O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Giperbolizatsiya 

ijodiy 
xayolning 
murakkab 
turi 
hisoblanadi. 
Giperbolizatsiya – predmetlarni, ularning sifatini, elementlari miqdorini bo'rttirish, 
orttirishdir (masalan, dostonlarda odam kuchini gipperbolizatsiya qilingan 
obrazlar, do'stona hazillar (sharj) va sh.k.). 


167 
Ijodiy sintezning eng yuqori darajasi tipiklashtirishdir, unda muayyan bir 
obrazda, mazkur guruh ob'ektlariga tegishli muhim jihatlarni mujassamlashtirish 
amalga oshiriladi. Bu o'rinda xayol tafakkur bilan juda yaqinlikda bo'ladi.
Xayol jarayoni, yangi obrazlarni yaratish, odam psixikasi faolligi bilan 
xarakterlanadi. Lekin ba'zida xayol faoliyatning ma'lum bir xatti-harakat dasturini 
amalga oshirmaydigan “o'rinbosari” sifatida namoyon bo'ladi. Xayolning bu shakli 
passiv xayol deyiladi. Masalan, istalgan obrazni yaratish – ozru – faol bo'lishi ham 
mumkin, passiv bo'lishi ham mumkin (masalan, homxayollik, xayolparastlik – 
passiv orzuga tipik misol). 
Xayol – inson faoliyatining qayta o'zgarishini ta'minlovchi psixik 
funktsiyadir. Bu psixikaning ideal modellarni, insoniyat amaliyotini 
yo'naltiruvchi kelajak obrazini yaratish qobiliyatidir. 
Barcha bilish jarayonlari xayolda sintez qilinadi. Bevosita hissiy bilish 
chegarasidan chiqar ekan, xayol hissiy ma'lumotlar bilan ham va abstraktsiyalar 
bilan ham bog'liq bo'ladi. Buning natijasida odam reallikni ideal modellarda qayta 
o'zgartiradi. Bu modellar kelajakka kirib borish va o'tmishni qayta tiklash vositasi 
bo'lib hisoblanadi. 
Tergov faoliyatida xayolning roli. Tergov amaliyotida muntazam ravishda 
qayta tiklash, o'tib ketgan voqea hodisalarni ularning saqlanib qolgan ma'lum bir 
izlari, oqibatlari bo'yicha fikran qayta tiklash zarurati tug'ilib turadi. Bu yana qayta 
tiklovchi xayol, faqat ma'lum bir hodisalarni umumiy aloqalarini bilish asosidagina 
bo'lishi mumkin. Faqat shular asosidagina to'g'ri tergov taxminlarini ilgari surish 
va jinoyat sodir etilgan holatlarni qayta tiklash mumkin. 
Har bir tezkor vaziyat (lotin. “situs” – holat) – bu o'zaro aloqalarga ega 
bo'lgan va qidiruvni ma'lum bir usulini ob'ektiv shartlovchi faktlarning o'ziga xos 
majmui, ya'ni tezkor xatti-harakatlarning o'ziga xos majmui, shu xatti-harakat 
doirasidagi taktik usullarni tanlab olinishidir. 
Dastavval voqea-hodisalarni qayta tiklash ehtimoli amalga oshadi. Bu 
kechiktirib bo'lmaydigan operativ – qidiruv va tergov xatti-harakatlarini 
ehtimollikning keng diapazonida amalga oshirish imkoniyatini beradi. Keyinchalik 
operativ faoliyat davomida voqeaning ishonchli informatsion-mantiqiy modeli 
yaratiladi. 
Qidiruvning dastlabki bosqichlarida isbotlovchi ma'lumotlar bilan bir 
qatorda taxminiy qidiruv ma'lumotlari katta ahamiyatga ega bo'ladi. Yakuniy 
bosqichda faqat isbotlovchi ma'lumotlar muhim ahamiyat kashf etadi. 
Oriyentirlovchi ma'lumotlar bilishni yangi, yetishmayotgan ma'lumotlarni olishga 
yo'naltiradi. 
Operativ vaziyatlar bilish qidiruvini talab qilmaydigan oddiy bo'lishi yoki 
operativ xodimdan, bilish – qidiruv, evristik faoliyatni talab qiluvchi murakkab, 
muammoli bo'lishi ham mumkin. 
Turli 
dastlabki 
muammoli 
operativ 
vaziyatlar, 
yetishmayotgan 
ma'lumotlarning xarakteri bilan farqlanadi. Bu ma'lumot taqchilligi o'rganilayotgan 
ishni sodir etgan shaxsga, bu ishni amalga oshirish usullariga, shu ishni sodir etish 
vaqtida foydalaniladigan vositalarga taalluqli bo'lishi mumkin. 


168 
Har qanday holatda operativ vaziyatning asosiy psixologik vazifasi, 
yetishmayotgan ma'lumotlarni olish usullarini topishdan iborat bo'ladi. 
Operativ amaliyot shuni ko'rsatadiki, konkret 
operativ 
vaziyatni 
o'rganishning zarur va mumkin bo'lgan usullari hamda vositalarini topish operativ 
xodimning nazariy bilimlariga, uni tafakkurining epchilligiga va yaratuvchi, qayta 
tiklovchi xayolning rivojlanganligiga bog'liq bo'ladi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling