O'zbekiston respublikasi profi universitety


Xatti-harakatni bajarish va uni tuzatib borish


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Xatti-harakatni bajarish va uni tuzatib borish. Xatti-harakatni bajarish 
ma'lum 
bir 
usullar: 
operatsiyalar 
tizimi, 
tuzatilishi 
lozim 
bo'lgan 

umumlashtirilgan xatti-harakatlar, tuzatuvchi xatti-harakatlar bilan amalga 
oshiriladi. Xatti-harakatning zurur bo'lgan tuzatishlari tashqi shart – sharoitlarni 
tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Masalan, haydovchi oyog'i bilan tormoz 
pedalini bosish orqali avtomobilni to'xtatishni amalga oshirar ekan, o'z xatti-
harakatlarini yo'lning axvoli, yuzaga kelgan vaziyatning xavfliligi, mashina vazni, 
balonlarning sifati va sh.k.lar bilan muvofiqlashtiradi. Xatti-harakatning maqsadi, 
shu xatti-harakatlarni tuzatish amalga oshiriladigan oriyentirlarni belgilab beradi. 
Shuningdek, tormozlashni imkon qadar tekis (silliq) kechishini ta'minlash 
maqsadida haydovchi o'z xatti-harakatlarini boshqa hissiy boshqaruvchilar 
(koordinatorlar)ga yo'naltiradi. 
Odam xatti-harakatni amalga oshirishga kirishar ekan, u oraliq xatti-
harakatlarni ham taxminiy natijalarini tasavvur qiladi. Barcha operatsiyalardan 
kutiladigan (olinadigan) real natijalar muntazam ravishda shu xatti-harakatlarning 


179 
oldindan yaratilgan dinamik modeli bilan solishtirib boriladi. Noaniq xatti-
harakatlar, maqsadga erisha olmay qolingan holatlar sabablarini tahlil qilish 
natijasida tuzatilib (bartaraf etilib) boriladi. Bu o'rinda, ba'zan xatti-harakatning 
oriyentirlovchi modelining o'zi ham xato shakllantirilgan bo'lishi mumkin. 
Xatti-harakatni bajarish - faoliyatni irodaviy boshqarish tizimining markaziy 
elementi hisoblanadi. Aynan shu o'rinda, shaxsning maqsadga intiluvchanligi, 
qat'iyatliligi, tirishqoqligi va shu bilan bir vaqtda oldin tuzilgan dasturlarga 
tadbirkorona yondosha olishi kabi sifatlari muhim bo'ladi. 
Xatti-harakatni bajarish ancha irodaviy zo'r berishni talab qiladi. Chunki, 
aqliy va jismoniy toliqish dam olishga, mashg'ulot turini almashtirishga kuchli 
istak, maylni yuzaga keltiradi. Bunday mayllarni esa irodaviy zo'r berish bilan 
yengib o'tishga to'g'ri keladi. Jismoniy va ma'naviy to'siqlar, ko'zlangan 
maqsadning to'g'riligiga shubhalanish - bularning barchasi katta irodaviy 
zo'riqishni yuzaga keltiradi. Biroq, agar boshlangan xatti-harakatning amalga 
oshirilishi kerakli natijani bermasa (hatto ba'zida zararli bo'lsa ham), undan o'z 
vaqtida voz kecha olish ham inson irodasini namoyon bo'lishini ko'rsatadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling