O'zbekiston respublikasi profi universitety


Gipoteza - hodisalarning ma'lum bir sabablari, ular o'rtasidagi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Gipoteza - hodisalarning ma'lum bir sabablari, ular o'rtasidagi 
bog'liqliklar haqidagi qator faktlarga asoslangan taxmin, farazdir. Gipoteza 
taxminiy, faraz qilingan xulosalarga asoslanadi. Hodisalar va ularning sabablari 
o'rtasidagi bog'liqliklar noma'lum, lekin hodisalar o'rtasidagi sabab-oqibat 
bog'liqlikni topish mumkin bo'lgan ayrim shartlar ma'lum bo'lgan vaqtlarda 
gipotezaga zarurat yuzaga keladi. Gipoteza - bu vazifalarni yechishning umumiy 
starategiyasini ishlab chiqishdir. 
Gipoteza ehtimollik xarakteriga ega va tekshirishni talab qiladi: shundan 
keyin u haqiqiy bilimga aylanadi yoki agar tekshirish salbiy natija bersa tashlab 
yuboriladi. 
Gipoteza (faraz, taxmin)ni ilgari surishning quyidagi asosiy qoidalarini 
farqlash mumkin: 
1) gipoteza unga taalluqli, aloqador bo'lgan barcha faktlarni o'ziga qamrab 
olishi kerak; 
2) faktlar majmuini tushuntirish uchun ular o'rtasida imkon qadar ko'p 
bog'liqligi bo'lgan, lekin imkon qadar kam miqdordagi gipotezalarni ilgari surish 
kerak; 
3) bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan qator gipotezalarlardan, bir talay 
faktlarni bir xilda tushuntirib beradigan gipoteza afzal ko'rilishi kerak. Alohida 
faktlarni tushuntirish uchun yordamchi gipotezalarni ilgari surish mumkin; 
4) bir-biriga zid gipotezalar haqiqiy bo'lishi mumkin emas; 
5) gipoteza mavjud nazariy bilimlarga asoslangan bo'lishi kerak. 
Jinoyat qidiruv taxminiy fikrlarida, gipotezada bo'lgani kabi ishonchli 
bilimlar, ma'lumotlar taxminlar bilan bog'lanadi. Jinoyatni ochishda taxminiy fikr 
qidiruvni ma'lum bir yo'nalish, o'zanga yo'llar ekan, xizmatchi rolini o'ynaydi. Bu 
rolni bajarish uchun taxminiy fikr (versiya) real, faktlar bilan asoslangan bo'lishi 
kerak. 
Ma'lumki, kriminalistikada qidiruv taxminlari (versiyalari): 1) umumiy; 2) 
juz'iy; 3) ishchi taxminlarga farqlanadi. 


155 
Umumiy taxmin - bu tergovchining sodir etilgan jinoyat hodisasi, uning 
yuridik malakasi va ma'lum bir shaxsning aybdorligi haqidagi umumiy taxmini, 
fikridir. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling