O'zbekiston respublikasi profi universitety
hissiyotlar - intuitiv fikrlash, birinchi galdagi imkoniyatlar va zaruratlarni
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
hissiyotlar - intuitiv fikrlash, birinchi galdagi imkoniyatlar va zaruratlarni
spontan anglab yetish, tashqi ta'sirlarning foydaliligi yoki zararliligini zudlik bilan aniqlash mexanizmi, tegishli vaziyatlardagi stereotip xulq mexanizmidir. Hissiyot va hisning fiziologik asoslari Hissiyot va hislar bosh miyaning turli funktsional holatlari, uning ma'lum bir qobiq osti bo'limlarining qo'zg'alishi va vegetativ nerv sistemasi faoliyatidagi o'zgarishlar bilan bog'liq. Hissiyotlar genetik shartlangan nomaxsus xulqiy dastur sifatida miyaning limbik tizimi tarkibiga kiruvchi nerv tizimlari majmui bilan belgilanadi. Bu tizimga o'rta, oraliq va oldingi miyaning ancha qadimiy qismlari kiradi. Limbik tizim vegetativ nerv tizimi va retikulьyar formatsiya (bosh miya stvolida joylashgan va miya faoliyatini energetik zaxira bilan ta'minlab turuvchi) bilan bog'liq. Tashqi qo'zg'atuvchilardan kelayotgan impulьslar bosh miyaga ikki oqimda kelib tushadi. Ulardan biri bosh miya qobig'ining tegishli zonasiga yo'naladi, u joyda bu impulьslarning mazmuni va ahamiyati anglanadi va ular sezgilar va idroklar ko'rinishida rasshifrovka 1 qilinadi. Boshqa oqim esa qobiq osti tizimlariga (gipotalamus va boshqalarga) keladi, unda bu ta'sirlarning, hissiyotlar ko'rinishida sub'ektiv kechinilayotgan, organizmning asosiy ehtiyojlariga bevosita munosabati o'rnatiladi. Miyani o'rganuvchi tadqiqotchilar, qobiq osti bo'limlarida (gipotalamusda): azoblanish va qoniqish, tajovuzkorlik va xotirjamlik markazlari bo'lmish, alohida nerv tizimlari mavjudligini aniqlaganlar. Hissiyotlar katta yarim sharlar qobig'i faoliyati bilan ham bog'liq. Hissiyot miya o'ng yarim sharlari funktsiyasi hisoblanadi degan taxmin mavjud. Chap yarim sharlar verbal, mantiqiy funktsiyalarni nazorat qiladi, o'ng yarim sharlar esa hissiy - emotsional jihatlarni nazorat qiladi. Hissiyot va hislar qator vegetativ hodisalar bilan kuzatiladi: yurak urishi, nafas olish tezligi, muskullar tonusi, qon tomirlari rangining o'zgarishi (terining oqarib yoki qizarib ketishi shundan) va sh.k. Yurakni hissiyot simvoli deb hisoblanishi tasoddifiy emas. Hatto Gippokrat odamning emotsional holatiga 1 Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling