O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Dinamik stereotiplarning shakllanishi, shuningdek, analizatorlar o'rtasida 
shartli reflektor bog'lanishlarning yuzaga kelishi, idrokning yana bir muhim 
fiziologik mexanizmi bo'lib hisoblanadi. 
Odam idroki hamma vaqt ikkinchi signallar sistemasining faoliyati bilan 
bog'liqdir. So'z tufayli idrok qilinayotgan predmet mazmunga ega bo'ladi. (to'g'ri 
to'rt burchak, g'isht, dinamit). 
Idrok klassifikatsiyasi. Idrok retseptorlarning joylashgan joyiga va ular 
faoliyatining xarakteriga ko'ra klassifikatsiya qilinadi. Shunga ko'ra: ko'rish, 
eshitish va teri-tuyush idroklari farqlanadi. Bulardan tashqari idrokning: 
makonni va vaqtni idrok etishdek murakkab turlari ham mavjud. Idrok etishda 
irodaning ishtirok etishi, idrokning maqsadga yo'naltirilganligiga ko'ra: ixtiyorsiz 
(oldindan ko'zlanmagan, irodaviy zo'r berish va oldindan ko'zlangan maqsadga 
bog'liq bo'lmagan) va oldindan ko'zlangan (maqsadga yo'naltirilgan) ixtiyoriy 
idrok turlari ham farqlanadi. 
Shuningdek, idrok aks ettirilayotgan ob'ektning xususiyatiga ko'ra ham 
klassifikatsiya qilinishi mumkin (predmetlar shakli va kattaligini, uning hajmi va 
uzoqligini idrok qilish, odam tomonidan odamni idrok qilish, nutqni idrok qilish va 
sh.k.). 
Idrok odatda qandaydir bir faoliyatga qo'shilgan bo'ladi, shu faoliyatda 
amalga oshadi, biroq u o'zi mustaqil faoliyat sifatida ham namoyon bo'lishi 
mumkin. Biron bir masalani hal qilishga qaratilgan, rejali, maxsus, tashkiliy idrok 
kuzatish deb ataladi. 


135 
Idrokning umumiy qonuniyatlari 
Idrokning har xil turlari o'zlarining o'ziga xos, maxsus qonuniyatlariga ega. 
Har bir turning o'z qonuniyatidan tashqari idrokning umumiy qonuniyatlari ham 
mavjud. Bular 1) anglanganlik va umumlashganlik; 2) yaxlitlik; 3) tashkiliylik
4) tanlovchan yo'nalganlik; 5) appertseptsiya; 6) konstantlik.
1. Idrokning anglanganligi va umumlashganligi. Idrok etilayotgan 
predmetlarda, biz nimani idrok etayotganligimizni anglaymiz, tushunamiz. Idrok 
mazkur predmetni ma'lum bir toifaga, tushunchaga tegishli ekanligini aniqlash va 
uni so'z bilan ifodalashga oid bo'lgan fikrlash faoliyati bilan uzviy bog'liqdir 
(bolalarni biron bir notanish predmetga duch kelib qolganda uning nomini, u nima 
ekanligini so'rashlari ham bejiz emas). Idrokning tajriba va faoliyat vazifasi bilan 
bog'liqligi ustanovka deyiladi.
Bunday vaziyatda ob'ektda uning 
berilgan vazifaga mos keladigan jihatlari 
birinchi reja (plan)ga chiqadi (27-rasm). 
Idrokda 
sezgilar 
orqali 
olingan 
ma'lumotlarning jamlanishi, yig'indisini 
chiqarish emas, balki bu ma'lumotlarni 
mavjud bilimlar nuqtai nazaridan izohlash 
(interpretatsiya qilish) amalga oshadi. 
Idrokda ayrim jihatlar umumiylikning 
namo-yon bo'lishi tarzida aks ettiriladi. 
Predmet va hodisalarni anglashning 
eng sodda shakli tanishdir. Bunda idrok 
xotira 
bilan 
uzviy 
bog'liq 
bo'ladi. 
Predmetni tanish - bu mazkur predmetni 
idrok qilish, uni oldindan shakllangan 
obraz bilan taqqoslash demakdir. Tanish 
umumlashtirilgan bo'lishi ham mumkin.
27-rasm. Idrok ob'ektning vaziyat kon-
tekstiga kirishi, faoliyatning umumiy 
yo'nalganligi bilan bog'liq bo'ladi. Bu rasmda 
qatorlar vertikal bo'yicha qaralganda o'rtadagi 
shakl 13 raqamidek idrok etiladi. Qator 
gorizontal bo'yicha qaralsa - V harfidek idrok 
qilinadi. Bunda bitta shaklning o'zi qanday 
tushunchalar tizimida qaralayotganligiga 
qarab turlicha idrok qilinadi
Bunda biron bir predmetning ma'lum bir umumiy toifaga taalluqliligi aks 
ettiriladi (masalan, bu stol, bu daraxt va h.k.), yoki differentsiyalashtirilgan 
(maxsus) bo'lishi ham mumkin. Bunda idrok etilayotgan ob'ekt oldin idrok qilingan 
biron bir predmet bilan tenglashtiriladi. 
Bu tanishning ancha yuqori darajasidir. Bunday toifadagi tanishda mazkur 
predmet uchun xos bo'lgan belgilarni, uning alomatlarini ajratib olish lozim bo'ladi. 
Tanish belgilanganligi, aniqlanganligi, aniqligi va tezligi bilan xarakterlanadi. 
Tanishda odam predmetning barcha belgilarini farqlamaydi, balki uning xarakterli 
tanitadigan belgilaridan foydalanadi. Moddiy ob'ektlarni tanish uchun ularning 
konturi, shu predmet uchun xarakterli bo'lgan liniyalar kesishuvi muhim 
ahamiyatga ega (masalan uzoqdan ko'rinib turgan yuk mashinasini, unda 
haydovchi kabinasi, yuk uchun kuzovi va undagi katta hajmdagi yukning borligi


136 
tufayli uni yuk mashinasi ekanligini taniymiz 
va uni yengil mashina deb o'ylamaymiz). Agar 
predmetning xarakterli tashqi belgilari kam 
bo'lsa, uni tanish qiyinlashadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling