O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

IV. Xotira turlari individual - tipologik xususiyatlarga ko'ra ham 
farqlanadi. Ular turli kombinatsiyalarda uchraydigan quyidagi sifatlar bilan 
belgilanadi: 1) esda olib qolishning hajmi va aniqligi; 2) esda olib qolish tezligi; 3) 
esda olib qolishning mustahkamligi; 4) u yoki bu analizatorning yetakchilik roli 
(mazkur odamda ko'rish, eshitish yoki harakat xotiralarining ustunligi); 5) birinchi 
va ikkinchi signallar sistemasining o'zaro ta'siri xususiyati (obrazli, mantiqiy yoki 
oraliq tipi). Bu individual-tipologik xususiyatlarning turlicha birikuvi xotiraning 
individual tiplariga ko'plab xilma-xilliklar beradi.
Materialni esga tushirish va uni xotirada saqlash muddatining davomiyligi 
borasida ko'plab individuallik mavjud. Masalan, psixologik tajribalarda, 12 ta 
mazmunsiz so'zlarni esda saqlab qolish uchun, bir odamga ularni 49 marta 
takrorlashga to'g'ri kelsa, boshqasi uni 14 martadayoq yodlab olgan holatlar 
aniqlangan. 
Xotiraning muhim individual xususiyati uning ma'lum bir materialni eslab 
qolishga yo'naltirilganligidir. Ba'zi bir odamlar ma'lum bir toifadagi materiallarni 
yaxshi esda olib qolgan ayni bir vaqtda, boshqa toifadagi materiallarni yaxshi eslab 
qololmasligi mumkin. Masalan, matematik formulalar, statistik va iqtisodiy 
materiallarni yaxshi eslab qoladigan odam, oddiy badiiy asar, she'riy to'rtliklarni 
yaxshi esda olib qololmasligi mumkin va aksincha. 
Ba'zi odamlar materiallarni bevosita eslab qoladilar, boshqalari esa mantiqiy 
vositalardan foydalanishga intiladilar. Bir xil odamlarning xotirasi idrokka yaqin, 
boshqalariniki esa tafakkurga yaqin bo'ladi. Odamning aqliy rivojlanganlik darajasi 
qanchalik yuqori bo'lsa, uning xotirasi tafakkurga shunchalik yaqin bo'ladi. 
Intellektual rivojlangan odam aksariyat hollarda mantiqiy operatsiyalar yordamida 
eslab qoladi. Hayotda ko'p hollarda, ayniqsa tadbirkorlar faoliyatida obraz xotirasi 
ham juda zarur. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling