O'zbekiston respublikasi profi universitety
intiluvchanlik, chidamlilik
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Irodaning neyrofiziologik asoslari
intiluvchanlik, chidamlilik va boshqalar majmuini o'zida namoyon qiladi. Faqat
shu irodaviy holatlarda bo'lishning uzluksiz tajribasigina shaxsning ma'lum bir irodaviy sifatlarining shakllanishiga olib keladi. Iroda odamlar xulqini qonun tartiblari talablariga bo'ysundiradi. Biroq, qonuniy me'yorlarni buzish, jinoiy xulq ham irodaviy xulq hisoblanadi, faqat bu xulq jamiyatga qarshi yo'nalishga ega bo'ladi. Jinoiy javobgarlik faqat shunaqa jinoiy xatti-harakatlar tufayli yuzaga keladi. Ya'ni xatti-harakatning u yoki bu turini tanlash ixtiyori bor vaqtda, qonunga zid xatti-harakatni sodir etmaslik imkoniyati mavjud bo'lgan vaqtda, odam o'z xatti- harakati maqsadining jinoiy ekanligini yoki uni oldindan ko'ra bilish imkoniyatiga ega ekanligini anglagan vaqtda sodir etiladi. Irodaning neyrofiziologik asoslari Irodaviy xatti-harakatlar miyaning umumiy ishlashi natijasi hisoblanadi. Irodaviy faoliyatning asosiy fiziologik mexanizmlaridan biri, bu optimal qo'zg'alish o'choqlarining ishlashidir. Irodaviy faoliyatning turg'unligi va jadalligi qator sabablarga (bosh miya qobig'ida oldindan shakllanib qolgan bog'liqliklarga, mazkur odamda qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlari o'zaro munosabatining kuchiga va sh.k.) bog'liq bo'ladi. Qo'zg'alishning optimal o'chog'i yoki dominanta, miyaning boshqa qismlarini (subdominantlarni) o'ziga bo'ysundiradi. Faoliyatni irodaviy boshqarishning fiziologik mexanizmlari miyaning alohida olingan qandaydir bir tuzilishida joylashmagan. Ular miya tuzilmalarining hamkorlikda ishlovchi murakkab funktsional tizimini tashkil qiladi. Shunday qilib, miyaning butun borlig'icha sistemali ishlashi irodaning neyrofiziologik asosini tashkil qiladi. Lekin, bu tizimda katta yarim sharlar qobig'ining peshona qismi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Psixolog olim A.R.Luriya, butun miya tarkibida uchta asosiy funktsional bloklarni farqlaydi. Bu bloklarning hamkorlikda ishlashi har qanday murakkab 1 Навоий Алишер. Ҳикматлар /Нашрга тайёрловчилар: С.Муталлибов, Э.Очилов. –Т.: “Шарқ”, 2006.-Б. 214 175 faoliyatning asosini tashkil qiladi. Bular: 1) miya tonusining boshqarilishini, uning hushyorlik holatini (retikulyar formatsiya va boshqa qobiq osti tuzilishlari) ta'minlovchi blok; 2) Ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash bloki - bilish jarayonlarining asosiy apparati (bosh miya qobig'ining tepa va ensa qismlari); 3) Psixik faoliyatni dasturlashtirish, boshqarish, nazorat qilish bloki (qobiqning peshona qismi). Bu blok birinchi blok faoliyatini boshqarish bilan birga butun miya ishi tonusini ma'lum bir faoliyatga monand ishlashini ta'minlaydi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling