O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaratuvchi xayol asosida – boladigan hodisani va unga yarasha munosabatlarni tasavvur qilish, yani – ustanovka shakllanadi
Xayol turlari. Xayol ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga farqlanadi. Inson
irodasiga bog'liq bo'lmagan holda, uning xohish - istaklarisiz, oldindan ko'zlangan biron-bir maqsadisiz yuzaga keladigan xayol turlaridan biri - ixtiyorsiz xayoldir. Ixtiyorsiz xayol biron-bir idrok, tasavvur bilan bog'liq holda yuzaga keladi. Masalan, osmondagi bulutlarga qarab turib odam beixtiyor turli shakllarni xayolida yaratishi mumkin. Guvohlar ko'rsatmalarini, ular bergan ma'lumotlarni eshitar ekan, tergovchi tegishli vaziyatni xayolida tasavvur qilishi mumkin. Lekin, bu vaziyatni tasavvur qilish, xayolan gavdalantirish uni qanday bayon etilishi, tergovchining individual xususiyatlari, uning shaxsiy yo'nalganligi, ustanovkalari va sh.k.larga ham bog'liq. 166 Odamning o'z tajriba elementlaridan oldindan ko'zlangan holda, maqsadga muvofiq foydalanishi va ularni yangi obrazlarda tiklashi ixtiyoriy xayol deb ataladi (masalan, ixtiyoriy xayol natijasida badiiy obrazlar, turli predmetlarning yangi modellari va h.k.lar yaratiladi.). Yaratilayotgan obrazlarning originalligi darajasiga ko'ra xayolning yana yaratuvchi va ijodiy turlari farqlanadi. Yaratuvchi xayol shartli ifodalangan yoki yozilganlar asosida yangi obrazlarni shakllantiradi (masalan, tog' yon bag'ri tabiati haqida yozilganlarni o'qir ekanmiz, biz yaratuvchi xayol asosida tog' yon bag'ri haqidagi manzarani tasavvur qilamiz; voqea sodir etilgan joy sxemasiga qarab turib, biz real joyni tasavvur qilamiz). Yaratuvchi xayol biz ayni vaqtda bevosita idrok qila olmaydigan narsalarni bilish imkonini beradi. Yaratuvchi xayol asosida – bo'ladigan hodisani va unga yarasha munosabatlarni tasavvur qilish, ya'ni – ustanovka shakllanadi. Odam xulqini tahlil qilishda buni hisobga olish kerak (masalan, xavfli vaziyatni bo'rttirib idrok qilish odamda noadekvat, ba'zida hatto jinoiy xulqni yuzaga keltirishi mumkin). Gohida odamning xulqi uning o'zi tomonidan xayol qilingan, aslida haqiqatdan uzoq bo'lgan hodisalar bilan boshqarilishi mumkin (bunga, rashk tufayli sodir etilgan, hech qanday haqiqiy asosga ega bo'lmagan jinoiy xatti-harakatlar misol bo'lishi mumkin). Ijodiy xayol mutlaqo yangi, original obrazlarni yaratadi. Xayolning bu turi badiiy, adabiy, musiqiy, konstruktorlik va ilmiy faoliyatlar asosini tashkil qiladi. Ijodiy xayol mahsuli moddiy va ideal obrazlar bo'lishi mumkin. Ijodiy xayol natijalarining ijtimoiy qadriyatliligi, uning muhim mezoni bo'lib xizmat qiladi. Odamning original ijodiy faoliyatga qobiliyatliligi uni psixik rivojlanganligining muhim ko'rsatkichi bo'lib hisoblanadi. Agar, yangi obrazning ayrim elementlari noodatiy, ba'zan esa noreal munosabatlarda (nisbatda) bo'lsa, bu obrazlarni yaratgan ijodiy xayol - fantaziya deyiladi (uch boshli mahluqlar kabi fantastik ertaklar obrazlari va sh.k.). Fantaziya obrazlari sodda va murakkab bo'lishi mumkin. Xayolning yangi obrazlarni eng sodda sintezlashtirilishi – agglyutinatsiya deyiladi. Unda predmetlarning turli xil bir-biriga mos kelmaydigan qismlari va xususiyatlarini noreal, mexanik birlashtirish amalga oshiriladi (suv parisi, kentavrlar va sh.k.). Odamlar bir-biriga birlashmaydigan qismlarni fantaziya obrazlarida jamlar ekan, ba'zan o'z oldiga istiqbol maqsadlarini qo'yadilar (masalan, qayiq va avtomobilь obrazlarini biriktirib amfibiyani, avtobus va tramvayni biriktirib trolleybusni, ekskavator va to'pni biriktirib tankni va h.k.larni yaratdilar.). O'xshashligiga ko'ra xayol qilish ijodiy xayolning oddiy turlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Masalan, ko'pchilik mehnat qurollari (ombir, xaskash va sh.k.) odam qo'liga o'xshashligi bo'yicha yaratilgan. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling