O'zbekiston respublikasi profi universitety


Motivlar kurashi o'zida nizoli vaziyatni namoyon qiladi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Motivlar kurashi o'zida nizoli vaziyatni namoyon qiladi. U muammoning 
tashqaridan beriladigan qandaydir yechimini nazarda tutmaydi. Motivlar kurashi - 
bu mazkur odamni shaxsiy pozitsiyalarining qarama-qarshiligi, kurashidir. 
Turli odamlar faoliyatida hamma vaqt ham motivlar kurashi bo'lavermaydi. 
Ko'pincha odamlar ma'lum bir doimiy ustunlik qilib turadigan motivlarga amal 
qiladi. Agar bu motivlar ijtimoiy ahamiyatli bo'lsa, unda odamning xulqi ijtimoiy 
moslashgan, ijtimoiy muhit talabiga moslashuvchan bo'ladi. Lekin ayrim odamlar 
muhit talablarini hisobga olmaydigan motivlarga amal qiladilar va shundan kelib 
chiqqan holda ularning xulqi moslashmaydigan bo'ladi. Bunday xulqlar ayrim 
holatlarda maqsadga muvofiq bo'lmasada, lekin ijtimoiy xavfli bo'lmaydi. Boshqa 
holatlarda xulqning moslashmaganligi, jamiyat manfaatlariga zid kelishi yoki 
uning uchun xavfli bo'lishi mumkin. 
Gohida ayrim odamlar o'zgaruvchan sharoitlarga moslasha olmaydilar. 
O'zlari odatlanib qolgan dasturlarini ro'yobga chiqarish uchun ular ob'ektiv 
sharoitlarga mos kelmaydigan, o'zlarining himoya motivlarini ilgari suradilar.
Motiv hamma vaqt ham odamni mazkur xatti-harakatga haqiqatan ham 
undagan manbaning ongdagi aniq aksi bo'lavermaydi. Ba'zan, odamning o'z xulqi 
motivini anglashga atayin urinishi, uni o'z qiliqlarini tanqidiy baholashiga va 
xulqning o'zgarishiga olib keladi. 
Odamlar ustunlik qiluvchi ustanovkalar ta'siri ostida xatti-harakatni amalga 
oshirar ekanlar, shu ustanovkalarga mos motivlarni tanlab oladilar. Masalan, 
o'zining konservativligini oqlash maqsadida, ayrim odamlar u yoki bu progressiv 
takliflarni inkor etib, tinchlantiruvchi bahonalar (ko'rsatmalarga amal qilish, 
odamning manfaati haqida “qayg'urish”, uning tashabbuskorligini chegaralash va 
sh.k.)ni ro'kach qiladi. Odam, o'zini voqelikning turli jihatlariga nisbatan bo'lgan 
munosabatlariga mos kelmaydigan motivlardan qochadi. Odamning ustanovkalari, 
ularga zid keladigan motivlarni inkor qiladi. 
Shunday qilib, odamning ustanovkalari va hayotiy pozitsiyalari faoliyatning 
boshlanish omili hisoblanadi, ularning asosida faoliyatning ma'lum bir motivi 
shakllanadi. Odam o'z faoliyatida ma'lum bir kontseptsiyaga xilof ravishda va 
hattoki o'zining shaxsiy istaklariga teskari ish tutishi ham mumkin. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling