O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Tafakkur shakllari. Tafakkur natijalari, uning shakllari: tushuncha, hukm, 
xulosalarda ifodalanadi. 
Tushuncha - tafakkurning shunday shakliki, unda bir turli predmetlar 
va hodisalar guruhining muhim xususiyatlari aks ettiriladi.
Har bir tushunchada hajm va mazmunga farqlanadi. Tushunchaning 
hajmi bu mazkur tushunchaga kiradigan barcha ob'ektlarning majmudir. 
Tushunchaning mazmuni - bu predmetlar haqidagi bilimlardir. Tushunchalardan 
foydalanar ekanmiz, biz “Bu nima?” degan savolga javob beramiz. 
1
Abstraktsiya - lot.”abstractio” - narsa, hodisalarning muhim jihatlarini boshqalardan ajratib 
olib mulohaza yuritish, xulosa chiqarish. 


149 
Bizning bilimlarimiz - bu tushunchalar tizimidir. Har bir fikrlash akti 
bilimlarga, tushunchalarga asoslanadi va yangi bilimlarga, yangi tushunchalarning 
kiritilishiga olib keladi. 
Tushuncha umumlashtirish kabi ma'lum bir hissiy bazada shakllanadi, lekin 
uning o'zi mavhumlashtirish natijasi hisoblanadi, ko'rinadigan shaklga ega 
bo'lmaydi. (Masalan, “miqdor” tushunchasini ma'lum bir obraz tarzida tasavvur 
qilib bo'lmaydi). Ayni vaqtda ko'plab tushunchalarni obrazli konkretlashtirish 
mumkin, ular tasavvurlar bilan bog'liq bo'ladi. Agar odam tushunchalarni 
ko'rgazma obrazlarda konkretlashtira, oydinlashtira olmasa, unda uning bilimlari 
rasmiy (formal) hisoblanadi. Albatta, bular (mavhum tushunchalar) faqat predmet 
(aniq tushuncha) ifodalangan tushunchalarga taalluqlidir va predmetlarning 
xususiyatlari yoki ular o'rtasidagi munosabatlar ifodalanadigan tushunchalarga 
taalluqli emas. 
Tushuncha hech qachon o'zgarmas bo'lib qolmaydi, u chuqurlashib va 
kengayib boraveradi. Butun insoniyatda kuzatilganidek, har bir odam ham o'z 
bilimlarini muntazam kengaytirib, ya'ni turli xil tushunchalarning yanada 
muhimroq belgilarini ochib beraveradi. Tushunchada predmetning qanchalik ko'p 
muhim belgisi aks etsa, odam faoliyati shunchalik samaraliroq tashkil qilinaveradi 
(masalan, atom yadrosi tuzilishi haqidagi tushuncha atom energiyasidan amalda 
foydalanish imkoniyatini berdi). 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling