O'zbekiston respublikasi profi universitety
§. Hissiyot haqida tushuncha
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
3 §. Hissiyot haqida tushuncha
Hissiyotlar (emotsiya) (fr. emotion-hissiyot) - tashqi qo'zg'atuvchi- larning ehtiyojli ahamiyatliligini hissiy aks etishga asoslangan, ularning individ hayoti uchun ijobiy yoki zararli ekanligini aniqlashga xizmat qiladigan, xulqni impulьsiv boshqaruvchi psixik holatdir. Hissiyotlar evolyutsiya jarayonining moslashuvi “mahsuli” sifatida, tipik vaziyatlarda organizm xulqining biologik umumlashtirilgan usuli sifatida yuzaga kelgan. Hissiyotlar hodisalar xususiyatlarining individ ehtiyojlariga mos kelishi (javob berishi) yoki mos kelmasligi ko'rinishida namoyon bo'ladi. Hissiyotlar ikki yoqlama bo'ladi - ular yoki ijobiy, yoki salbiy bo'lishi mumkin. Voqea, hodisalar, ob'ektlar individning tegishli ehtiyojlarini yoki qondirishi, yoki qondirmasligi mumkin. Narsalar va hodisalarning ayrim muhim hislatlari hissiyotni yuzaga keltirar ekan, organizmni tegishli xulqqa chog'laydi (tayyorlaydi). Hissiyotlar - organizmlarning muhit bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlarini ijobiyligi (muvaffaqiyatliligi) darajasini bevosita baholash mexanizmidir. Sezgilarning elementar hissiy toni, yoqimli yoki yoqimsizroq sodda ximiyaviy yoki jismoniy ta'sirlarning o'ziyoq organizm hayotiy faoliyatiga o'ziga xos tus beradi. Lekin, hayotimizning eng og'ir, hal qiluvchi damlarida, keskin vaziyatlarda 184 hissiyotlar asosiy xulqiy kuch sifatida namoyon bo'ladi. Hissiyotlar endokrin - vegetativ sistema bilan bevosita aloqada bo'lganligi tufayli, xulqning energetik mexanizmlarini tezda ishga tushirib yuboradi. Hissiyotlar individning zo'riqishli vaziyatlardagi tashqi xulqini boshqaruvchi jarayonlarning ichki tashkilotchisi hisoblanadi. Masalan, qo'rquv hissi, o'ta xavfli vaziyatlarda yuzaga kelar ekan, mo'ljallovchi (oriyentirlovchi) refleksni faollashtirish, barcha qo'shimcha (ikkinchi darajali) odatiy faoliyatlarni to'xtatish, kurash uchun zarur bo'lgan muskullarni taranglatish (ishga solish), nafas olish va yurak urishini tezlatish, qon tarkibini o'zgartirish, shikastlangan hollarda uning quyuluvchanligini orttirish, ichki organlar zaxiralarini safarbar qilish yo'llari orqali xavfni bartaraf etilishini ta'minlaydi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling