O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
Qaror qabul qilish - bu mumkin bo'lgan ko'p sonli maqsadlar orasidan,
mazkur sharoit uchun eng optimal, deb baholanuvchi bittasini tanlab olishdir. Xulqning mumkin bo'lgan bir necha variantlarni solishtirish va ulardan birini tanlab olish, noaniqlik vaziyatida xulq liniyasini aniqlash, mazkur sharoitda istalgan natijaga olib kelish mumkin bo'lgan xatti-harakatlarni aniqlashdir. Qaror qabul qilishning asosiy momenti bo'lib, vaziyatni tahlil qilish, boshlang'ich vaziyatni har tomonlama hisobga olish, mavjud ma'lumotlarni baholash va ularni taqqoslash kabilar hisoblanadi. Odam qaror qabul qilar ekan, minimal boy berib maksimal muvaffaqiyatga erishishga intiladi. Lekin odamlar yutuq va boy berishlarni turlicha baholaydilar. Masalan, odam biron bir ishda o'z obro'siga ziyon yetishi mumkinligiga tavakkal qilar ekan: bir odam so'zsiz mazkur xatti-harakatdan voz kechishi, boshqasi esa ikkilanishi, uchinchisi bu tavakkalchilikka hech qanday ahamiyat bermasligi mumkin. 177 Ko'pincha, noaniqlik sharoitda qaror qabul qilishga, voqeaning rivojlanishini oldindan bashorat qilishga to'g'ri keladi. U yoki bu hodisa ehtimolini aniqlash, ya'ni uni namoyon bo'lishining nisbiy tezligini aniqlash, tavakkalchilik vaziyatida qaror qabul qilishning asosi bo'lib hizmat qiladi. Ehtimollikni baholash (agar u matematik usullar bilan hisoblab chiqilmagan bo'lsa) sub'ektiv xarakterga ega bo'ladi. Odamlar odatda tipik vaziyatlarga umid qiladilar va bo'lishi mumkin bo'lgan istisnolarni hamma vaqt ham hisobga olmaydilar. Ko'pincha biz hammasidan ko'ra, ko'proq o'zimiz xohlagan yoki xotiramizda yorqinroq iz qoldirgan hodisalarning ehtimolini yuqoriroq hisoblaymiz. Tavakkalchilik ham o'z vaqtida oqlangan va oqlanmagan tavakkalga farqlanadi. Tavakkal tufayli boy berilishi ehtimol bo'lgan motiv, erishilishi ehtimol bo'lgan motivdan ustun bo'lsa – bu oqlangan tavakkalchilik hisoblanadi. Aksincha, tavakkalchilik tufayli boy berilishi ehtimol bo'lgan motiv, erishilishi ehtimol bo'lgan motivdan kam (past) bo'lsa – bu oqlanmagan tavakkalchilik bo'ladi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling