O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

og'zaki va yozma shaklda amalga oshadi.
Og'zaki nutq – odamlar o'rtasida so'zlarni og'zaki ifodalash va ularni eshitib 
idrok qilish vositasida amalga oshadigan muloqotdir. Og'zaki nutq dialog 
ko'rinishida, ya'ni ikki suhbatdosh o'rtasida fikr almashtirish ko'rinishida bo'lishi 
mumkin. Dialog – bu fikrni uzatish yoki bir-biriga ta'sir etish maqsadida ongli 
yo'naltirilgan faoliyatdir. Bunda gapiruvchi o'z fikrini tushunarli tarzda (tilda) 
shakllantiradi va uni so'zlar vositasida suhbatdoshiga uzatadi.
Dialogda fikrlarni uzatish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Unda 
suhbatdoshlar tovush innotatsiyasi, jestlar yordamida berilayotgan fikrni 
emotsional mazmun bilan boyitadi. Dialogda suhbatdoshlar o'rtasidagi ichki 
kontakt: ularning bir-birlariga nisbatan qanday munosabatda bo'lishligi; bir-
birlarini tushunishga intilishi; ular suhbat nima haqida ketayotganligini qanday 
tasavvur qilishligi; oldin gapirilgan gaplarni qanday hisobga olishayotganligi va 
boshqa shu kabi omillar muhim rolь o'ynaydi. 
Og'zaki nutq monolog shaklida ham amalga oshishi mumkin. Og'zaki 
nutqning bu shaklida bitta odam o'z-o'ziga qarata yoki tinglovchilarga qarata 
gapiradi. Ma'ruzachi o'z ma'ruzasi, nutqi, ma'lumoti bilan auditoriya oldida nutq 
so'zlar ekan uning nutqi monolog bo'ladi. 
O'qituvchi yoki ma'ruzachi, ma'ruza qilayotgan vaqtida tinglovchilar 
tomonidan so'zlarda ifodalangan bevosita javob munosabatlarini olmasligi 
mumkin. Lekin shunga qaramay tinglovchilarning diqqat bilan tinglashlari yoki 
aksincha e'tibor bermasliklari, auditoriyadagi harakat (shovqin), ma'lumot 
tinglovchilarga yetib borayaptimi, ular uni qabul qilayaptimi yoki yo'qligi haqida 
xulosa chiqarib oladi. 
Yozma nutq – bu vositalashgan nutqiy muloqotdir, unda fikrlar ma'lum bir 
tovushlar, so'zlar, jumlalarni bildirish uchun qabul qilingan, tegishli yozma belgilar 
yordamida uzatiladi. 
Yozma nutqda mimika va jestlar kabi qo'shimcha ifodalovchi vositalar 
bo'lmaydi. Yozayotgan odamga so'zlardan shunday foydalanishga, jumlalarni 
shunday tuzishga to'g'ri keladiki, u ma'lumot uzatishning shu yetishmayotgan 
vositalarini to'ldirishi lozim bo'ladi. Bu o'rinda yozayotgan odam: shu 
yozilayotganlarni kim o'qishligini, uning reaktsiyasi, hujjat mazmunini tushuna 


171 
olish qobiliyatini ham hisobga olishi kerak. Bularning barchasi yozma hujjatlarga 
jiddiy munosabatda bo'lishni talab qiladi. 
Psixologiyada nutqning yana bir turi farqlanadi - bu ichki nutqdir. Ichki 
nutq to'g'ridan-to'g'ri muloqot funktsiyasini bajarmaydi, lekin tafakkur 
jarayonining amalga oshirish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Bunda odam go'yo 
o'zicha (ichida) so'zlarni tovushsiz shaklda o'ylaydi. Ichki nutq - bu qisqartirilgan 
nutqdir. U fikrning nutqqa aylanishidagi oraliq vazifasini bajaradi. Bu ko'pincha 
o'ylanayotgan fikrni beixtiyor gapirib yuborishda namoyon bo'ladi. O'ylanayotgan 
vaqtda go'yo u materialni biladigandek tuyiladi, lekin u materialni so'zlar bilan 
ifodalaganda to'la bo'lmagan ifoda hosil bo'ladi. Ko'pchilik qisqartirilgan, 
soddalashtirilgan fikrlar yetarlicha o'ylanmagan bo'ladi va shuning uchun ifoda 
etishda tushib qoladi. Shuning uchun ham, materialni xotirada mustahkam saqlab 
qolishda, uni tovush chiqarib gapirish talab qilanadi (37-rasm). 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling