O'zbekiston respublikasi profi universitety


Faoliyat natijasiga erishish va uni yakuniy baholash


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Faoliyat natijasiga erishish va uni yakuniy baholash. Xatti-harakat 
natijasiga erishish - bu xatti-harakatning eng muhim yakuniy qismidir. Xulqning 
maqsadga muvofiqligi dastavval natijaga erishish bilan belgilanadi. 
Amalga oshirilgan (bajarilgan) xatti-harakat, faoliyat natijasi maqsadga 
rasman (amalda) erishish bilan emas, balki bu natija ma'lum bir ehtiyojni va 
ma'lum bir faoliyat motivining qay darajada qondirilganligi bilan baholanadi. 
Maqsad, faqat faoliyatni oldindan rejalashtirilgan natijaga qay darajada 
yaqinlashganligining mezoni bo'lib hizmat qiladi. Olingan natija maqsad bilan 
emas, balki shu xatti-harakatni yuzaga keltirgan undovchiga qay darajada 
mutanosib kelishi bilan baholanadi. Faqat shu mutanosiblikkina muvaffaqiyatli 
faoliyat mezoni bo'lib hisoblanadi. Muvaffaqiyatga olib kelmaydigan faoliyat esa 
o'z ko'rinishini o'zgartiradi. Zarur natijaga erishishdagi qat'iylikda irodaning 
mohiyati namoyon bo'ladi. 
Odam faoliyatining psixologik tuzilishini bilish, jinoiy xatti-harakatlarni 
tahlil qilish uchun juda zarur. Jinoyat sodir etishning sabablari bo'lib qanday 
omillar xizmat qilgan, jinoyatchi tegishli qarorga kelishda nimalarga asoslangan, u 
qanday natijani ko'zda tutgan, xatti-harakatning qanday usullaridan foydalangan, 
ayblanuvchining rasman erishilgan natijaga munosabati qanday - shu kabi yuridik 
jihatdan muhim ahamiyatga ega bo'lgan savollarning barchasi, irodaviy xatti-
harakatlarning psixologik tuzilishi bilan uzviy bog'liq. 
Jinoiy xatti-harakatlar, odamning boshqa har qanday ongli xatti-harakatlari 
kabi tashqi vaziyatlarga uning mexanik reaktsiyasigina bo'lmaydi. Bu vaziyatlar, 
faqat ma'lum bir dunyoqarash, shaxsning hayotiy pozitsiyasi, uning ijtimoiy 
sifatlari orqali o'zgarib (sinib), boshqacha talqin qilinib “ishga tushiruvchi”, 
undovchi turtki (stimul) sifatida namoyon bo'lishi mumkin. Shaxsning bu sifatlari 
uning mazkur vaziyatda mo'ljal (oriyentatsiya) qilishi xususiyatlarini belgilab 
(shartlab) beradi. 
Jinoiy xatti-harakatsizlik ham, xuddi faol xatti-harakat kabi psixologik 
xarakterstikalarga ega bo'ladi. Bu ongli nazorat qilinadigan, maqsadga 


180 
yo'naltirilgan xulqning irodaviy aktidir. Xulqni bu aktining mazmuni ham, shaxs 
ayni vaqtda bajarishi shart bo'lgan va bajarishi mumkin bo'lgan xatti-harakat 
uslublari bilan belgilanadi. 
Jinoiy qilmishlarning o'ziga xosligi shundaki, jinoiy qilmishlar natijasining 
sub'ektiv ijobiy baholanishi ijtimoiy salbiy natijalarga taalluqli bo'ladi. 
Jinoyatlarning profilaktikasi shaxsga unda jinoiy xatti-harakatlarga nisbatan 
salbiy munosabatlarni shakllantirish maqsadida ta'sir etish vositalari tizimini 
taqozo qiladi. Shaxsda bunday pozitsiyani shakllantirishning muhim asoslaridan 
biri, unda jinoyatning jazolanishi muqarrar ekanligi hiqidagi tasavvurlarni 
shakllantirishdir. Masalan, oldingi zamonlarda odamlarning dinga, xudoga e'tiqodi 
kuchli bo'lgan. Ularda xudo odamning har bir xatti-harakatidan voqif bo'lishligi va 
shaxs tomonidan sodir etilgan (nafaqat sodir etilgan, hatto xayoliga keltirilgan) har 
qanday gunoh ish, xudo tomonidan muqarrar jazolanishi, odam bu dunyoda qilgan 
gunohlari uchun, u dunyoda javob berishi haqidagi tasavvurlar kuchli shakllangan 
bo'lgan. Bunday tasavvurlar esa ularni ko'plab jinoyatlarni sodir etishdan saqlab 
kelgan. 
Odamlarda qonunga bo'ysunish xulqini shakllantirishning asosiy yo'nalishi, 
ularni jazolash bilan qo'rqitish emas, balki ularda ongli intizomni tarbiyalashning 
keng tizimini ishlab chiqish, shaxsda umumiy ijtimoiy ijobiy yo'nalganlikni 
shakllantirishdir. Xulq ijtimoiy ong sifatida katta tarbiyaviy ta'sirga ham ega. U 
shaxsni hayotiy pozitsiyasining, uning psixik xususiyatlarining shakllanishini 
sezilarli darajada belgilab boradi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling