133
sezgirligini oshiradi.
Bu esa mazkur analizatorlarning o'zaro aloqasi, ularni
tizimli ishlashi bilan tushuntiriladi.
Sensibilizatsiya,
sezgirlikning kuchayishi, nafaqat sezgilarning o'zaro
munosabati bilan, balki fiziologik omillar, organizmga
u yoki bu moddaning
kiritilishi bilan ham yuzaga kelishi mumkin. Masalan, ko'rish sezgirligining ortishi
uchun A vitamini muhim ahamiyatga ega.
Sezgirlik, agar odam ma'lum bir zaif qo'zg'atuvchini
kutayotgan bo'lsa,
unga qo'zg'atuvchilar o'rtasidagi farqni aniqlash topshirig'i berilgan vaqtlarda ham
ortadi. Odamning sezgirligi mashq qilish natijasida takomillashadi. Masalan,
degustatorlar (sinovchi ichuvchilar), o'zlarining maza-ta'm va hid bilish sezgirligini
maxsus mashq qilishlar orqali shu
darajada rivojlantiradilarki, ular turli xil vino,
choy va boshqa ichimliklarning navlarini farqlay
oladigan, bu mahsulotlar qachon
va qayerda ishlab chiqilganligini aytib bera oladigan darajaga yetadilar.
Biron bir sezgirlikdan maxrum bo'lgan odamlarda bu kamchilikni boshqa
analizatorlar sezgirligining ortishi hisobiga kompensatsiya (o'rnini qoplash,
to'ldirish) qilish amalga oshadi (Masalan, ko'zi ojizlarda
hid bilish va eshitish
sezgirligining
ortishi).
Sezgilarning
o'zaro
munosabati
bir
holatlarda
sensibilizatsiyaga, sezgirlikning ortishiga, boshqa
bir holatlarda esa uning
pasayishiga, ya'ni
desensibilizatsiya olib keladi. Bir xil analizatorlarning kuchli
qo'zg'alishi doimo boshqa analizatorlarni sezgirligining pasaytiradi. Masalan,
“sershovqin sexlardagi” shovqinning balandligi ko'rish
sezgirligining pasayishiga
olib keladi.
Sezgilarning o'zaro munosabatini namoyon bo'lishining ko'rinishlaridan biri
sezgilarning
kontrastligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: