O'zbekiston respublikasi profi universitety


Mexanik va mazmuniy assotsiatsiyaga ko'ra esda olib qolish


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Mexanik va mazmuniy assotsiatsiyaga ko'ra esda olib qolish
samaradorligini aniqlash uchun test 
Aralashligi bo'yicha 
mexanik assotsiatsiya 
Mazmuniy 
assotsiatsiya 
o'nta 

norka 
qo'ng'iroq 

dars 
oltita 

rom 
bolta 

o'tin 
uchta 

qopqoq 
chelak 

suv 
sakkizta 

to'r 
kitob 

bilim 
o'n bitta 

daraxt 
sport 

salomatlik 
ikkita 

nayza 
huquq 

jinoyatchilik 
o'n beshta 

kitob 
qonun 

kodeks 
to'rtta 

o'rmon 
ayb 

jazolanish 
o'n to'rtta 

do'ppi 
mehnat 

dam 
o'n yettita 

qoshiq 
non 

tuz 
Jadvalning chap qismida berilgan so'zlar juftini bir marta o'qib chiqib, so'ng uni 
yoningizdagi o'rtog'ingizga bering va undan har bir juftdagi, faqat birinchi so'zni aytib turishni 
so'rang. O'zingiz esa barcha juftlardagi ikkinchi so'zni esga tushirishga harakat qiling. O'zingiz 
eslab qolgan so'zlarning barchasini yozib boring. Jadvalning o'ng qismidagi so'zlar jufti bo'yicha 
ham shularni takrorlang. Natijalarni solishtiring 
Ixtiyoriy mexanik xotira hajmini kengaytirish uchun idrok etiladigan 
materialga ma'lum bir tuzilish berish, uni guruhlash juda muhim. Bir - biridan 
ajratilgan holda berilgan 16ta raqamdan iborat bo'lgan 10011101011110011 
qatorini har qanday odam ham eslab qololmasa kerak. Agar bu qatorni ikki 
elementlik sonlar qatori ko'rinishida: 10 01 11 01 01 11 00 11 deb guruhlab olinsa, 
ular osonroq eslab qolinadi. To'rt elementlik sonlar qatori ko'rinishida bo'lsa yana 


163 
ham osonroq eslab qolinadi. Chunki, ular endi 16 ta elementdan emas, balki 
yiriklashgan to'rtta elementdan: 1001 1101 0111 0011 iborat bo'ladi. Elementlarni 
yirik guruhlarga bo'lish proaktiv va retroaktiv tormozlanishni yuzaga keltiradigan 
elementlar miqdorini kamaytiradi. Xotiraning bu kabi qonuniyatlarini o'zlashtirib 
olish har bir xodim uchun juda muhim ahamiyatga ega. 
Mazmuniy bog'liklikka asoslangan, anglangan ixtiyoriy xotira - xotiraning 
eng samarali usullaridan hisoblanadi. Bunga ishonch hosil qilish uchun oddiy bir 
tajriba o'tkazib ko'rish mumkin (36-rasm). Mazmuniy bog'lanishlarga asoslangan 
xotiraning mahsuldorligi mexanik xotiranikiga qaraganda 25 marta yuqoridir. 
Ob'ektlarning tuzilish qonuniyatlari, tarkibi, tamoyillarining mazmuniy 
bog'liqligini o'rnatish – uni muvaffaqiyatli esda olib qolishning yana bir asosiy 
sharti hisoblanadi. Masalan, 1248163264128256 raqamini mexanik esda olib 
qolish qiyin, lekin bu raqamlar qatorida ma'lum bir qonuniyat o'rnatilsa (har bir 
navbatdagi raqam ikkiga ko'paytirib borilsa) ularni eslab qolish juda oson bo'ladi 
(masalan, 2 4 8 16 32 64 128 256). 
Katta hajmga ega bo'lgan mantiqiy materialni esda olib qolish quyidagi 
xatti-harakatlarni bajarish orqali amalga oshiriladi: 1) murakkab material bir necha 
mustaqil qismlarga bo'lib olinadi; 2) har bir qismning tuzilishi, uning elementlari 
o'rtasidagi munosabat aniqlanadi, har bir qismning mazmuni (o'z so'zi bilan) 
qisqacha ifodalanadi; 3) barcha qismlarning mantiqiy ketma-ketligi aniqlanadi. Bu 
ketma-ketlik tayanch so'zlar tizimida shakllantiriladi. Masalan, odam o'z ma'ruzasi 
mazmunini quyidagi so'zlar bilan eslab qoladi: kirish, muammoning ahamiyatliligi, 
bir-ikkita fakt, xulosa. 
Xotiraning barcha jarayonlari bir-biri bilan uzluksiz o'zaro bog'liqdir. 
Materialning esda saqlanishi va qayta esga tushirilishi, biz uni qanday esda olib 
qolishimizga ham bog'liq. Qayta esga tushirish esda olib qolishning asosiy mezoni 
hisoblanadi. 
Qiyinchiliklarni yengib o'tish bilan bog'liq qayta esga tushirish eslash 
deyiladi. Eslashdagi qiyinchiliklarni yengish turli xil assotsiatsiyalarning 
o'rnatilishiga ta'sir qiladi. 
Bo'lib o'tgan hodisalarni vaqt va fazodagi o'rniga bog'lagan holda qayta esga 
tushirish – xotirlash deyiladi.
Narsa yoki hodisalarning qayta esga tushirilgan obrazlari – tasavvur 
deyiladi. Ular shu tasavvur turlariga mos keladigan idrok turlariga ko'ra farqlanadi 
(ko'rish, eshitish va boshq.). Ko'rgazmalilik tasavvurlarning xususiyati hisoblanadi. 
Lekin tasavvurlarda narsalarning barcha belgi va xususiyatlari birdek aniq 
berilmaydi. Agar u yoki bu tasavvur bizning faoliyatimiz bilan bog'liq bo'lsa, unda 
ob'ektlarning shu faoliyat uchun muhimroq bo'lgan jihatlari ko'proq tasvirlanadi. 
Xotira tasavvurlari doimo o'zida umumlashtirishni mujassam qiladi. Bu – 
voqelikning umumlashtirilgan obrazlaridir. Ularda narsalarning doimiy belgilari 
saqlanib, tasodifiylari esa tashlab yuboriladi. Shuning uchun tasavvur bilishning 
sezgi va idrokka qaraganda yuqoriroq darajasi, sezgilardan fikrga o'tish shakli 
hisoblanadi. 
Tasavvurlar hamisha idrok obrazlariga qaraganda xiraroq va to'laligi kamroq 
bo'ladi. Siz o'zingizga yaxshi tanish bo'lgan ob'ekt obrazini (masalan, o'z uyingiz 


164 
old tomonini) tasavvur qilar ekansiz, tasavvur obrazi fragmentar (uzuq-yuluq), u 
doimo biroz tiklangan (rekonstruktsiyalangan) ekanligini sezasiz. 
Tajribalarning birida sinaluvchilarga bir ayolning o'zidan orqada iti bilan 
kelayotgan erkak kishiga qayrilib qarab turgan holati aks ettirilgan rasm (kartina) 
ko'rsatilgan. Bu tasvir obrazini qayta esga tushirishda ayrim sinaluvchilar rasmda 
ayolga hamla qilayotgan it aks ettirilganligi, erkak kishi esa ayolni himoya 
qilayotganligini ta'kidlashgan. Itning hamla qilishi va bunday vaziyatda erkak kishi 
ayolni himoya qilishi kerakligi haqidagi tipik tasavvur mazkur rasm bo'yicha 
tasavvur obrazlarining shakllanishiga ta'sir qilgan. 
Ayrim odamlarda tasavvurning ba'zi bir tiplari yorqin va to'liq bo'ladi 
(masalan, rassomlarda, odatda, ko'rish, musiqachilarda – eshitish, raqqosalarda 
harakat tasavvurlari kuchli rivojlangan bo'ladi.). Guvohlar ko'rsatmalaridagi 
tafovutlar ko'pincha ularning tasavvur xususiyatlariga bog'liq bo'ladi. Tergov ishi 
yuzasidan guvohlik berayotgan shaxs tasavvurlari xususiyatlarini aniqlash, u 
berayotgan 
ko'rsatmalarning 
ob'ektiv 
baholanishini 
ta'minlaydi. 
So'roq 
qilinayotgan shaxsning rang haqidagi tasavvurlari aralashib, qizil rang – jigar rang 
deb atalganligi tufayli qidiruv ishlarida qiyinchiliklarga, xatolarga yo'l qo'yilganligi 
tergov faoliyatida ham uchrab turadi. 
Ayrim odamlarda ob'ektni bir marta va qisqa muddatli idrok qilishdan so'ng 
to'liq tasavvur paydo bo'ladi. Tasavvurning bunday obrazlari eydetik (grekchadan 
eidos” – obraz) tasavvur deyiladi. 
Xotiraning - esda olib qolish, esda saqlash, yana qayta esga tushirish bilan 
bir qatorda - unutish jarayoni ham mavjud. Vaqtinchalik nerv bog'lanishlarining 
tormozlanishi, bu jarayonning fiziologik asosi bo'lib xizmat qiladi (vaqtinchalik 
bog'liqliklar faqat so'nadi, xolos, lekin ular butunlay o'chib ketmaydi).
Unutish, shuningdek, differentsiyalovchi tormozlanish bilan ham bog'liq. 
Uning ta'siri ostida birinchi navbatda materialning detallari unutiladi. Vaqtinchalik 
unutish asosida teskari induktsiya hodisasi (tormozlanishning tegishli nerv 
markazlarining qo'zg'alishiga ta'siri) va, shuningdek, o'ta toliqish natijasida yuzaga 
keladigan himoyalovchi tormozlanish yotadi. 
Unutish jarayoni notekis kechadi. Eng jadal unutish esda olib qolingan 
dastlabki vaqtlarda amalga oshadi, keyinchalik bir oz sekinlashadi. Unutish, agar 
muhim ahamiyatga ega bo'lmagan materiallarga taalluqli bo'lsa, maqsadga 
muvofiq jarayon hisoblanadi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling