O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

a) aql, b) qalb, v) kuch ruhlaridir. Platon qarashlaridan farqli o'laroq, Konfutsiy 
va boshqa sharq mutafakkirlari ta'limotlariga ko'ra, bu jonlarning har biri u yoki bu 
odamda emas, balki bitta odamda mavjud bo'lib uning xulqini, psixikasini belgilab 
turishi ta'kidlanadi. Faqat bu jon qismlari turli odamlarda turli darajada rivojlangan 


12 
bo'lishi mumkin va bu jonlarning rivojlanganlik darajasiga ko'ra, odamlar bir-
birlaridan farq qiladilar. Agar odamlar o'zlaridagi shu jonlarini hammasini birdek 
rivojlantirib, rivojlanishning eng yuqori darajasi mukammallik, komillikka erishsa, 
u “komil inson”, “mukammal inson” darajasiga yetadi va Ollohning ruhsorini 
ko'rishga muyassar bo'ladi. Ya'ni, odam o'z ruhiyatini takomillashtirish orqali 
mukammallikka erishishi, Ollohga yaqinlashishi, Avliyoga, Hizrga aylanishi 
mumkin - degan kabi g'oyalar ilgari suriladi. Bunday g'oyalar Hind xalqining 
mashhur falsafiy meroslari “Mohobhorat” va “Ramayana”larning asosini ham 
tashkil qiladi. Ularga ko'ra odam o'z ruhini rivojlantirib “Komil inson” darajasiga 
erishsa, u oddiy odamlar qatori fizika, fiziologiya qonuniyatlari bo'yichagina emas, 
balki ruhiyat qonuniyatlari bilan yashash chegarasiga o'tadi. Sharqda mashhur 
“Yoga” ta'limotlari, Yaponiya, Vьetnam, Koreya xalqlari badiiy, falsafiy 
meroslarida ham shu kabi an'analar kuzatiladi. Ularga ko'ra, odam o'z ruhini, 
jonlarini rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirishi kerak. Masalan: “Aql” 
ruhini rivojlantirish uchun odam dunyoviy ilmlarni mukammal egallashi, ya'ni 
barcha ilmlardan mukammal xabardor bo'lishi lozim. “Qalb” ruhini rivojlantirish 
uchun - diniy ilmlarni va “Kuch” ruhini rivojlantirish uchun esa jismoniy va 
gigiyenik ilmlarni mukammal egallashlari lozim bo'lgan. O'rta Osiyo 
mutafakkirlari Abu Rayxon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Yassaviy, Abu Ali 
Ibn Sino, Husayin Voiz Koshifiy, Pahlavon Mahmud va boshqalarning falsafiy, 
psixologik qarashlarida ham shunday sharqona falsafa ta'siri yaqqol sezilib turadi. 
Shuning uchun ham, sharqda azal-azaldan ilmga, dunyoviy va diniy ilmlarni 
o'zlashtirishga, jismoniy va gigiyenik tarbiyaga alohida e'tibor berib kelingan va 
ilmlilarning mavqei yuqori sanalgan. Hatto shohlar, amirlar ham u yoki bu buyuk 
ilm sohibini o'ziga pir bilib, unga sig'inganlar (Amir Temur - Sayid Barakatga, 
Xorazmshoh - Pahlavon Mahmudga va h.k.). 
Barcha sharq mutafakkirlari o'zlarida “Aql” ruhini mukammal rivoj-lantirish 
uchun o'z zamonasidagi mavjud dunyoviy ilmlarni egallashga harakat qilganlar, 
deyarli barcha mutafakkirlar diniy ilmlarning ham kuchli bilimdoni hisoblanganlar. 
Chunki, diniy ilmlar ularda “Qalb” ruhining kamolotini ta'minlashga xizmat 
qilgan. Dunyoda hech bir din va diniy ilm yo'qki, u o'z ta'limotlarida odamlarni 
ezgulikka undamasa, ularning har biri o'z e'tiqod qiluvchilarini yovuzlikdan, 
xudbinlikdan uzoq bo'lishga, o'z manfaatlaridan voz kechib bo'lsada, o'zlarini 
Haqqa, xalqqa baxshida etishga undaydi. Bu esa ularning qalbini yovuzlik, 
xudbinlikdan tozalashga xizmat qiladi.
Ma'lumki, o'rta asrlarda arab davlatlarida (arab tilli davlatlarda), arab tilida 
yuritiladigan ilmlarda sezilarli rivojlanish kuzatilgan. Shuningdek, bizning 
hududlarimizda ham bu davrda arab tili ilmiy til hisoblangan va o'rta asrlarda 
yashab, ijod etgan allomalarimiz o'zlarining ilmiy asarlarini arab tilida yozib 
qoldirganlar. Bu holat butun O'rta Osiyo, Hindiston, Xitoy hududlarida ham 
kuzatilgan. 
Arab hukmronligining sharqida ruh, jon haqidagi ilmiy qarashlar Abu Nasr 
Forobiy (873-950), Ibn Sino (980-1037 y.y.) tomonidan rivojlantirilgan bo'lsa, arab 
olamining g'arbida, Morokashda - Ibn-Ro'shd (Averois 1126-1198 y.y.) tomonidan 
rivojlantirilgan bo'lib ularning ta'limotlari keyinchalik, Yevropada ham keng 


13 
tarqalib, Yevropa uyg'onish davrini g'oyaviy jihatdan tayyorlashda va oxir oqibat 
XVIII asr materializmini shakllantirishda muhim rolь o'ynagan. Ular o'z 
ta'limotlarida ruh holatlarini tana faoliyati bilan asoslab berganlar. 
Abu Nasr Forobiy “Inson nafsi bo'laklari va uning quvvatlari haqida so'z” 
yuritar ekan, o'zidan 1000 yillar keyin yashab ijod etgan, XX asrning atoqli 
psixolog olimi Zigmund Freyd tomonidan yaratilgan “Psixoanaliz” ta'limotida 
ilgari surilgan shaxs faolligi manbalari, instinktlar haqidagi ta'limotga asos soldi. 
Shuningdek, uning analizatorlar, nerv sistemasi, miya funktsiyalari, shaxs xulqi 
motivlari haqidagi mulohazalari ham keyinchalik G'arb psixologiyasida, 
psixofiziologiyada, fiziologiyada, ijtimoiy psixologiyada yaratilgan kashfiyotlarga 
(jumladan I.M.Sechenovning “Bosh miya reflekslari”, “Reflektor nazariya” 
ta'limotlariga) asos bo'lgan. Biroq, u ham o'z davridagi ilm-fan taraqqiyoti 
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda xuddi Aristotelь va Ibn Sino qayd etganidek 
psixikaning asosiy organi yurak, deb hisoblagan
1

Ibn-Sino Galen boshlagan tadqiqotlarni rivojlantirib, ruhning psixofiziologik 
tadqiq etishni davom ettirgan. Umuman bu davrga kelib ruh tabiblarning tadqiqot 
predmetiga aylanib qolgan. Ibn-Sino “Tib qonunlari”da ruhning miya faoliyati 
bilan bog'liqligini ko'rsatib o'tgan. 
1-rasm. Yurakning tuzilishi 
1-aorta, katta q.a.d; 2-,7-venoz, katta 
q.a.d.; 3,5-o'ng qorincha klapanlari; 4-
o'ng bo'lmacha; 6-o'ng qorincha; 8-
venoz, kichik q.a.d.; 9-arterial kichik 
q.a.d.; 10-chap bo'lmacha; 11-chap 
qorincha klapani; 12-chap qorincha; 13-
chap qorincha miokardi; 14-
qorinchalararo to'siq.
Yuqorida aytib o'tganimizdek, sharq-
ning buyuk allomalaridan biri Abu Ali Ibn 
Sino ham Aristotelь kabi psixikaning asosiy 
organi yurak deb hisoblagan bo'lsada, u o'z 
ta'limotlarida “Qalb ruhi” odam psixikasini 
boshqaruvchi, uning salomatligini ta'minlovchi 
ruh hisoblanishini ta'kidlaydi. U buyuk tabib 
sifatida bemorlarni, kasalliklarni o'rganar ekan, 
odam tanasining asosiy organi yurakka 
(qalbga) katta e'tibor beradi. O'lgan odam 
yuragini o'rganib, jon haqidagi tasavvurlarini 
rivojlantiradi (1-rasm). 
Ma'lumki, odam o'lganda uning yuragi 
oxirgi marta urib (qisqarib), yurakning chap 
qorinchasi oxirgi marta siqilib, undagi qon 
arterial qon tomirlarga chiqib ketgan holda 
qoladi. Ibn Sino yurakni o'rganar ekan, chap 
qorinchadagi bo'sh qolgan joyda (bo'shliqda) 
“havo” (“qalb havosi”), “jon”, ya'ni “qalb 
ruhi” bo'lsa kerak va odam tirik ekan, shu 
“qalb ruhi” uning psixik faoliyatini boshqarib 
turadi, deb hisoblaydi. 
1
Форобий Абу Насир. Фозил одамлар шаҳри. – Тошкент, 1993. -Б.149-173. 


14 
Ibn Sino nomi bilan bog'liq “Agar havo toza bo'lsa, (ya'ni “havoda” chang-
g'ubor bo'lmasa) odam ming yil yashashi mumkin”,- degan fikrni hamma biladi. 
Lekin, bugungi kunda ko'pchilik odamlar, hatto ayrim shifokorlar ham Ibn 
Sinoning bu hikmatini asosan ekologik nuqtai nazardan idrok qiladilar, ya'ni havo 
odam organizmi uchun zararli bo'lgan har xil chang g'uborlardan, zararli gazlardan 
toza bo'lsa, odam sog'lom bo'ladi, deb aytgan bo'lsa kerak, deb hisoblaydilar. 
Aslida esa, Ibn Sino bu fikrni odam nafas olayotgan tashqaridagi havoning chang 
g'uborlardan toza bo'lishigagina emas, balki uning “ichki havosi”, “qalb ruhi”ning 
tashkil qilgan “havo”ning “chang g'uborlar”dan toza bo'lishini, qalbning tozaligini, 
asabning tinchligini nazarda tutgan bo'lishi mumkin. Bu “chang g'uborlar” 
odamning g'ami, alami, tashvishi, nafrati, g'azabi, xasadi, xudbinligi, asabiy 
siqilishlari kabilardan tashkil topadi. Agar odamning “qalb ruhi” toza bo'lsa, 
hozirgi zamon tili bilan aytganda, asabi tinch bo'lsa, u har xil ko'ngilsiz stres-
slardan holi bo'lsa, u g'azabga, nafratga, hasadgo'ylikka, xudbinlikka berilmasa, u 
har qanday darddan soqit bo'ladi, sog'lom yashaydi, uzoq umr ko'radi va hokazo.
Qalb ruhi toza bo'lishiga Ahmad Yassaviy ta'limotlarida, Bohovuddin 
Naqshband tariqatlarida va boshqa allomalar ishlarida ham katta e'tibor berilgan. 
Masalan, sharqning atoqli allomalaridan biri Husayin Voiz Koshifiy javonmardlik 
tariqati haqida yozib, sharqda psixologik, ijtimoiy psixologik ta'limotlarning 
rivojlanishiga o'zining munosib hissasini qo'shgan. Bu tariqatga ko'ra, 
javonmardlar, o'z manfaatlaridan butunlay voz kechib o'zlarining bor kuch 
quvvatlarini, bilimini va lozim bo'lsa jonini ham o'z xalqi, o'zlari yashab turgan 
hudud axolisi manfaatlari yo'lida baxshida qilishga tayyor odamlar bo'lishi talab 
qilingan. Bu tariqatning mazmunida ham qalb ruhining tozaligi, odamning 
yovuzlik, xudbinlikdan holi bo'lishi yotadi. 
Koshifiy o'zining “Futuvvatnomai Sultoniy: yoxud javonmardlik tariqati” 
nomli risolasining muqaddima qismining ikkinchi faslida, futuvvat ilmining 
mavzui haqida yozar ekan “Futuvvat ilmining o'z mavzui bor, bu mavzu - inson 
ruhi hisoblanadi. Zero, insonning ruhini tarbiyalash, parvarish etish orqali uni 
go'zal va hamida xulq-atvorli, fazilatli qilib yetishtirish mumkin”
1
- deb yozadi. 
Bunday fikrlar bugungi kunlarimizda psixologiya bo'yicha chop ettirilayotgan har 
qanday darslikka epigraf tarzida berilishga loyiq fikrlardir. 
Koshifiyning mazkur asarida ilgari surilgan g'oyalardan biz bugungi 
kunlarimizda prokuratura idoralari, davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar, qurolli 
kuchlar, yong'inga qarshi kurash xizmati, qutqaruv xizmati, jamoat xavfsizligini 
ta'minlash kabi aholi xavfsizligini ta'minlash tizimlarida faoliyat ko'rsatuvchi 
xodimlarni tanlab olish, ularni kasbiy tayyorlash ishlarini takomillashtirishda, ular 
shaxsiga qo'yiladigan talablarni ishlab chiqishda namuna (andoza) sifatida 
foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. 
1
Форобий Абу Насир. Фозил одамлар шаҳри. – Тошкент, 1993. -Б.149-173.


15 
“Kuch” ruhini rivojlantirish uchun esa jismoniy mashqlar bilan muntazam 
shug'ullanish 
(sharqda 
mashhur 
yakkakurash 
turlari 
va 
ular 
bilan 
shug'ullanuvchilarga qo'yiladigan talablar), gigiyenik tarbiya (yoglar mashqlari) 
talablariga amal qilish talab qilingan. Bu esa odamni jismonan baquvvat, gigiyenik 
sog'lom bo'lishini ta'minlash bilan birga, ularda iroda, iroda kuchining 
rivojlanishiga asos bo'lgan. Chunki jismonan zaif, ojiz, irodasiz odam dunyoviy va 
diniy ilmlarni o'zlashtirish bilan bog'liq bo'lgan qiyinchiliklarni yengib o'ta 
olmaydi. 
Sharq psixologik ta'limotlariga ko'ra bu ruhlarning, jon qismlarining 
rivojlanishi u yoki bu odamda, uning ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar 
farqlanmaganligi, ularning sinfiy tabaqalanmaganligi va odamlar kim bo'lishidan 
qat'iy nazar (shohmi, gadomi) komillik sari intilishi mumkin va lozim ekanligining 
ta'kidlanishi sharqda azaldan odamlarning har tomonlama rivojlanishi, ilm, fan, 
ma'rifatning rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatgan.
XIV asrga kelib Yevropa ilmida F.Bekon tomonidan asos solingan 
ratsionalistik yondoshish kuchaya boradi. Oksford universiteti professori U.Okkam 
psixologiyaga printsipial muhim tushuncha belgini kiritish bilan, psixika 
mohiyatini talqin qilishda yangicha metodologik yondoshishni amalga oshirdi. 
Shunga ko'ra psixik faoliyatning manbai bo'lib, odamlarning ijtimoiy-tarixiy o'zaro 
munosabatlarida belgili ko'rsatkichlarni olgan tashqi hodisalar tan olina boshlandi. 
Tabiatni bilishning yangi usullari, dunyoni yangicha tushunish shakllandi. 
Voqelikdagi hodisalarni tadqiq etishga yondoshishning yangicha madaniyati 
shakllandi, olamning butun borlig'icha bilish ehtiyoji yuzaga keldi. Tabiiy-ilmiy 
bilishning yangi ufqlari ochila bordi. Psixofiziologiyadagi dastlabki kashfiyotlar 
qilina boshlandi, inson shaxsiga nisbatan bo'lgan qiziqish keskin ortdi. Voqea-
hodisalarning sabab bog'lanishlarini aniqlovchi inson intellekti qudrati anglanila 
bordi. 1543 yil Kopernikning “Osmon jismlarining aylanishi haqida”gi kitobi chop 
ettirilgan yili A.Vezaliyaning “Odam tanasi tuzilishi haqida”gi risolasi (traktati) 
ham dunyoga keladi. Olamni va odamni deterministik tushunish an'anasi 
mustahkamlanadi. 
XVII asrga kelib insoniyat jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi 
borasida amalga oshgan tub jadallashuvi bilan bog'liq ravishda insoniyatning 
olamni bilishida ilmiy revolyutsiya deb nom olgan chuqur o'zgarishlar ro'y berdi. 
Bu davrning atoqli mutafakkirlaridan biri Frensis Bekon (1561 - 1626) (“Faqat 
tabiatga mohirona savollar bera olish va undan maxsus ixtiro qilingan bilish 
qurollari yordamida uning sir-asrorlarni bilib olish orqaligina, inson tabiatning 
hukmroni bo'lib boradi”) ilmiy bilishda eksperimentning hal qiluvchi roli haqidagi 
g'oyaga asos soldi. Tabiat termometrlar, barometrlar, mikroskoplar va teleskoplar 
yordamida sanash, o'lchash, kuzatish va tajribalar o'tkazish ob'ektiga aylanib qoldi. 
Ilmiy tadqiqotlar tamoyillari shakllandi va bu tamoyillar keyinchalik odamni 
o'rganishga tadbiq qilina boshlandi. Tabiat fizika qonunlari bo'yicha harakat 
qiluvchi ulkan mexanizm sifatida talqin qilina boshlandi. Shuningdek, odamga 
ham, ilohiy ruh uchun joy qolmagan alohida bir mexanizm sifatida qarala 
boshlandi. Atoqli frantsuz olimi, matematik, faylasuf va fiziolog Rene Dekart 
(1596-1650) odam tabiatini tadqiq etishga bag'ishlangan o'z tadqiqotlari (“Ruh 


16 
istaklari” (“Strasti dushi”), “Odam haqida” risola) da odamning olam bilan o'zaro 
munosabatlari ruhning irodasi, xohishiga ko'ra emas, balki odamning moddiy 
tuzilishiga muvofiq keladigan tashqi turtkilar (stimullar) evaziga amalga oshadi 
deb ta'kidlaydi. Uning qayd etishicha, ruh oldindan berilgan faollikning o'zi bilan 
emas, balki tashqi hodisalarning “tana mashinasiga” ta'sir etishi orqali belgilanadi. 
Psixikani talqin qilinishidagi bu revolyutsion siljish, psixikani tashqi 
determinlashtirilgan boshqariluvchi mexanizm sifatida qabul qilinishi keyinchalik 
odam psixikasi haqidagi ilmiy tasavvurlarning rivojlanishiga asos bo'lib xizmat 
qildi. 
R. Dekart fanga refleks (aks etish) tushunchasini kiritar ekan, psixik 
hodisalarni ilk bor moddiy asoslangan boshqariluvchi - aks etuvchi reflektor 
jarayonlar sifatida tushuntirib berdi. Uning qarashlari asosida psixologiyada 
muhim tushunchalardan reflekslar va assotsiatsiyalar yuzaga keldi. Shuningdek, 
Dekart fanga ong (jonning o'zi haqidagi bevosita bilimi) tushunchasini ham kiritdi. 
XVII - XIX asrlarda empirik psixologiya deb nomlangan ta'limot keng 
tarqaldi. Jon haqidagi mulohazalarni yuritar ekan empirik psixologiya o'z 
qarashlarini “odamning ichki tajribasi”ni o'rganishga qarshi qo'yadi. Biroq, empirik 
psixologiyaning dastlabki nazariy holati idealistik edi. U “odamning ichki 
tajribasi”ni tashqi, amaliy tajribadan ajratgan holda qaraydi, uni o'zi bilan o'zi 
o'ralib qolgan va tashqaridan kuzatib bo'lmaydigan deb hisoblaydi. Shundan kelib 
chiqqan holda empirik psixologiya psixikani o'rganishning asosiy metodi deb 
o'zini-o'zi kuzatish (introspektsiya)ni, psixikaning asosiy mexanizmi deb esa - 
assotsiativ bog'lanishlarni tan oladi. 
Bu davrlarda jon, ruh haqidagi mexanistik tasavvurlarning hukmronligiga 
qaramay, ayrim mutafakkirlar psixikaning mohiyati haqidagi mexanistik 
tasavvurlarni yengib o'ta olganlar. Masalan, golland faylasufi Benedikt Spinoza 
(1632-1677) o'zining “Etika” deb nomlangan risolasida, tafakkur mohiyatini tahlil 
qilar ekan, narsalarning tartibi va bog'liqligi qanday bo'lsa, g'oyalarning tartibi va 
bog'liqligi ham shundaydir - deb ta'kidlaydi. G.Leybnits (1646-1716) psixika 
tuzilishida ikki darajani: ong va ong ostini farqlaydi.
Biroq, XVII asrda, bilimlar qanday yo'llar bilan o'zlashtirilishiga 
qiziqmaydigan tasavvurlar o'z o'rnini empirizmga bo'shatib bera boshladi. Konkret 
psixik hodisalar psixologik tadqiqotlar ob'ekti bo'la bordi. Ularni tabiatning 
umumiy universal qonunlariga bo'ysunishligi tan olindi. Psixik hodisalarning 
sababiy bog'liqligi, determinlashganligi g'oyalari yuzaga keldi. 
Angliyalik faylasuf Jon Lokk (1632-1704) empirizmning g'oyaviy 
yo'lboshchisi bo'lib hisoblanadi. Lokk barcha g'oyalar tajribadan kelib chiqadi, 
unda tashqi ob'ektlar ta'sirida yuzaga kelgan hissiy taassurotlar, ayni vaqtda ruh his 
etayotganlar taassurotlar bilan birlashadi deb ta'kidlaydi. Lokkning ta'kidlashicha, 
ong - bu odam tomonidan uning aqlida (miyasida) ro'y berayotganlarni idrok 
etishdir. Lokkning bu mulohazasi psixologiyada ikki asr mobaynida hukmronlik 
qilgan introspektsionizm paradigmasiga zamin bo'lib xizmat qildi. 


17 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling