O'zbekiston respublikasi profi universitety


 §. Nutq haqida tushuncha


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

6 §. Nutq haqida tushuncha 
Nutq – odamlar o'rtasidagi maxsus va takomillashgan muloqot shakli
til, so'zlar vositasida fikr almashish jarayonidir
Inson nutqining asosiy xususiyati burrolik (aniqlik, ravshanlik)dir. Odamda, 
ikkinchi signallar sistemasi yuzaga kelgan, rivojlangan va o'ta takomillashgan 
bo'ladi. Bular birlamchi signallarning – eshitilgan, ko'rilgan narsalarni so'zlar 
yordamida ifodalangan signallaridir. Bu yangi signallar oxir oqibatda odamlar 
bevosita tashqi olamdan va o'zining ichki dunyosidan idrok qilayotgan barcha 
narsalarni belgilovchi bo'lib qoladi. Bu signallar odamlar tomonidan nafaqat o'zaro 
muloqotda, balki ular o'zlari bilan o'zlari yolg'iz qolgan vaziyatlarda ham 
qo'llaniladi. 
Ikkinchi signallar sistemasi birinchi signallar sistemasiga qaraganda yetakchi 
hasoblanadi. Hatto hissiy bilishda (sezgi va idrokda) ham odam ikkinchi signallar 
sistemasi yordamisiz bilishni amalga oshira olmaydi. Masalan, biron bir predmet
hodisani idrok qilar ekan, odam o'ziga odat bo'lgan yoki umumlashtirilgan 
tushunchalardan va til mezonlaridan foydalanishga – ularni tegishli so'zlar bilan 
ifodalashga majbur. 
Faqat ikkinchi signallar sistemasi tufayligina tafakkur maxsus insoniy oliy 
tafakkur shakliga ega bo'lib boradi va odamga real olamni ongda aks ettirish 
imkoniyatini beruvchi, nazariy umumlashtirish va abstraktsiya darajasigacha, 
obrazlar va tushunchalarning murakkab kombinatsiyalarini yaratishgacha, 
munosabatlar va bog'liqliklarni o'rnatishgacha yetishini ta'minlaydi. Til hissiy 
bilish ma'lumotlarini nazariy umumlashtirish quroli hisoblanadi. Uningsiz 
bilishning quyi bosqichlaridan, oliy bosqichlariga o'tib, bilishning shu oliy 
bosqichini rivojlantirib bo'lmaydi. Tilsiz ilmning rivojlanishini tasavvur qilish 
mumkin emas.
Til nutq vositasi tizimi sifatida, so'z tarkibi, grammatik tuzilishi bilan 
xarakterlanadi. Til albatta ayrim belgili tafovutlarga ega bo'lsada, o'z funktsiyasiga 
ko'ra barcha xalqlar uchun bir xildir. Har bir odam muloqot jarayonida til 
vositalarining faqat ozgina qismidan foydalanadi. 
Tildan farqli o'laroq - nutq individualdir. Bu aynan bir xil fikrni, turli 
odamlar tilning tuzilishi mumkin bo'lgan turli vositalaridan (so'zlardan) 
foydalangan holda turlicha ifodalashlarida namoyon bo'ladi. Biroq, bir odamning 
nutqi hamma vaqt ham birdek tushunilavermaydi. Bu ko'pincha so'zlarni noto'g'ri 
qo'llashda, jumlalarni grammatik jihatdan muvaffaqiyatsiz tuzishda, urg'u berish 
qoidalarining buzilishida, idrok etayotgan odam uchun noma'lum bo'lgan 
so'zlardan foydalanishda va sh.k.larda kuzatiladi. 


169 
Psixologiya - nutqni, o'z oldiga fikr va hissiyotni tushunarli, adekvat 
ifodalanishi qonuniyatlarini ochib berish vazifasini qo'ygan holda o'rganadi. Bu 
qonuniyatlarni o'rganish va o'zlashtirib olish, nutqdan to'g'ri foydalanishga yordam 
beradi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling