Kelib chiqish mexanizmiga ko'ra, hissiyotlar instinktlar bilan bog'liq.
Masalan, g'azablanish holatida, odamda ayrim o'tmish ajdodlarining reaktsiyalari -
tishlarni g'ijirlatish, yuz muskullari, yanoqlarining harakatlanishi, qovoqlarining
solinishi, yuz va tananing barcha muskullarining ritmik qisqarishi, mushtlarning
urishga tayyor bo'lib tugilishi, yuzga qon oqib kelishining ortishi (yuzning
qizarishi), tahdid pozasini egallash kabilar kuzatiladi.
Ijtimoiylashgan odamda hissiyotning tekistlanishi irodaviy boshqaruv
rolining ishi hisobiga amalga oshadi. Keskin (tang) vaziyatlarda esa, hissiyotlar
doimo o'z ishini qiladi va “boshqaruvni o'z qo'liga oladi”, odamning oqilona xulqi
ustidan diktaturani o'rnatadi.
Hissiyotning namoyon bo'lishi odam faoliyati bilan bog'liq. Yuqorida aytib
o'tilganidek, psixik aks etish bu signal aks etish, sezgirlik bo'lib, u organizmni atrof
muhitda u yoki bu darajada mo'ljal qilishga undaydi. Bu g'arazli, manfaatli,
ehtiyojli yo'naltirilgan, faoliyatli oriyentirlangan aks etishdir.
Har bir psixik obraz aks etish ob'ekti bilan o'zaro munosabatda bo'lish
imkoniyatlari haqida ma'lumot beradi. Xulqning ko'plab variantlari orasidan odam
o'zining “ko'ngliga yoqadigani”ni tanlab oladi. Barcha tirik mavjudodlar, azaldan
o'zining ehtiyojlariga muvofiq keladigan yoki bu ehtiyojlari nima vositasida
qondirilishi mumkin bo'lgan narsalarga moyil bo'ladi.
Odam, faqat, shu xatti-harakat mazmunga (mohiyatga) ega bo'lgan
taqdirdagina xatti-harakat qiladi. Hissiyot esa shu mazmunlarning tug'ma
shakllangan, ichki (spontan) signalizatorlari hisoblanadi. Bilish jarayonlari
psixik obrazni shakllantiradi, hissiy jarayonlar esa xulqning tanlovchanligiga
yo'llaydi.
Ijobiy hissiyotlar doimo ehtiyojlarning qondirilishi bilan birga qo'shilib kelar
ekan, o'zlari ham zaruriy ehtiyojga aylanib boradi. Ijobiy hissiy holatlardan uzoq
muddat mahrum bo'lish salbiy psixik buzilishlarga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |