O'zbekiston respublikasi profi universitety


Fikrlash faoliyati nostandart vazifalarni yechish jarayoni sifatida


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Fikrlash faoliyati nostandart vazifalarni yechish jarayoni sifatida. 
Fikrlash faoliyati - nostandart vazifalarni qo'yish va yechish jarayonidir. 
Standart, ijodiy bo'lmagan vazifalar - masalan, sonlar yig'indisini topishda ham - 
aqliy xatti-harakatlar amalga oshiriladi, lekin bu xatti-harakatlar muammoli 
bo'lmaydilar. 
Vazifalarni yechish - bu ma'lum bir shartlardan kelib chiqqan holda
bilish maqsadiga erishish, u yoki bu bilimlarni egallashdir
Odam yechayotgan vazifa, uning uchun oddiy ham, murakkab ham bo'lishi 
mumkin. Bu uch shartga: 1) bilimlar zahirasiga; 2) mazkur toifa vazifalarni 
yechish usullarini o'zlashtirganlikka; 3) vazifaning dastlabki (berilgan) 
ma'lumotlarining to'laligiga bog'liq bo'ladi. 


153 
Vazifa, agar u odam uchun o'ta sodda, oson bo'lsa, u bu odam uchun 
“vazifa” bo'lmay qoladi. Lekin haddan tashqari qiyin, bu odamning imkoniyatlari 
doirasidan ortiq bo'lgan vazifalar ham o'zining vazifalik hislatini yo'qotadi. Bunday 
topshiriqlarni ham odam o'zi uchun vazifa deb idrok qilmasligi mumkin. 
Berilgan topshiriqda topilishi, yechilishi, hal qilinishi lozim bo'lgan 
qidirilayotgan narsa, ya'ni vazifa, oldin hech qachon berilmagan (aks holda 
topshiriq ham bo'lmagan bo'lar edi), lekin shu vazifa topshiriqning shartida 
“berilgan”, shu shartlarga nisbatan ma'lum bir bog'liqlikda, nisbatda bo'ladi. Bu 
tarzdagi vazifalar muammoli vaziyat hisoblanadi. Har qanday muammoli vaziyat 
shunday bir tarzda tuziladiki, unda izlanish doirasi ma'lum bir tarzda yo'naltirilgan, 
lekin cheklangan holatda bo'ladi. Qidirilayotgan noma'lum narsa hamisha ma'lum 
narsa bilan u yoki bu tarzda, bilvosita bog'langan bo'ladi. Fikrlash faoliyati shu 
bog'liqlikni topishga qaratiladi. 
Barcha vazifalar ikkita katta sinfga farqlanadi, bular: algoritmik (oldindan 
ma'lum qoidalar bo'yicha yechiladigan) va ijodiy (ularning yechilish usullari 
oldindan ma'lum bo'lmaydi). 
Sabab-oqibatli, izchillikli vazifalar odatda ijodiy vazifalar hisoblanadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling