muhim jihatlarning munosabatlarini ajratib olishdir.
Abstraktsiya - hissiy aks ettirishdan ma'lum bir alohida bog'liqliklar va
munosabatlarni ajratib olishga o'tishdir. Abstraktsiya real elementlarni va ularning
bog'liqligini fikran guruhlash bilan bog'liq bo'ladi. Odamning abstraktsiyalovchi
faoliyatining diapazoni juda keng (konkret obraz tushunchalaridan (“stol”, “stul”)
to ilmiy abstaktsiyalargacha (“psixika”, “materiya”, “mustaqillik”).
Barcha abstraktsiyalar - bu tushunchalardir. Hissiy bilishdan abstrakt
tushunchalarga o'tish bevosita faoliyatning yo'qotilishi, bo'lmasligi va hodisalar
mohiyatiga kirib borish bilan bog'liq. Abstraktsiyalovchilik faoliyatiga
qobiliyatlilik hayol va oldindan ko'ra bilish asosida yotadi.
Abstraktsiya jarayonida, odam, ob'ekt mohiyatining u yoki bu tomonini
tushunish, bilish uchun konkretlikdan chalg'iydi. Lekin bilishning maqsadi
amaliyot, jonli aniq faoliyat bo'lganligi tufayli, bilishning yuqori bosqichida
abstraktlikdan konkretlikka borish amalga oshadi.
Konkretlashtirishni umumiy holatning juz'iy misoli sifatidagina tushunish
kerak emas.
Konkretlashtirish - bu yaxlit ob'ektni uning o'zaro a'loqalarining butun
borlig'icha bilishdir. Bu yaxlit ob'ektni nazariy jihatdan yaratish, qayta tiklash,
tasavvur qilishdir.
Abstraktlash va konkretlashtirish - bu fikrlash operatsiyalarini bir-biridan
ajratish, yakkalash emas, balki bilishni rivojlanishining o'zaro bog'liq tomonlaridir.
Klassifikatsiyalash - predmet va hodisalarni ularning umumiy belgilariga
(turi, sinfi, toifasi) ko'ra, ma'lum bir guruhga birlash-tirilishidir. Klassifikatsiyalash
taqqoslash va umumlashtirishga asoslanadi.
Sistemalashtirish - predmetlarni yanada maydaroq guruhchalarga turlarga,
tabaqalarga bo'lib guruhlash, umumiydan qismlarni ajratib olish, alohida qismlar
o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni aniqlashdir.
Klassifikatsiyalash va sistemalashtirishda, mazkur predmet uchun muhim
bo'lgan belgilar asos bo'lishi kerak. Lekin, sistemalashtirish gohida kam
ahamiyatli, lekin operativ munosabatlarda qulay bo'lgan belgilarni ham asos
sifatida olinishiga yo'l qo'yadi (masalan, alьfavit katalogi).
Do'stlaringiz bilan baham: |