O'zbekiston respublikasi profi universitety


tajribasi, bilimlari, qiziqishlari va ustanovkasiga


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

tajribasi, bilimlari, qiziqishlari va ustanovkasiga 
bog'liqligi - appertseptsiya deyiladi.
Yonib turgan gulxanga uzoqdan qarar ekan-
miz, biz uning issig'ini sezmaymiz, biroq gulxanni 
idrok etishda uning bu sifati ham aks ettiriladi. 
Bizning tajribamizda gulxan va issiqlik mustahkam, 
bog'liqlikka ega. 
Odam oldinggi tajribalari, bilimi, kasb-kor 
yo'nalganligiga bog'liq ravishda, u yoki bu 
predmetni tanlab, farqlabgina qolmay, balki 
ularning turli jihatlarini, tomonlarini tanlab idrok 
etadi (31-rasm). 
31-rasm. Appertseptsiya. 
Bu rasm tekist ob'ekt obrazini 
beradi. Biroq, biz bu yerda pira-
mida tasviri aks ettirilganligini 
biladigan bo'lsak, unda obraz 
uch o'lchamli bo'lishi mumkin
7. Idrokning konstantligi (o'zgarmasligi). Bir predmetning o'zini biz turli 
o'zgaruvchan sharoitlarda: turli yorug'likda, turli nuqtai nazardan, turli masofada 
idrok qilamiz. Biroq shu predmetning ob'ektiv sifatlari o'zgarmagan holda idrok 
qilinadi. 
Idrokning konstantligi - bu predmetning ob'ektiv sifatlari (kattaligi, 
shakli, rangi va boshq.)ni aks ettirishining vaqtinchalik sharoitlariga bog'liq 
emasligidir. Predmetni yaqin va uzoq masofadan idrok etishda uning ko'z 
gavharidagi aksi kattaligi turlicha bo'ladi. Biroq, buni biz predmetni hajmi kattayib 
yoki kichrayib qolgandek emas, balki uni bizdan uzoqligi yoki bizga yaqinligi deb 
izohlaymiz (32-rasm). To'g'ri burchakli predmetni (papka, qog'oz varag'i) turli 
nuqtai nazardan idrok qilishda ko'z gavharida kvadrat, romb va hatto to'g'ri 
chiziqlarni aks etishi mumkin. Biroq barcha vaziyatlarda biz bu predmetga xos 
bo'lgan shaklni idrok qilaveramiz. 
 
32-rasm. Idrokning konstantligi

Bir xil kattalikda bo'lgan ikki ob'ektdan uzoqroqdagisi ko'z gavhariga kichikroq tasvirni 
beradi. Biroq, bu ularning haqiqiy kattaligini izohlashga ta'sir qilmaydi 
Idrokning konstantligi nasliy sifat emas, u tajribada, ta'lim jarayonida 
shakllanadi. Ayrim noodatiy sharoitlarda u o'zgarishi, buzilishi mumkin. Bunday 
vaziyatda akonstantlik yuzaga keladi. Masalan, agar biz balanddan (samoletdan) 
pastga qarasak, unda biz uchun odatdagi predmetlar bir oz buzilgan holda idrok 


138 
qilinishi mumkin (masalan, odamlar, avtomobillar bizga notabiiy kichikdek 
tuyuladi). 
Tovushdan tez uchuvchi samoletlarning uchuvchilari dastlabki onlarda 
predmetlarning juda tez yaqinlashib kelishini uning hajmi (o'lchamlari) kattayib 
ketgandek idrok etadilar. 
Idrokning konstantligi tufayli biz predmetlarni turli sharoitlarda tanib olamiz 
va ular orasida muvaffaqiyatli oriyentirovka qilamiz. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling