O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

“Oliy-Men” (“Sverx-Ya”, “Supper Ego”). “U” - mazkur shaxsning tashqi 
vaziyatga munosabatidan qat'iy nazar zudlik bilan qondirilishga intilishga 
undovchi, 
anglanmagan 
instinktlar 
(seksual 
va 
tajovuzkorlik)ning 
mujassamlanishidir. “Men” (“Ego”) turmush tarzining, yashab qolishning real 
vaziyatlarga mos keladigan (mumkin qadar qabul qilingan) holatlari, talablariga 
moslashishga intilish. “Oliy-Men” (“Super-Ego”) - shaxsning axloqiy 
ustanovkalaridir. 
Individ ichki nizolardan himoya mexanizmlari: siqib (sitib) chiqarish 
(vыtesneniya), ratsionalizatsiya qilish, sublimatsiya (almashtirish) va regressiyalar 
yordamida saqlanadi.
Freyd psixologiyaga: anglanmagan motivatsiya, psixologik himoya mexa-
nizmlari, kattalar xulqida bolalikdagi psixik shikastlanishning roli, shaxs tuzilishi, 
shaxsning nizoliligi, shaxsning psixik tuzilishi kabi qator muhim me'zonlarni 
kiritdi. Freydning katta xizmatlaridan biri psixologik nazariyalarni psixoterapevtik 
amaliyot bilan bog'lashdan iboratdir. Freyd odamning tabiiy tabiati haqidagi 
masalani qo'yish bilan birga, u bu tabiiylikni mutlaqlashtirib yuboradi va odamning 
ijtimo-iylik mohiyatini unutib qo'yadi. 
1912 yili Frankfurt - Mayneda Maks Vertgeymer (1880-1943) rahbarligida 
yangi psixologik maktab – geshtal’tpsixologiya
1
yuzaga keldi. Unga atoqli 
psixologlardan Volьfrang Keler (1887-1967) va Kurt Koffka (1886-1941) kabilar 
a'zo bo'lgan. Vertgeymerning idrokni o'rganish bo'yicha olib borgan tajribalarida 
ongning tarkibida, dastlabki sensor elementlarga bo'linmaydigan, yaxlit tuzilishlar 
1
Geshtal’t - nem. Gestalt - shakl, tuzilish.


24 
(geshtalьtlar) mavjudligi aniqlangan. Uningcha psixik obrazlar - sezgilar 
kompleksi emas, Sensor-intellektual tuzilishning qandaydir boshlang'ich tartibi 
mavjuddir. Vertgeymer o'z vaqtida Brentano tomonidan ilgari surilgan 
kontseptsiya ta'siri ostida, ongning faoliyatli mohiyati haqidagi qarashlarni qo'llay 
boshladi. Ong faol bo'lib, u ma'lum bir ta'sirlar ostida tashqi olam haqidagi o'z 
obrazlarini tuzadi, bunda ayrim oldindan mavjud bo'lgan tuzilishlarga - 
geshtalьtlarga tayanadi. Geshtal’tpsixologiyaning progressiv ahamiyati, uning 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling