O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 §. XX asrning birinchi yarmidagi psixologik maktablar
1
) ozod bo'ldi. Biroq psixologiyaning fiziologiyaga bog'liqlikdan qutilishi uchun bo'ladigan “janggi” hali yana oldinda edi. 1889 yili Parijda birinchi psixologik kongres bo'lib o'tdi. Unda psixofiziologik muammolar bilan bir qatorda odam xulqini determinatsiyalash muammosi ham muhokama qilindi. Psixologiya fanlari o'zining o'ziga xos muammolarini ilgari surdi. Psixologiyani o'zining mustaqil yo'lidan yurishi, harakati boshlandi. XX asrning boshlarida Vundtning shogirdi Osvalьd Kyulьpe (1862-1915) Vyurtsburgda (Bavariya) tafakkur va irodani o'rganuvchi, Vyurtsburg psixologiya maktabiga asos soldi. Bunda ilmiy tahlil ob'ekti bo'lib intellektual topshiriqlarni bajarish xizmat qildi. Vyurtsburg maktabida, tafakkur psixik jarayon sifatida na logika qonunlariga va na assotsiatsiyalarning yuzaga kelishi qonunlariga bog'liq emasligi ta'kidlandi. Assotsiatsiyalarning o'zi tafakkurda, sub'ekt tomonidan qabul qilingan vazifaga bog'liq ravishda yuzaga keladigan ustanovkaga mos ravishda tanlab olindi. Vyurtsburg maktabi tafakkurning nosensor jihatlari - aqliy xatti- harakatlarning va ongning nosensor tizim tashkil qiluvchi jihatlari - mohiyat va mazmunning mavjudligini ta'kidlaydi. Funktsionalistlarning alohida psixik funktsiyalar sohasidagi - idrok, tafakkur, xotira, diqqat va irodalarni tadqiq etishi psixologiyada, ong hissiy elementlarning zanjiri deb talqin qiluvchi assotsionizmning uch asrlik hukmronligiga yakuniy zarba berdi. Biroq assotsionizm bilan birga psixologiya o'zining yagona tushuntiruvchi tamoyilidan ham mahrum bo'ldi! Psixologiya alohida-alohida maktablar va yo'nalishlarga bo'linib keta boshladi. 3 §. XX asrning birinchi yarmidagi psixologik maktablar (yo'nalishlar) XX asrning birinchi yarmida Yevropa va AQShda bir-biridan psixologiya predmetini tushunish, tadqiqot metodlari va asosiy tushunchalari tizimi bilan farqlanadigan qator mustaqil psixologiya maktablari shakllandi. Bular Yevropada Freydizm va Geshtalьtpsixologiya, AQShda Bixeviorizm va Kurt Levin maktablaridir. 1 Simbioz - ikki xil organizmning muayyan bir muhitda bir-biriga foyda yoki zarar keltirib, birga yashashi. 23 1895 yili avstriyalik psixolog va psixiatr Zigmund Freyd (1856-1939), “Ilmiy psixologiya dasturi loyihasi” ustida ishlar ekan, vrach nevrolog sifatidagi o'z tajribalarini nazariy anglash zaruratiga duch keladi. Chunki, u erishgan natijalar ongning an'anaviy talqin qilinishi doirasiga mos kelmay qolgandi. O'z vrachlik amaliyotida erkin assotsiatsiyalar metodidan keng foydalanar ekan, Freyd mijozlari (patsiyentlari)da fikrlash jarayonlarining borishini kuzata borib, bu assotsiatsiyalarning, shu mijozlarning o'zlari uchun ham yashirin bo'lgan (ularning o'zlari ham anglamaydigan SNA), shaxsiy mazmunga ega ekanligini anglab yetdi. Ong osti assotsiatsiyalari shaxsning shaxs tomonidan ko'chirilgan, turg'un motivatsion ustanovkalariga, psixik shikastlanishlariga bevosita ta'siri borligini aniqladi. Z.Freyd o'z metodi va ta'limotini psixoanaliz deb atadi (“Tushlarning talqini”, 1900). Ongsizlik jihatlarini tadqiq etish uchun Freyd tushlarga murojaat qiladi (“Tushlarning talqini” uning asosiy asari hisoblanadi). Natijada Freyd, odamning psixik hayoti turli darajaga ega degan xulosaga keladi. Uning ongsizlik darajasi instinktiv - motivatsion, aksariyat hollarda seksual yo'naltirilgan, energiya manbai bo'lib hisoblanadi. Bu hodisalar shaxs tomonidan anglanmaydi. Biroq psixik hayotning onglilik bosqichi bu anglanmagan instinktlarni muntazam bosib turish bilan band bo'ladi. Freyd shaxsni uning ongi bilan birdek ko'rishga qarshi chiqadi. Shaxs tuzilishida u uch jihatni farqlaydi: “U” (“Ono”, "Id"), “Men” (“Ya”, "Ego") va Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling