146
aniqlash, murakkab hodisalarni sodda elementlarga, qismlarga ajratish, muhim
jihatlarni - muhim bo'lmagan jihatlardan ajratib olish.
Analiz, yaxlit narsaning qaysi qismi ma'lum bir belgiga ega?
- degan kabi
savollarga javob beradi. Masalan, biz biron bir vazifani bajarishga nomzodni
o'rganar ekanmiz, uning shaxsidagi qaysi sifati ijobiy-yu, qaysilari salbiyligini
farqlaymiz va ulardan samarali foydalanish
uchun uning qaysi jihatlariga, qanday
ta'sir etishni belgilaymiz. Bunda analiz natijalari umumlashtiriladi (biriktiriladi),
sintez qilinadi.
Sintez - o'rganilayotgan ob'ekt elementlari, tomonlarini, ular o'rtasidagi
ma'lum bir munosabatdagi bog'liqliklarni aniqlash asosida birlashtiradi.
Sintez orqali analiz qilish tafakkurning asosiy mexanizmi,
uning umumiy
qonuniyati bo'lib hisoblanadi. Ya'ni, ob'ektdagi yangi xususiyatlarni ajratib olish
(analiz), uni boshqa ob'ektlar bilan taqqoslab ko'rish (sintez) orqali amalga
oshiriladi. Tafakkur jarayonida bilish ob'ekti doimo, “yangidan-yangi aloqalarga
kirishadi va shuning evaziga ob'ektning yangidan-yangi sifatlari aniqlanadi va ular
yangi tushunchalar bilan qayd etib boriladi.
Shunday qilib, ob'ektdan go'yo yangi
mazmun “kovlab” olinadi. U go'yo har safar o'zining boshqa tomoni bilan
ko'rinadi, unda yangi xususiyatlar aniqlanib boriladi”
1
. Analiz va sintez biridan-
biriga o'zaro o'tib
turish bilan birga, fikrning hodisa mohiyatini yanada chuqurroq
kirib borishi tomon uzluksiz harakatini ta'minlaydi. Bilish jarayoni hali qismlarga
bo'linmagan yaxlit hodisa,
vaziyatni idrok qilishning birlamchi sintezidan
boshlanadi. Keyinchalik analiz asosida
ikkilamchi sintez amalga oshiriladi.
Oqibatda bu yaxlitlik haqidagi yangi bilimlar olinadi, bu bilingan yaxlitlik esa yana
navbatdagi chuqur analiz uchun baza bo'lib hizmat qiladi va hokazo.
Bu o'rinda
analiz - ob'ektning keyingi sintez va umumlashtirish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: