O'zbekiston respublikasi profi universitety


Tafakkurning individual sifatlari


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Tafakkurning individual sifatlari. Odamlarning fikrlash faoliyatida ular 
tafakkurining tipologik xususiyatlaridan tashqari shaxsiy xususiyatlari, ularning 
aqliy qobiliyatlari ham ishtirok etadi. Bu xususiyatlarga aqlning quyidagi sifatlari 
kiradi. Bular: bilishga intilish (qiziquvchanlik), sinchkovlik, teranlik
tadbirkorlik (epchillik), tanqidiylik, tezkorlik, kenglik va boshqa sifatlar. 
Qiziquvchanlik va sinchkovlik bilish ehtiyojlarini rivojlanganligining 
ifodalanishi bo'lib hisoblanadi. Qiziquvchanlik - odamning yangilikka, 
noodatiylikka intilishida namoyon bo'ladi, lekin u yuzaki xarakterga ega bo'lishi 
ham mumkin. Sinchkovlik - u yoki bu hodisani har tomonlama bilishga, uning 
mohiyatini anglashga intilishdir. Tafakkurning bu sifatlari faol bilish faoliyati 
asosida yotadi. 
Tafakkurning teranligi - muhim jihatlarni ikkinchi darajalilaridan, 
zaruriylarni tasoddifiylardan farqlashda namoyon bo'ladi. 
Tafakkurning epchilligi va harakatchanligi - odamni o'zining mavjud 
bilimlari va tajribalaridan keng foydalana olish, ma'lum predmetlarni yangi 
aloqalar va munosabatlarga zudlik bilan (tezkor) kirita olish qobiliyati
tafakkurning bir qolipdaligi (trafaretligi, shablonligi)ni yenga olish qobiliyatidir. 
Agar tafakkurda bilimlarni, ma'lum bir nazariy o'lchamlarni turli vaziyatlarga 
tadbiq qilish lozim bo'lib qolsa, bu sifatlar juda qadrli hisoblanadi. Tafakkur 
ma'lum ma'noda stabillik, trafaretlik an'anasiga (moyilligiga) ega. Uning bu 
xususiyati noodatiy (shablonsizlikni talab qiladigan) ijodiy vazifalarni yechishda 
kuchli to'siq bo'lishi mumkin. Tafakkurning qotib qolganligi, uning o'zgarmasligi 
ayrim topshiriqlarni bajarishda halaqit qiladi. Masalan, kvadrat ko'rinishida 
joylashgan to'rtta nuqtani uchta yopiq to'g'ri chiziq bilan birlashtirish kabi 


152 
topshiriqni bajarishda. Bu o'rinda bu nuqtalarni birlashtirish yo'li bilan bu 
topshiriqni yechishga urinish topshiriqning yechimini bermaydi. U, faqat shu 
nuqtalar doirasidan chiqish orqaligina yechilishi mumkin. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling