O'zbekiston respublikasi profi universitety


Nutqning quyidagi funktsiyalari


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Nutqning quyidagi funktsiyalari farqlanadi: belgilash, umumlashtirish, 
muloqot, ta'sir etish va aloqa. 
Belgilash funktsiyasi – odam o'zaro munosabatda bo'ladigan hodisalar, 
voqealar, xatti-harakat usullari, munosabatlar va sh.k.larni verballashtirish (so'zlar 
bilan ifodalashdir). Shuning uchun har bir so'z voqelikdagi ma'lum bir predmet 
bilan bog'liq bo'ladi. 
Umumlashtirish funktsiyasi – bu so'z bilan belgilangan, ifodalangan 
ob'ektni shu ob'ekt mansub bo'lgan sinfni aniqlashni bildiradigan analiz va sintez 
jarayonidir. Bunda ular ma'lum bir sinfga kiritiladi yoki boshqa ko'plab 
ob'ektlardan ajratib olinadi. Masalan, “nazorat” so'zi odam faoliyatini boshqarish 
jarayonlarining ma'lum bir turini yoki sinfini bildiradi (sintez). Lekin, ayni vaqtda 
nazorat boshqarishning boshqa vositalari yoki jarayonlaridan farqli maxsus 
vositadir. Masalan, ma'lumotlarni rejalashtirish va boshq. Nazoratning o'ziga 
hosligini ajratib olish analiz orqali amalga oshadi. Bundan, so'zning o'zi umum-
lashtirishni tashuvchisi ekanligi, ya'ni voqelikni analiz va sintez qilinishi
boshqacha qilib aytganda tushunchalarni tashuvchi ekanligi ma'lum bo'ladi. 
Shuning uchun, so'z voqelikni analiz va sintez qilish vositasi bo'lishi ham 
mumkin. 
Masalan, “Rahbar o'z xodimlarini nazorat qilmaydi”-deyilsa, unda “nazorat” 
so'zi bu o'rinda rahbar faoliyati jarayonini analiz va sintez qilish vositasi sifatida 
namoyon bo'ladi.
Muloqot funktsiyasi – bu bir odamning fikrlari, bilimlari, hissiyotini so'zlar 
yordamida boshqa odamga uzatish jarayonidir. So'zlar vositasida muloqotda bo'lish 
imkoniyati har bir so'zning ma'lum bir ifodaga, fonetik xarakterga, shaklga ega 
bo'lishi bilan asoslanadi. Bundan tashqari har bir so'z grafik, yozma ifodalanadi. 
So'zning tovushli va yozma ifodalanishi, uning mazmunini bir odam tomonidan 
uzatilishini va ikkinchi odam tomonidan ularni idrok qilinishini ta'minlaydi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling