O'zbekiston respublikasi profi universitety
jamlanish darajasi, ongni shu ob'ektga yo'naltirilganligining jadalligi
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diqqatning turgunligi - psixik jarayonlarni bir obekt ustida jamlanib turishining davomiyligidir
- Ongni yonalganligining (diqqatning) individual xususiyatlari.
jamlanish darajasi, ongni shu ob'ektga yo'naltirilganligining jadalligi.
125 Diqqatning ko'chishi - psixik jarayonlar ob'ektining ixtiyoriy almashinish tezligi. Diqqatning bu sifati ko'p jihatdan odamni oliy nerv faoliyatining individual xususiyatlari - nerv jarayonlarining muvoza-nati va ko'chuvchanligiga bog'liq bo'ladi. Oliy nerv faoliyati tipiga bog'liq holda ayrim odamlarning diqqati ko'proq ko'chuvchanroq va boshqalarniki esa kamroq ko'chuvchan bo'ladi. Odamlarni u yoki bu kasbga tanlab olishda diqqatning bunday individual xususiyatlarini hisobga olish lozim. Diqqatni ko'chuvchanligining yuqoriligi pedagog uchun zarur bo'lgan sifatlardan hisoblanadi. Diqqatning tez ko'chishi o'z navbatida kuchli psixik qiyinchiliklarni, markaziy nerv sistemasida toliqishni yuzaga keltiradi. Diqqatning turg'unligi - psixik jarayonlarni bir ob'ekt ustida jamlanib turishining davomiyligidir. U ob'ektning ahamiyatliligi, u bilan amalga oshirilayotgan xatti-harakatlarning xarakteri va odamning individual xususiyatlariga bog'liq bo'ladi. Ongni yo'nalganligining (diqqatning) individual xususiyatlari. Turli odamlar narsa va hodisalarning ma'lum bir jihatlariga alohida e'tibor qaratishga moyil bo'ladilar. Buni o'rganilayotgan hodisa haqida turli odamlar beradigan ma'lumotlarni baholashda hisobga olish lozim. Ma'lum bir toifa guvohlarning diqqati aksariyat hollarda ularning shaxsi bilan (egotsentrizm) bog'liq bo'lishi mumkin. Masalan, shunday diqqatga ega bo'lgan odam, - u o'zi guvoh bo'lgan ijtimoiy yoki tarixiy muhim ahamiyatga ega hodisalar haqida gapirish o'rniga, ko'pincha katta bir ehtiyoj, ishtiyoq bilan faqat o'zigagina taalluqli bo'lgan, faqat uning o'zi uchungina qiziqarli bo'lgan narsalar haqida, - u uyqu masalasimi, taom-ichkilikmi, kiyim-kechakmi, uydagi odatlarimi, xobbisimi, poyafzal yoki kiyimlari-ning qulayligimi, xastaligimi, narx-navomi va sh.k.lar haqida batafsil gapiradi. Unday odamning hikoyasidan u guvohlik berishi mumkin bo'lgan barcha umumiy, eng kerakli narsalar tushib qoladi. Diqqat - individning tashqi muhit bilan o'zaro psixik munosabatda bo'lish holatidir. Odam psixik faolligining optimal darajasi dastavval uyqu va xushyorlikning o'rin almashinuvining tabiiy sikli bilan belgilanadi. Xushyorlik darajasi esa, odam faoliyatining mazmuni bilan, uning shu faoliyatga munosabati bilan, uning qiziqishlari, ishtiyoqi bilan belgilanadi. Bu holatlarning barchasi mazkur shaxs uchun ahamiyatliroq bo'lgan hodisalarni chuqur emotsional his qilish, kechinish bilan bog'liq. Voqealarni idrok qilishimiz va xatti-harakatlarimiz, bizning shaxsiy va vaziyatli holatlarimizga bog'liq. Tang (kritik) vaziyatlarda, holatlarda ko'pchilik odamlarda tashqi olam bilan adekvat o'zaro aloqada bo'lish zaiflashadi - shaxs “toraygan ongning” sub'ektiv olamiga tushib qoladi. Diqqatni individual - tipologik xususiyatlaridan biri ayrim odamlarning o'ta (ko'tarinki) emotsional ta'sirlanuvchanligi bilan bog'liq va u emotsional ta'sir ostida (vaqtida) sezilarli darajada qisqartirilgan hajmda namoyon bo'ladi. Diqqatni yo'nalganligining tipologik xususiyatlari bilan bir qatorda, uni odamning qiziqishlari, madaniyat darajasi, kasb-hunari, shaxsiy tajribasi bilan shartlangan, aynan shu shaxsning o'zigagina xos bo'lgan individual, shaxsiy xususiyatlari ham mavjud. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling