185
hislarni - burch,
vijdon hissi, birodarlik hamdardlik hislarini yuzaga keltiradi. Bu
hislarning buzilishi esa nafrat, qahr-g'azab, jahl hislarini yuzaga keltiradi.
Odamning amaliy faoliyatida - amaliy hislar shakllanadi, uning nazariy
faoliyatini boshlanishi bilan
- intelektual hislar, tasviriy - san'at faoliyatini yuzaga
kelishi bilan esa - estetik hislar yuzaga kelgan.
Individ turmush tarzi sharoitlarining, faoliyati yo'nalishlarining
turlichaligi,
uni emotsionalligining turli jihatlarini, shaxsni axloqiy - hissiy qiyofasini
rivojlantiradi.
Shaxsning shakllanishi jarayonida yuzaga kelib, shakllanib
boradigan hissiy jihatlari, shaxs xulqining mativatsion asosi bo'lib xizmat
qiladi.
Muayyan individning hislari aralashmasida
uning ehtiyojlari tizimi,
shaxsning tuzilishi aks etadi. Odamning mohiyati, uni nima quvontirishi-yu va
nima ranjitishida, u nimaga intiladi-yu va nimadan qochishida namoyon bo'ladi.
Agar
haddan
tashqari
murakkab
hayotiy
vaziyat
individning
moslashuvchanlik imkoniyatlarini orttirib yuborsa - uning
emotsional jihatlarida
haddan ziyod ortiqcha hayajonlanish ro'y beradi. Bu o'rinda individ xulqi
boshqaruvning ancha quyi darajasiga o'tadi. Organizmning ortiqcha quvvatlanishi
oliy boshqaruv mexanizmlarini to'sib qo'yadi, somatik
buzilishlar va asabiy
portlashlarga olib keladi.
Bunga misol qilib “Titanik” kemasi xalokati bilan bog'liq voqeani keltirib
o'tish mumkin. “Titanik” aysberg bilan to'qnashib ketishi oqibatida halokatga
uchraganidan uch soat o'tganidan so'ng yetib kelgan qutqaruvchilar shlyubkalarda
ko'plab o'lgan va aqldan ozgan odamlarni ko'radilar. Ulardagi qo'rquv,
daxshat
hissiyotining portlashi ularning hayotiga zomin bo'lgan. Haddan tashqari ko'tarinki
emotsional zo'riqish ularning ko'pchiligida infarkt va insulьtni keltirib chiqargan.
Hissiy namoyon bo'lishning ko'pchiligida to'rtta boshlang'ich hissiyot:
Do'stlaringiz bilan baham: