O'zbekiston respublikasi profi universitety
Ijodiy vazifalarni yechish bosqichlari
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
Ijodiy vazifalarni yechish bosqichlari. Bilish vazifalari muammoli
vaziyatlarda yuzaga keladi va ularning yechish zaruratini anglash bilan bog'liq bo'ladi. Ijodiy vazifalarni yechishning birinchi bosqichi - bu vazifani aniq nutqiy tuzilishi, shart ma'lumotlarini va vazifalarning (savolning) asosiy talablarini aniqlab olishdir. Topshiriqning sharti - bu uning dastlabki ma'lumotlaridir. Topshiriq talabi esa - bu isbotlanishi lozim bo'lgan holat, natijadir. Har qanday vazifaning muvaffaqiyatli yechilishi ko'p jihatdan uning asosiy savolini qanday anglashga bog'liq. Bu o'rinda ko'pincha ikkita xatoga yo'l qo'yiladi: 1) topshiriq, uning o'ziga xos xususiyatlari hisobga olinmagan holda, haddan tashqari umumlashtirilgan holda anglanadi (masalan, ma'lum bir toifadagi jinoyatni o'rganar ekan tergovchi ba'zan mazkur jinoyatni sodir etilish shartlari xususiyatlariga e'tibor bermasligi mumkin); 2) anglanmagan holda, mazkur vazifaga kirmaydigan shart oldindan taxmin qilinadi (masalan, agar sinaluvchiga olti dona gugurt cho'pidan to'rtta uchburchak yasash topshirilsa, odatda sinaluvchilar uch burchaklarni bir tekistlikda joylashtirib bu topshiriqni yechishga urinadilar. Bu yo'l bilan esa topshiriqni yechib bo'lmaydi, chunki bu vazifaning shartiga kirmagan. Tergov amaliyotida, tergovchi tomonidan tasoddifiy vaziyatlar tergov vazifalarini yechilish sharti, deb baholanganligi tufayli jinoyat qidiruv ishlari boshi berk ko'chaga kirib qolgan hollar ham kam emas. Vazifani yechishning ikkinchi bosqichi - vazifa shartlarini tahlil qilish va uning yechimini topishning mumkin bo'lgan yo'llari haqidagi taxminlarni ilgari surish. Odam tafakkuri vazifa shartlari va talablari o'rtasidagi ob'ektiv munosabatlarga ko'ra tashkil qilinadi, yo'naltiriladi. Bu munosabatlar to'g'ridan- to'g'ri, bevosita (oddiy vazifalarda) va bavosita, yashirin (murakkab vazifalarda) bo'lishi mumkin. 154 Murakkab vazifalarni yechishda ular bilan amallar bajarilar ekan, ularning shartlarini o'zgartirish talab qilinadi. Ijodiy vazafalar shartlari bilan bajariladigan amallar, oldindan belgilangan yo'llar, ma'lum qoidalar (algoritmlar) bo'yicha emas, balki taxminiy (gipotetik), taxmin qilingan yo'nalishlar, taxmin (gipoteza)larni ilgari surish, qidiruv vazifalariga taalluqli taxmin, versiyalarni ilgari surish bilan amalga oshiriladi. Taxmin, gipoteza, versiyalarni ilgari surish vazifa shartlari va dastlabki ma'lumotlarni tahlil qilishga asoslanadi. Bu ma'lumotlarni taqqoslab ko'rar ekan, tergovchi bu taqqoslashlardan, solishtirishlardan qanday xulosa qilish mumkin, mazkur toifa jinoyat, jinoyatlarni qidirishning qaysi umumiy usullari va taktikalariga mos kelishligi - kabilar haqidagi masalalarni xal qiladi. Agar vazifa shartlari tahlil qilinmasa, va uni yechish muammoni yechishning barcha mumkin bo'lgan usullarini birin-ketin qo'llash orqali amalga oshirilsa, unda bu usul “tajriba va xatolar usuli” (“метод проб и ощибок”) deyiladi va intellekt darajasining past ekanligini ko'rsatadi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling