O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Makon (fazo) va zamon (vaqt)ni idrok etish xususiyatlari 
Makon (fazo)ni idrok qilish. Makonni idrok qilish kattalikni, shaklni, 
hajmni, uzoqlikni predmetlarni joylashgan joyi va ularning harakatini, idrok 
qilishdan tashkil topadi. 
Predmetlarning kattaligini va shaklini idrok qilish odam tajribasida ko'rish, 
teri-tuyush va kinestezik (muskul-harakat) sezgilarining mujassamlashuvi 
natijasida amalga oshadi. 
Predmetlarning hajmi, kattaligi va uzoqligini (masofasini) idrok qilish 
binokulyar (ikkala ko'z bilan) ko'rish hisobiga amalga oshadi. Predmetlarni idrok 
qilish, nafaqat uni ko'z gavharida aks etish kattaligiga, balki predmetning 
uzoqligiga qarab o'zgaradigan ko'z muskullarining zo'riqish kuchiga ham bog'liq 
bo'ladi. Yaqin masofadagi predmetlarga qaralganda ko'z gavharining egilishi 
kattalashadi, uzoq masofadagi predmetlarga qaralganda gavhar yassi bo'lib qoladi. 
Ko'z gavhari tolalari egilishining bunday o'zgarishi akkomodatsiya deyiladi. 
Lekin, akkomodatsiya 6 m atrofida uzoqlikda bo'lgan predmetlar haqida 
ma'lumot beradi. Agar predmetlar uzoqroq masofada bo'lsa, unda ularning uzoqligi 
haqidagi ma'lumot ko'rish o'qlarining o'zaro joylashishidan miyaga “kelib tushadi”. 
Predmetlarning fazodagi o'rnining almashishi va ularning harakati ularning 
uzoqligi va harakat tezligiga bog'liq holda idrok qilinadi. Odam juda sekin 
harakatlarni idrok qila olmasligi mumkin, shuning uchun ular haqida ularning 
qiyosiy belgilariga ko'ra xulosa chiqaradi (masalan soatni minut strelkasining 
harakati faqat uning turli holatlarida turishini solishtirish orqaligina idrok qilinadi). 
Shuningdek, haddan tashqari katta tezlik ham idrok qilinmaydi. Predmetlar 
qanchalik uzoq bo'lsa ularning harakat tezligi ham shunchalik sekinga o'xshab 
tuyiladi. 
Ob'ekt harakatining effekti, ma'lum bir (unchalik katta bo'lmagan) vaqt 
oralig'ida predmetning turlicha fazalari idrok qilingan holatlarda yuzaga kelishi 
mumkin (masalan, sekundiga 24 kadr o'tadigan kino plyonkasi tasvirlangan 
materiallarni idrok qilishda). Idrokning aynan shu xususiyatidan maxsus xizmat 
idoralari faoliyatida, reklama ishlarida foydalaniladi. Agar, kino plenkasi 
sekundiga 25 kadrdan o'tib turadigan bo'lsa, tomoshabin kadrlarni bir-biridan 
ajratib turadigan chiziqchaning o'tishini idrok qilmaydi. Lekin, bu holat odamning 
sezish, idrok etish chegarasidan tashqarida bo'lsada, uning sezgi organlariga ta'sir 
etib turadi. Bu ta'sirlarni tomoshabin ong doirasida idrok etmaydi. “Kadrlar hamma 
narsani hal etadi, 25-kadr esa hamma uchun (hammaning o'rniga) xal qiladi” 
deyilganidek, aholi o'rtasida biron bir tashviqot, davat yoki reklama ishlarini olib 


139 
borishda, ular e'tiboriga havola etilayotgan filьm yoki biron bir ko'rsatuv 
tayyorlangan plenkaning har 25-kadriga tegishli ma'lumotlar yozib qo'yiladi. Shu 
25-kadrda yozilgan ma'lumotlar tomoshabin tomonidan ko'rib idrok qilinmasada
lekin uning mazmuni haqidagi ma'lumot uning ong ostiga kiritiladi. Oqibatda 
bunday plenkalar orqali berilgan ko'rsatuvlarni tomosho qilgan odamlar o'zlari 
anglamagan holda, shu 25-kadrda berilgan buyruq (ma'lumot)larga amal qila 
boshlaydi.
Makon (fazo)dagi munosabatlarni to'g'ri baholash qobiliyati glazomer 
deyiladi. Statistik va dinamik glazomerlar farqlanadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling