yig'ilib, boyitib borilgan. Masalan, ular xalq maqollari, asotirlari va masallari ko'rinishida shakllangan: “O'n marta 7 eshitgandan ko'ra, bir marta ko'rgan afzal” (bunda gap ko'rish idroki va xotirasining eshitishdan afzalligi haqida boradi); “Odat - odamning ikkinchi qiyofasi” (mustahkam shakllanib qolgan odatlarni odamdagi tug'ma xulq shakllari bilan baslashuvchilik roli haqida) va shu kabilar. Odamning ijtimoiy va shaxsiy tajribasidan kelib chiqqan hayotiy psixologik ma'lumotlar ilmiy psixologiyagacha bo'lgan bilimlarni tashkil qiladi. Ular yetarli darajada keng bo'lishi, atrofdagi odamlarning xulqini ma'lum darajada bilishga, aniqlashga, tushunishga yordam berishi, ma'lum bir doirada to'g'ri va haqiqatga mos kelishi mumkin. Biroq, umumiy nuqtai nazardan olinganda bu bilimlar tizimliligi, chuqurligi, isbotlanganligi nuqtai nazaridan ilmiy asoslangan bilimlar talabiga javob bera olmaydi va shu sababli ham ular odamlar bilan ishlashda (pedagogik, tibbiy, tashkiliy va sh.k.) mustahkam, jiddiy asos bo'la olmaydi. Ular yordamida odam psixikasi, uning xulqi haqida, turli ob'ektiv vaziyatlarda odam xulqini oldindan bilish borasida ob'ektiv va ishonchli, asosli ma'lumotlar olib bo'lmaydi. Lekin shunga qaramay, hozirgi vaqtda ham hayotiy psixologiya bilimlaridan foydalanib kelinadi. Hatto, ayrim mamlakatlarda “Hayotiy psixologiya” maktablarda o'qitiladigan darslar qatoriga kiritilgan. Hozirgi kunlarda respublikamiz maktablarida o'qitiladigan “Odobnoma” darslari tarkibida ham shu bilimlarga keng o'rin berilgan. Undan farqli ravishda “ilmiy psixologiya” predmeti dastavval psixik hayotning muayyan dalillari haqida ilmiy asoslangan ma'lumotlar beruvchi, bu omillarning miqdoriy va sifatiy jihatdan tavsiflovchi bilimlar tizimini o'zida mujassamlashtiradi. Psixologiya odamning uni o'rab turgan predmetlarni idrok qilish jarayonini o'rganar ekan, muhim ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni aniqlaydi, ya'ni idrok qilish sharoiti, vaziyati o'zgarishiga qaramay shu predmetni inson ongida idrok etilayotgan obrazi nisbatan doimiyligini saqlab qoladi. Masalan: ushbu so'zlar yozilgan qog'oz yorqin quyosh nurida ham, xira yorug'likda ham va elektr chirog'i yorug'ida ham, qog'ozga tushayotgan nurlarning turlicha fizik xarakterga ega bo'lishiga qaramay, hamma vaqt va hamma joyda bir xil oq rangda idrok qilinadi. Bu holat bizga psixologik faktning sifatiy xarakteristikasini ko'rsatadi. Psixologik faktning miqdoriy xarakteristikasiga shu odamning unga berilayotgan qo'zg'atuvchiga javob berish vaqti ko'rsatkichi misol bo'la olishi mumkin (agar sinaluvchiga chiroqning yonishiga tegishli tugmachani imkon qadar tez bosish bilan javob berish talab qilingudek bo'lsa, sinaluvchilardan birining javob berish (reaktsiya) tezligi 200 millisekund bo'lishi, boshqasiniki esa 150 millisekund bo'lishi mumkin). Eksperimentda kuzatiladigan reaktsiya tezligidagi individual tafovutlar ilmiy psixologiyada aniqlanadigan psixologik faktlar bo'lib hisoblanadi. Biroq, psixologik faktlar qanchalik qiziqarli bo'lmasin, ilmiy psixologiya faqat psixologik faktlarni qayd qilish bilangina kifoyalanib, chegaralanib qolmaydi. Ilmiy bilish voqea, hodisalarni qayd qilib, yoritib borishdan ularni tushuntirishga, izohlashga o'tishni talab qiladi. Faktlarni tushuntirish va izohlash esa shu hodisalar bo'ysunadigan qonuniyatlarni ochib berishni taqozo etadi. Shuning uchun psixologiyaning o'rganish predmeti psixologik faktlarni o'rganish bilan birga psixologik qonuniyatlarni ham o'rganishdan iborat bo'ladi. Chunki har 8 qanday psixologik faktning yuzaga kelishi ma'lum bir qonuniyatga, mexanizmga asoslangan bo'ladi, ya'ni uni albatta qandaydir qonuniyati va mexanizmi bo'ladi. Masalan, yuqorida keltirib o'tilgan idrokning turg'unligi, doimiyligiga taalluqli fakt ham qonuniyatli xarakterga ega. Bu o'rinda nafaqat rangni idrok qilish, balki predmetning katta-kichikligi va shaklini idrok qilish ham doimiylikka ega. Idrokning doimiyligi boshidan, ya'ni odam tug'ilgan vaqtdan berilgan (belgilangan) bo'lmasligi maxsus tadqiqotlar orqali aniqlangan. U asta-sekinlik bilan, qat'iy qonuniyatlar bo'yicha shakllanadi. Agar idrokning doimiyligi, turg'unligi bo'lmaganda edi, odam tashqi muhitda oriyentatsiya qila olmagan bo'lardi. Atrof- muhitdagi predmetlar holatining arzimagan miqdordagina o'zgarishi bilanoq odamning ko'rib turgan olami kartinasining tub o'zgarishi ro'y berardi, barcha predmetlar buzib idrok qilinardi. Qonuniyatli bog'liqliklarni bilish o'z-o'zidan, shu qonuniyat namoyon bo'lishi mumkin bo'lgan muayyan (konkret) mexanizmlarni ochib bera olmaydi. Shuning uchun, psixologiyaning vazifasiga psixologik faktlar va qonuniyatlarni o'rganish bilan birga psixik faoliyat mexanizmlarini aniqlash ham kiradi. Psixik faoliyat mexanizmlari u yoki bu psixik jarayonni amalga oshiruvchi ma'lum bir anatomo-fiziologik apparatlarning ishtirok etishini, ishlashini taqozo qiladi. Psixologiya - shu mexanizmlarning tabiati va xatti-harakatini boshqa fanlar (fiziologiya, biofizika, bioximiya, kibernetika va boshq.) bilan birgalikda aniqlaydi. Shunday qilib, Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling