O'zbekiston respublikasi profi universitety


XIX asrning oxirlariga kelib, ayrim psixik funktsiyalar eksperimental


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

XIX asrning oxirlariga kelib, ayrim psixik funktsiyalar eksperimental 
va matematik usullar yordamida tadqiq etiladigan dastlabki muammoli 
laboratoriyalar yuzaga kela boshladi. Shuningdek, nemis psixologi German 
Ebbingauz (1850-1909) xotirani o'rganish laboratoriyasini tashkil qildi, xotiraning 
qator qonuniyatlarini ochdi (“unutishning Ebbingauz egri chizig'i”). Amerikalik 
psixolog Eduard Torndayk (1874-1949) hayvon va odamda malaka, ko'nikmalarni 
tadqiq etishning ob'ektiv metodlarini taklif etdi (“Hayvonlarning aqli”,1932). 
“Muammoli yaщiklar” (labirintlar)dan foydalanib, Torndayk xatti-harakatlar va 
ayrim amaliy vaziyatlar o'rtasidagi qator bog'liqliklarni aniqladi va shu bilan 
bixeviorizmning yuzaga kelishiga asos yaratdi. 
XIX asrda differentsial psixologiya - psixologiyaning, odamlar va odamlar 
guruhi o'rtasidagi individual psixik tafovutlarni o'rganuvchi sohasi jadal rivojlandi. 
Individual tafovutlarni aniqlash bo'yicha ko'plab tadqiqotlar Bine, Shtern, 
Lazurskiylar tomonidan amalga oshirildi. F.Galьton o'zining mashhur “Tug'ma 


22 
geniy” (1869) kitobida irsiy omillarga bog'liq ravishda qobiliyatlarning 
taqsimlanishini ishonchli statistik tahlilini berdi. 1884 yili Galьton Londonda ilk 
bor antropo-metrik laboratoriyani tashkil qildi. (U kriminalistikani daktiloskop 
bilan va psixologiyani - o'zgaruvchilar o'rtasidagi korrelyatsiya koeffitsiyentini 
hisoblab chiqish metodi bilan qurollantirdi). Galьtonning xodimi Kettell ilk bor 
test sinovlarini amalga oshirdi (1890) va bu tajribalar keyinchalik amerika 
psixologlari tomonidan keng miqyosda o'zlashtirildi. 
Psixologiyada eksperimental, matematik, statistik va klinik usullarni 
qo'llay boshlanishi bilan psixologiya o'zining ko'p asrlik falsafa bilan 
bog'likligidan (simbiozidan

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling