O'zbekiston respublikasi profi universitety


V.Vundt Leyptsig shahrida Yevropadagi birinchi eksperimental-psixologiya


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

V.Vundt Leyptsig shahrida Yevropadagi birinchi eksperimental-psixologiya 
laboratoriyasini tashkil qildi va bu laboratoriya tez orada Xalqaro psixologik 
tadqiqot markaziga aylandi.
Psixologiya 
tarixiga 
oid 
adabiyotlarda, 
psixologiyaning 
mustaqil 
(eksperimental) fan sifatida yuzaga kelishi - 1879 yil, ya'ni Vilьgelьm Vund 
tomonidan dunyoda birinchi eksperimental psixologiya laboratoriyasi ochilgan 
sana bilan bog'liqligi qayd etiladi
1

Vundt laboratoriyasida sezgilar, sensomotor reaktsiyalar, assotsiatsiyalar va 
hissiyotlar o'rganilgan (“Fiziologik psixologiya asoslari”, 1881). Vundtning fikriga 
ko'ra bu hodisalar ong tuzilishini tashkil qiladi. Oliy psixik jarayonlar Vundtning 
ta'kidlashicha faqat madaniy-tarixiy (kroskulьturnыy) usul yordamidagina 
o'rganilishi mumkin. Gelьmgolьts kabi Vundt ham mashhur fiziolog Myullerning 
shogirdi bo'lgan. Fiziolog sifatida sezgilar va muskul harakatlarini o'rganish bilan 
shug'ullanar ekan, Vundt fiziologik jarayonlarga psixologik omillarning ta'sir 
etishligi bilan duch keldi. U psixologiyaning universal tushuntirib beruvchi 
tamoyili deb, miyaning peshona qismida joylashgan qandaydir bir ong markazi - 
appertseptsiyani hisoblaydi (“Psixologiyaga kirish”, 1912). V.Vundt tadqiqotlari 
tufayli XIX asrning oxiriga kelib eksperimental psixologiya dunyoning ko'pchilik 
mamlakatlarida jadal rivojlana boshladi. Shu tarzda ayrim mamlakatlarda milliy 
psixologiya maktablari shakllana boshladi.
Frantsuz psixologiya maktabining asoschisi Alьfred Bine (1857-1911) 
frantsiyadagi birinchi psixologik laboratoriyani tuzdi (1889), patopsixologiya, 
pedagogik psixologiya va defektologiyaga asos soldi, oliy psixik funktsiyalar - 
tafakkur va nutqni eksperimental tadqiq etish metodlarini yaratdi, intellektual 
rivojlanganlikni o'rganuvchi testlar ishlab chiqdi, psixik hodisalarni ob'ektiv 
o'rganish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirib, psixologiyaga tabiiy 
eksperiment metodini joriy qildi. (“Xulosa (qilish) psixologiyasi” (1886); 
“Eksperimental psixologiyaga kirish” (1894); “Aqliy rivojlanganlikni tadqiq etish 
metodikasi” (1922)). 
Amerika psixologiyasida XX asr arafasida katta obro'ga ega bo'lgan psixolog 
va 
faylasuf 
Uilьyam 
Djems 
(1842-1910) 
psixikaning 
motor-biologik 
kontseptsiyasini ishlab chiqdi (“Psixologiya printsiplari”,1890). Djems ongni 
vundtchasiga alohida tarkibiy elementlar (sezgilar, obraz, hissiyot)ga bo'linishini 
1
Платонов К.К. Занимательная психология. – М.,1986. – С.4.


21 
inkor qilib, ongning yaxlitligi va dinamikligi haqidagi g'oyani ilgari surdi. AQShda 
amalga oshirilgan keyingi tadqiqotlar asosan Djems asos solgan ta'limotlar 
negizida olib borila boshlandi. Djems ongni nafaqat uning tashqi (amaliy-harakat) 
namoyon bo'lishi bilan, balki shaxsning tabiati bilan, nimalarni “odam o'ziniki deb 
hisoblashi” bilan bog'laydi. U odamda uch jihatni: moddiy, ijtimoiy va ma'naviy 
jihatlarni farqladi. Psixologiya shaxsni (rivojlanganlik) darajasiga ko'ra talqin 
qilish, uning ichki va tashqi ifodalanishini sistemali tahlil qilishga o'tdi. Djems, 
Daniyalik anatom K.Lange bilan bir vaqtda, hissiyot (emotsiya) nazariyasini ishlab 
chiqdi. Unga ko'ra hissiy (emotsional) holatlar organizmda ro'y beradigan 
o'zgarishlar bilan bog'lanadi. Bu o'rinda organizmda ro'y beradigan o'zgarishlar 
hissiyotning oqibati emas, balki uni yuzaga keltiruvchi sabab sifatida qaraladi 
(“biz, bizga quvonchli bo'lganligi uchun kulmaymiz, balki biz kulayotganimiz 
uchun bizga quvonchli”). Djems qalamiga mansub bo'lgan “Psixologiya” kursi, 
psixologiyadan darslik sifatida dunyoning ko'plab mamlakatlarida qayta-qayta 
nashr etilgan. 
Djemsning hissiyot nazariyasi ta'siri ostida hissiyotning tana mexanizmlari 
haqida kuchli fiziologik ta'limot shakllandi. Uni Garvard meditsina maktabi 
professori Uolter Kennon (1871-1945) boshqardi. Kennon emotsional (psixik) 
jarayonlarni ichki organlarning gormonal faolligiga ta'sirini aniqladi. Darvinning 
organizmni mavjud vaziyatga mos ravishda o'zaro munosabatlarga kirishishga 
oldindan moslashishi haqidagi ta'limotidan foydalangan holda, Kennon ichki 
organlar holatining o'zgarishida, shu oldindan moslashish, tayyor bo'lishni 
namoyon bo'lishini o'z tajribalarida aniqladi. U, jumladan, organizmning hissiy 
zo'riqish vaziyatlarida qo'shimcha quvvat olishidagi “adrenalin omili” deb atalgan 
omilni aniqladi. Hissiyot mexanizmini nazariy anglashda sezilarli siljishni amalga 
oshirdi. Djems-Lange periferik nazariyasiga hissiyotning neyrogumoralь 
nazariyasi qarshi qo'yildi. Kennon hissiyot qobiq osti markazi – talamusning 
funktsiyasi ekanligini aniqladi. Hissiyotni tadqiq etish Kennonni organizmlarning 
o'z-o'zini boshqarishning asosiy tamoyili - gomeostaz tamoyilini, organizmning 
ichki muhitini doimiyligining avtomatik ta'minlab turilishi mexanizmini ochishiga 
olib keldi (“Tananing donoligi”, 1932). 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling